|
Kognitiv sohadagi ta’lim maqsadlari kategoriyalari
|
bet | 12/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosKognitiv sohadagi ta’lim maqsadlari kategoriyalari
O‘quv maqsadlarining asosiy kategoriyalari
|
O‘quv maqsadlarining umumlashtirilgan tiplariga misollar
|
1. Bilim. Bu kategoriya o‘rganilgan materialni eslab qolish va qayta xotirlashni bildiradi. Bu yerda gap mazmunning har xil turlari haqida – konkret faktdan tortib, yaxlit nazariyagacha borishi mumkin.
Bu kategoriyaning umumiy jihati kerakli ma’lumotlarni eslab qolishdir.
|
O‘quvchi. Ishlatilgan atamalarni, muayyan dalillarni biladi, metod va tartibotni, asosiy tushunchalarni, qoida va prinsiplarni biladi.
|
2. Tushunish. O‘tilgan materialni bir ifoda shaklidan ikkinchisiga ko‘chirish, bir tildan boshqasiga (masalan, lisoniy shakldan matematik shaklga) o‘tkazish materialni tushunish qobiliyatining ko‘rsatgichi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘quvchi tomonidan materialning sharhlanishi (tushuntirish, qisqacha bayon) yoki voqea, hodisalarning keying rivoji taxmin qilinishi (natija va oqibatlarning aytib berilishi) ham tushuntirish darajasini ko‘rsatishi mumkin. Bunday o‘quv natijalari materiallarni shunchaki eslab qolishdan yaxshiroqdir.
|
O‘quvchi. Qoida, dalil va tamoyillarni tushunadi, so‘z bilan ifodalangan materialni tushuntirib beradi, sxema, grafik, diagrammalarni sharhlab beradi, so‘z bilan ifodalangan materialni matematik ifodaga aylantiradi, bo‘lajak voqealarni, mavjud ma’lumotlardan kelib chiquvchi oqibatlarni oldindan baholaydi.
|
3. Qo‘llash. Bu kategoriya o‘rganilgan materialdan muayyan sharoit va yangi vaziyatlarda foydalana olish malakasini anglatadi. Bunga qoida, metod, tushuncha, qonun, prinsip va nazariyalarni qo‘llash kiradi. O‘qitishning tegishli natijalari materialga egalikning tushunishdan ko‘ra yuqoriroq darajasini talab qiladi.
|
|
|
| |