Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет




Download 4,19 Mb.
bet3/65
Sana23.05.2024
Hajmi4,19 Mb.
#251649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

Ta’lim standarti deganda davlat ma’lumotlilik me’yori va istiqbol ijtimoiy maqsadlarini aks ettiradigan hamda real shaxs va ta’lim tizimining ushbu maqsadlarga erishish bo‘yicha imkoniyatlarini hisobga oladigan malaka darajasi sifatida qabul qilinadigan asosiy ko‘rsatgichlar tizimi tushuniladi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 178 б.)
Shunday qilib davlat ta’lim standarti o‘qitilayotganlar va bitiruvchilar tayyorgarligining minimal darsjada zarur va yetarli bo‘lgan darajasini; o‘quv yukuning maksimal hajmini; ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan talablarni va bu talablarni qo‘yish usullarini; ta’lim muassasalari faoliyatini va tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmlarini; standartlar talablarini bajarmaydigan shaxslar va muassasalarga nisbatan ko‘riladigan choralarni va hakozalarni belgilab beradi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 179 б.)
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda davlat hokimiyati orgonlari tomonidan minimal zarur ma’lumotlilik darajasigina me’yorlashtirilishi nazarda tutilgan. Ushbu me’yordan ortiq ta’lim mazmunini belgilash esa ta’lim muassasalari vakolatiga kiradi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 181 б.)
Ta’lim xizmati – ta’lim sohasidagi ta’lim maqsadlariga muvofiq foydali samara (natija) olishga yo‘naltirilgan, maqsadga muvofiq muayyan faoliyat.
(ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 182 б.)
O‘quv rejasi modeli o‘quv-dasturiy hujjatlarni DTS doirasida loyihalash bo‘yicha umumiy strategiyani belgilaydi, uning asosida ischi o‘quv rejalari ishlab chiqilad, to‘la o‘qitish siklini o‘tgach bu rejalar tuzilishi mimkin.
(DTS) ta’lim sifatini baholashga asos bo‘ladigan mezonlarni o‘z ichiga oluvchi nazprat tartibi (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 194 б.)
(Muallif: Strategiyani belgilashda darsliklardan tashqari qo‘shimcha manba va adabiyotlardan foydalanishni ham nazarda tutish zarur.)
DTS sxamasiga qarash 203-bet
DTS funksiyalari

Nomi

Mohiyati va vazifasi

Progressiv rivojlanish funksiyasi

Tegishli ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’limni yangi sifat tomon yo‘naltirish

Me’yoriy fuknsiya

Tenglashish lozim bo‘lgan mo‘ljalni o‘rnatish, semantika talablariga muvofiq ta’lim jarayonining prognoz qilinayotgan natijasi sifatida

Huquqiy funksiyasi

Shaxslar va ish beruvchilar uchun ularning ehtiyojlarini standart tomonidan belgilangan me’yorlarga muvofiq kafolatlash; jamiyatda ish joyida moslashish imkoniyati; ta’lim olish va uni davom ettirish va h.k.

Axborot funksiyasi

Ta’lim tizimi ochiqligini kafolatlash. Aniq ixtisos bo‘yicha ta’lim mazmuni darajasi to‘g‘risidagi axborotdan erkin foydalanishni ta’minlash

Fozmalizatsiya funksiyasi

Ilmiy bilimlarni muayyan shakl bo‘yicha, aniq, bir ma’noda va ta’limni standartlashtirish maqsadiga ko‘ra aks ettirish va taqdim qilish

O‘lchov funksiyasi

Standartda ta’limning o‘zaro bog‘liq bo‘lgan sifat va miqdor tavsiflarini (o‘lchov kategoriyasini) o‘rganish

Qiyoslash fuksiyasi

Ta’lim jarayonlari natijalarining qiyoslanuvchnligini ta’minlash

Kommunikativ funksiya

Muvozanatlashtirilgan optimal davlat talablarini belgilagan holda ijtimoiy sheriklar, ta’lim sohasi vakillari, jamiyat manfaatlarini birlashtirish

In’ikosning aynanligi fuksiyasi

Ta’lim sifatiga talabning voqealik ehtiyojlariga muvofiqligini yuqori darajada ishonchlilik bilan ta’minlash (standart yuqori ilmiy-amaliy saviyada ishlab chiqilishi lozim)

(ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 194 б.)


Ta’lim muassasi faoliaytiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar:

  1. Jamiyatdagi ijtimoiy muhit

  2. Iqtisodiy omillar

  3. Siyosiy omillar

  4. Huquqiy omillar

  5. Ijtimoiy-psixologik va axloqiy omillar

  6. Ekologik omillar

  7. Demografik omillar

  8. Madaniy, manaviy-mafkuraviy omillar

  9. Tarmoq omillari

  10. Institutsional omillar (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 240-242 б.)

Varitivlik – bu ta’lim tizimi sifati bo‘lib, bu tizimning o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan ehtiyoj va imkoniyatlari o‘zgarishiga muvofiq tanlanishi uchun ta’lim dasturlari variantlarini yoki xizmatning alohida turlarini yaratishga taqdim etishga qodirligini xarakterlaydi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 276 б.)
Mutlaq ko‘pchilik ta’limni orgonlari va ta’lim muassasalarida rejalashtirishdagi muammo masalaning ahvolini muammoli yo‘naltirilgan tahlilsiz, “ko‘r-ko‘rona”, asosan, boshqaruv xodimlari tomonidan, bu ishga jamoalarni, jamoatchilikni jalb etmasdan amalga oshirilayotganligidir.
Zamonaviy dastur, aniq ish rejani ishlab chiqish uchun nima qilmoq zarur? Dastur o‘z vazifasiga javob berish uchun muayyan sifatlarga javob berishi kerak. Ta’limni boshqarish sohasining mashhur mutaxassislari nazarida, bunday sifatlar yettita – dolzarblik, prognoz qilish mumkinligi, haqqoniylik, oqilona ish tutish, yaxlitlik, nazoratlilik, adashishlardan ta’sirlanuvchanlik. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 303 б.)

Download 4,19 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Download 4,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет

Download 4,19 Mb.