|
Strategik rejalashtirish jaroyoni
|
bet | 2/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosStrategik rejalashtirish jaroyoni
Rejalashtirish bosqichlari
|
Javob topilishi zarur bo‘lgan savollar
|
Bosh maqsad
|
Maqsadimiz nima? Bizning nuqtai nazarimiz, asosiy vazifamiz va qadriyatlarimiz nimalardan iborat?
|
Iste’molchi (o‘quvchining talablar)
|
Iste’molchilarmiz kim? Iste’molchilar bizdan nimani kutadi? Ularning kutganlariga javob berish uchun biz nimada kuchli bo‘lishimiz kerak? O‘quvchilar muassasalardan nimani talab qilishadi? Biz iste’molchi (o‘quvchi)ning ehtiyojlarini aniqlash uchun qanday metodlardan foydalanamiz?
|
Muvaffaqiyatga eltuvchi yo‘llar
|
Kuchli (zaif) tomonlarimiz, imkoniyatlarimiz va bizga tahdid solib turgan xavf-xatarlar nimalardan iborat? Qanday omillar bizning muvaffaqiyatlarimiz uchun xatarli hisoblanadi? Biz qanday qilib muvaffaqiyatga erishmoqchimiz?
|
Sifatni amalga oshirish
|
Qanday standartlarni joriy qilmoqchimiz? Sifatni qanday amalga oshirmoqchimiz? Sifat bizga qanchaga tushadi?
|
Kadrlar
|
Xodimlar jamoasini qanday tanlab olamiz? Jamoaga va ularning rivojiga qilinayotgan sartflar yetarlimi?
|
Jarayonni baholash
|
Muavaffaqiyatsizlik yoki xatoga yo‘l qo‘yilgan hollarda ishga solinadigan mexanizmlar bormi bizda? Muvaffaqiyatli ishlayotganligimizni qanday qilib bilib olamiz?
|
Izoh. (Muallif): O‘quvchi qo‘yilayotgan talablar ham inobatga olinishi kerak
(ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 113 б.)
Muassasaning farqli xususiyati belgilab olingach, uning uchun sifat tavsifnomasini aniqlash ancha oson bo‘ladi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 115 б.)
Muallif: Zaxira kadrlarini ham inobatga olish kerak.
Rejalashtirishning ta’lim muassasalari o‘z xizmat sohalarini va ushbu xizmatlarga ehtiyoj sezgan bozorlarni aniqlagandan so‘ng, foydalanishi mumkin bo‘lgan bir qancha strategiyalari mavjud.
Strategiyaning birinchi turi – qiymatga ko‘ra birinchilik strategiyasi. U muassasadan o‘z bozorini qiymatga ko‘ra eng arzon bo‘lishini talab qiladi.
Strategiyaning ikkinchi turi – tabaqalashtirish – ta’lim muassasasi o‘z raqiblaridan farqli ravishta, qaysidir belgilariga ko‘ra, nodirligini nazarda tutadi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 117 б.)
Bozor strategiyasining ehtimol tutilgan uchinchi turi – fokusli strategiya. Diqqat e’tiborni ma’lum bir geografik manzil, iste’molchilar guruhi yoki bozor segmentiga qaratishni nazarda tutadi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 117-118 б.)
Ish rejasi yoki amaliy reja – qisqa muddatli – shu muassasaning uzoq muddatli korparativ strategiyasi doirasida ma’lum maqsadlarga erishishning mufassal rejasi bo‘lib, odatda bir yillik bo‘ladi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 118 б.)
(Muallif: Sifatni rejalashtirish turli samarasiz harakat va xarajatlarning oldini oladi)
Monitoring va baholash strategik rejalashtirishning muhim elementidir.
Yangi ta’lim muhitini yaratish bilan bog‘liq yetakchilik rejasi maxsus tadqiqotlarda ishlab chiqiligan (Ahliddinov, Inoyatov).
Sifatni boshqarish nazariyasiga muvofiq rahbarlar, eng avvalo, ta’lim muassasasida sifatni boshqarish tizimining tarkibiy qismlarini biron-bir parametrik makonda tavsiflab, so‘ngra ularni o‘lchashning samarali usullarini topish, zarur o‘lchovni aniqlash va o‘lchov bilan qiyoslash metodini aniqlashlari lozim bo‘ladi. Pirovard natijada barcha ko‘rsatgichlarni ta’lim sifatini tavsiflash imkonini beruvchi biron-bir integrativ ko‘rsatgichga birlashtirish jarayoni belgilanadi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 143 б.)
Standart tushunchasi (inglizcha standartdan) me’yor, namuna, o‘lchov ma’nolarini bildiradi. Standartlarning asosiy vazifasi kishilarning munosabatlari va jamiyat ehtiyojlarini qondiruvchi muayyan xususiyatlarga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan faoliyatini tashkil qilish hamda tartibga solishdan iborat.
Standartlashtirish (standartlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish) amaliyotni tartibga solish, uni jamiyatning tarixan o‘zgarib borayotgan ehtiyojlariga muvofiq tizimlashtirish bo‘yicha obyektiv jihatdan zarur faoliyatdir.
|
| |