Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. 263 бет




Download 4,19 Mb.
bet14/65
Sana23.05.2024
Hajmi4,19 Mb.
#251649
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
Bog'liq
Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. 263 бет
Menejment – inglizcha so‘z bo‘lib, boshqaruvni tashkil etish (boshqarish, boshqaruv hokimiyati, tashkil etish), rahbarlik qilish (rejalashtirish, tartibga solish, muvofiqlashtirish, nazorat qilish) ma’nolarini anglatadi. Menejment – bu ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun faoliyatni, ya’ni insonlar yoki ularning guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda boshqarish usullari, shakllari va vositalari majmui.
Sodda qilib aytganda, menejment umumiy holda u yoki bu faoliyat turini tashkil etishni va unga rahbarlik qilishni, ya’ni turli sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan insonlarning xatti-harakatlarini, munosabatlarini muvofiqlashtirish, ularning imkoniyatlari va qobiliyatlaridan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish, nazorat qilish va boshqarishni bildiradi. Menejment eng avvalo insonlarni boshqaradi, ularni o‘z faoliyatiga qiziqtirish, tadbirkorlikka, mehnatga ijodiy yondashish, o‘ziga ishonish tuyg‘ularini shakllantirish, sohalar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashiga ko‘maklashish, yangilikka va ijodkorlikka chorlash, insonlarning faoliyatini boshqarish demakdir. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 6-7 б.)
Ta’lim menejmenti – bu ilmiy asosda tashkil etilgan, o‘ziga xos pog‘onaviylikka asoslangan boshqaruv: rahbar, pedagogik jamoa, ta’lim oluvchilar jamoasi. Shunga ko‘ra boshqaruvni turli xil modellar asosida amalga oshirish mumkin: integral model, birinchi pog‘ona – pedagogic jamoa faoliyatini boshqarish, ikkinchi pog‘ona – o‘quvchilar faoliyatini boshqarish.
Ta’lim menejmentining asosiy maqsadi – ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etishda, muassasa oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish va raqobatbardosh bitiruvchilar tayyorlashda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari bo‘lgan rahbarlar, mutaxassislar va ijrochilar munosabatlari va faoliayatlarini muvofiqlashtirish, nazorat qilish hamda samarali boshqarishni ta’minlashdan iborat. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 8-9 б.)
“Boshqaruv” so‘zi odatda aniq maqsadga erishish uchun boshqariluvchi tizim (yoki boshqaruv obyekti)ga faol ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida gapirilganda qo‘llaniladi. Zamonaviy adabiyotlarda boshqaruvning ma’nosi bo‘yicha uch xil yo‘nalishda tushunchalar mavjud.
Birinchisiga ko‘ra, boshqaruv ma’nosi faoliyat deb keltirilgan. Masalan, boshqaruv jarayoni bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan, o‘z vaqtida boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, boshqaruv nazariyasi asoschilaridan biri fransuz olimi A.Fayol boshqarishni:
-kelajakni ko‘rish;
-faoliyatni tashkillashtirish;
-faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi;
-qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol deb ataydi.
Ikkinchi yo‘nalish vakillari boshqaruvni bir tizimning ikkinchisiga, shaxsning ikkinchi bir shaxsga yoki guruhga “ta’sir etishi” deb hisoblaydi. Bu yo‘nalish tarafdorlari boshqaruv – maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir etish bo‘lib, subyektning obyektga ta’siri natijasida obyektning o‘zgarishi, deb ta’riflashadi.
Uchinchi yo‘nalishga ko‘ra, boshqaruv – bu subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, ya’ni to‘g‘ri va teskari ta’sirlarning uzluksizligi, bir-biriga ta’sir etuvchi subyektlar o‘zgarishining orgonik bog‘liqligi degan qarashlar mavjud.
S.N.Tidor boshqaruv ma’nosini quyidagicha ta’riflaydi:
-maqsad yo‘nalishida obyektni muvofiqlashtirish;
-maqsadga erishish uchun obyektga ta’sir etish;
-maqsadga erishish yo‘nalishida tizimni tashkil etuvchilarga ta’sir etishni vertical muvofiqlashtirish.
A.I.Kitovning ta’rif berishiga ko‘ra: “Boshqaruv – bu insonlarni boshqarish, ular bilan ishlash”. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 21 б.)
Boshqaruv – bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir. (Шарифхўжаев М., Абдуллаев Ё. Менежмент. Т., “Ўқитувчи”, 2001. – 7 б.)
Hozirgi zamon amaliyotida boshqaruv insonlarning xatti-harakatini tartibga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat sifatida izohlanadi.
Ko‘pgina adabiyotlarda “menejment” so‘zining ma’nosi bilan “boshqaruv” tushunchalariga ta’rif berilganda, xuddi xil ma’noni anglatadi degandek, menejment bu – boshqaruv deb yozilganligi ko‘pchilik o‘quvchilarni chalg‘itishi mumkin. Shuni ta’kidlash kerakki, “menejment” so‘zi “boshqaruv” tushunchasidan farqli ravishta boshqaruv faoliyatini tashkil etish degan ma’noni anglatib, u fan sifatida boshqarishning sir-asrorlarini o‘rganadi va tahlil qiladi. “Boshqaruv” atamasi nisbatan kengroq ma’noni anglatadi, mazkur tushuncha orqali ma’lum bir shaxs tomonidan biror-bir obyektning boshqarilishini, ya’ni nafaqat insonlarni, balki mashina, dastgoh yoki texnologik qurilmalarni boshqarish, shuningdek, mazkur boshqaruvlarni ham boshqarishni tushunish mumkin.
Mazkur fikrga asoslanib aytish mumkinki, ishlab chiqarishni boshqarish ishchilarni boshqarishdan iborat bo‘lib, ular o‘z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar, shunday ekan, boshqaruv tushunchasi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt munosabatlarini bildiradi.
Yaponlar boshqaruvni avvalo, to‘la berilib ishlash, agar kerak bo‘lsa, o‘zini qurbon qilishga ham tayyor turish, deb tushunadilar.
(Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 22 б.)
Har qanday faoliayat boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan iborat bo‘lib, mazkur tizimlar o‘rtasidagi aloqa insonlarning o‘zaro munosabatlaridan tashkil topadi va mavjud o‘zaro munosabatlar ularning faoliyatini ifodalaydi. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 22-23 б.)
Shunday ekan, ixtiyoriy faoliyat boshqaruvni talab etadi, shaxsning individual faoliyatida inson o‘zini-o‘zi boshqaradi va ko‘zlangan natijalarga erishadi, hamkorlikdagi faoliyatni tashkil etish uchun o‘zaro ta’sir yoki shaxsning boshqa shaxslarga nisbatan ta’siri zarur bo‘lib, bu o‘z mohiyatiga ko‘ra boshqaruvni, ya’ni ma’lum bir maqsadga erishish yo‘nalishida insonlar faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirishni ifodalaydi.
Shunday ekan, boshqaruvni, ya’ni boshqaruv faoliyatini tashkil etish zaruriyatini belgilovchi bosh mezon bu inson oldiga yoki muassasa oldiga qo‘yilgan maqsad bo‘lib, unga erishish uchun vazifalar belgilash, tashkil etiladigan faoliyatni oldindab rejalashtirish, amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini tanlash, vazifalarning mazmun va mohiyatiga ko‘ra bajaruvchilar (mutaxassislar)ni tanlash va bajariladigan vazifalarni taqsimlash, belgilangan maqsadga erishish uchun tashkil etiladigan jarayon ishtirokchilari (xodimlar) faoliaytini muvofiqlashtirish zarur hisoblanadi. Mazkur faoliyat boshqaruv faoliyatini, uni amalga oshirish boshqaruv funksiyalarini, amalga oshirish izchilligi (ketma-ketligi) boshqaruv algoritmini, amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlari boshqaruv metodlarini, xodimlarning faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqaruv uslublarini, mazkur yo‘nalishda qabul qilinga qarorlar boshqaruv qarorlarini ifodalaydi. Bu lar birgalikda boshqaruvning asosiy tushunchalarini tashkil etadi. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 23 б.)
Boshqaruv samaradorligini ta’minlay olish – bu birinchidan, ta’lim muassasasi jamoasini uyushtira bilish, ya’ni jamoada ahillik, birdamlik va hamkorlikni vujudga keltirish, jamoa a’zolarini jipslashtira olish va ikkinchidan o‘zining shaxsiy ishini tog‘ri tashkillashtira olish qobiliyatidir.
Rahbarning o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri rejalashtirishi, ya’ni buyruq berish, topshiriq ijrosini tekshirish, xodimlar faoliyatini baholash hamda turli xil qarorlar qabul qilishi va uni nazorat qila olishi va h. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 24 б.)
(Talablar) Boshqaruv strukturasi – “struktura” lotincha so‘z bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishi, tashkiliy tuzilishini bildiradi. Boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va fuksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog‘langan turli boshqaruv orgonlari va bo‘g‘inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning maqsadlari, funksiyalari, vazifalari, obyektlari va uning tashkiliy tuzilishini belgilab beradi. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 25-26 б.)
Boshqaruv pog‘onasi – tashkiliy tuzilishga ko‘ra ta’lim muassasasining yuqori bo‘g‘ini (rahbarlar) bilan quyi bo‘g‘ini (ijrochilar) o‘rtasidagi masofaning katta-kichikligi – pog‘onaviyligi, ya’ni bu bir zvenoning (xodimning) boshqasiga bo‘ysinish ketma-ketligidir. Rahbar bilan oddiy ijrochi o‘rtasidagi masofa qanchalik katta bo‘lsa (darajalar soni) ta’lim muassasasidagi pog‘onaviylik darajasi shunchalik katta bo‘ladi.
Boshqaruv bosqichi – ta’lim tizimining boshqaruv orgonlari tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishi, tuzilishi bo‘lgan tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan bir boshqarish bo‘g‘ining ikkinchisiga, ya’ni quyi bo‘g‘inning yuqori bo‘g‘inga izchillik bilan bo‘ysunishini ko‘rsatadi. Tashkil etuvchi qismlarning yuqoridan quyiga qarab yo‘nalgan tartibda hamda rahbarlar bilan xodimlarning lavozimiga, ya’ni bo‘ysunishiga ko‘ra yuqoridan quyiga qarab joylashuvi grekcha (“hierarchia”) ierarxiya deb ataladi. Ierarxiyani tashkil etuvchilarning o‘zaro bo‘ysunish tartibi har birining huquq va burchlari hamda ularning o‘zaro munosabatlari tartibi boshqarish tizimini tashkil qiladi. Vazirlik – Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi – Tuman xalq ta’limi bo‘limi – Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 26 б.)
Boshqaruv bo‘g‘ini – boshqarishning ayrim yoki qator funksiyalarini bajaruvchi mustaqil tarkibiy tuzilishga ega bo‘lgan bo‘limlaridir.
Boshqaruv vakolatlari – ta’lim muassasasini boshqarishda maktab rahbari yoki boshqa rahbarlar tomonidan o‘z qo‘l ostidagi xodimlarga o‘zi javobgar bo‘lgan vazifalarni, ma’lum bir masalani hal etish yoki tashkiliy ishlarni amalga oshirishda rahbarlik qilish huquqini vaqtincha berishdir.
Boshqaruv jarayoni negizi – har qanday ta’lim muassasasining asosiy vazifasi hisoblangan ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va uni takomillashtirish negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi subyekt tizimlaridan tashkil topadi. Bu tizim o‘qituvchilar, pedagogik xodimlar va o‘quvchilar (obyekt) va rahbarlar, rahbar xodimlar (subyekt) o‘rtasidagi aloqa, ya’ni jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridan tashkil topadi.
Boshqaruv mas’uliyati – ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish, ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy talablarga mos, ilmiy asosda tashkil etish, pedagogik xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda umumiy manfaatlarni ko‘zlovchi natijalarga erishish uchun qabul qilingan qarori, uning ijrosi, o‘z xatti-harakati va faoliayti uchun javobgarlikning boshqalar tomonidan his qilinishidir.
Boshqaruv madaniyatining dolzarbligi boshqaruv tizimida ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarning vujudga kelishi sifatida va ijtimoiy ehtiyojlarga mos kelishi bilan belgilanadi. Rahbarning mustaqil ahamiyat kasb etuvchi vazifalaridan biri bu qaror qabul qilish funksiyalaridir. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 27 б.)
Boshqaruv qarori – boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga ega bo‘lgan stratigik, taktik, umumiy, an’anaviy, tezkor va boshqa qarorlar qabul qilinadi. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 28 б.)
“Funksiya” so‘zi lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib, bajarish, vazifa, faoliyat, majburiyat ma’nosini bildiradi. Boshqaruv vazifalari – biror obyektga rahbarlik qilish uchun zarur bo‘lgan faoliyat turi deb tushuniladi. Boshqaruv vazifalari o‘zining tarkibi bilan boshqaruv texnologiyasini bayon etadi. Boshqaruv vazifasining ma’nosiga ikki element kiradi: u avval tizimda nima qilinayotganligini belgilasa, so‘ngra “qanday qilib?” savoliga javob berishni bildiradi. (Ғуломов С.С. Менежмент асослари. Т., “Шарқ”, 2002. – 107 б.)
Boshqaruv nazariyasi asoschilaridan Anri Fayol XX asrning boshlarida boshqaruvning beshta fuksiyasini ajratib ko‘rsatgan: rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish, nazorat. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 29 б.)
A.T.To‘xtaboyev mazkur funksiyalarning faqat ma’muriy ekanligini ta’kidlab, ma’muriy boshqaruv fuknsiyalarining uch guruhini ajratib ko‘rsatadi:
1.Umumiy funksiyalar;
2.Ijtimoiy-psixologik funksiyalar;
3.Texnologik funksiyalar.
Umumiy funksiyalar – boshqaruv jarayonining asosiy bosqichlari mazmunini anglatadi. Ular:
-maqsadlarni shakllantirish;
-strategik rejalashtirish;
-tashkil qilish;
-tartibga solish (muvofiqlashtirish);
-rag‘batlantirish;
-nazorat qilish (hisob-kitob yuritish va tahlil qilish)
Boshqarishning ijtimoiy-psixologik funksiyalari – vakolatlar taqsimoti va motivatsiya.
Ma’muriy boshqaruvning texnologik funksiyalari – qarorlar va kommunikatsiyalar (aloqa, munosabat yo‘llari).
Yuqoridagi funksiyalar o‘zaro bir-birini to‘ldirib, ma’muriy boshqaruvning yagona tizimini tashkil qiladi. (Тўхтабоев А. Маъмурий менежмент. Т., “Молия”, 2003. – 63 б.)
Mamlakatimiz olimlari boshqarish faoliyatining turlariga ko‘ra quyidagi funksiyalarni ajratib ko‘rsatishadi:
boshqarishning iqtisodiy funksiyalari, ya’ni: mablag‘lar, xizmatlar, marketing;
boshqarishning sotsial funksiyalari, ya’ni: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning sotsial madaniy-ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, moddiy rag‘batlantirishni ta’minlash, ijtimoiy himoyani ta’minlash va h.
boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyalari, ya’ni: xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shavqatli va o‘zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo‘lish ruhida tarbiyalash, xodimlarni vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollik, adolat tuyg‘usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va h.
boshqarishning tashkiliy funsiyalari, ya’ni: ishlab chiqarishni tashkil qilis, o‘zaro aloqalarni o‘rnatish va muvofiqlashtirish, barcha barcha bo‘g‘in va bo‘limlar o‘rtasida vazifalar taqsimoti, vakolat va boshqarish apparati xodimlari o‘rtasida mas’ullarni belgilash, boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.
Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog‘liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko‘p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, yaxlitlikka ega. Shuning uchun ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. (Шарифхўжаев М., Абдуллаев Ё. Менежмент. Т., “Ўқитувчи”, 2001. – 78-79 б.)
Menejment nazariyasida asosan to‘rtta funksiya: rejalashtirish, tashkil etish, motivlashtirish va nazorat funksiyalarining ajratilishini va ularni birinchi darajali deb hisoblash qabul qilinganligini ta’kidlash joiz. Bunday holatlarda boshqaruv faoliyatining funksional tarkibini aniqlashga vaziyatli yondashuv qo‘llaniladi. Boshqaruvda vaziyatli yondashuvning ommalashishi natijasida mutaxassislar boshqaruvning boshqa funksiyalari – maqsadni belgilash, kommunikatsiya, rag‘batlantirish kabi funsiyalarini ham alohida ajratib ko‘rsatishgan.
N.K.Novikov maktabga taalluqli to‘rtta boshqaruv funksiyalarini – rejalashtirish, tashkil etish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va nazoratni belgilagan bo‘lsa, Ye.S.Bereznyak esa, uchta – rejalashtirish, rahbarlik va nazorat funksiyalarini maktabga taalluqli deb hisoblaydi. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 30 б.)
Bugungi kuda maktab rahbarlari boshqaruv funsiyalarining integrative sifatlarini tavsiflovchi xususiyatlar: maktab boshqaruvini ichki va tashqi o‘zgarishlarga moslashtirish, rahbarlik uslublaridan korporativ foydalanish, ta’lim menejmentining tamoyillarini o‘zlashtirish va qo‘llash, boshqaruvni maktab faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga yo‘naltirish asosida belgilashni ko‘rsatadi.
Strategiyadan kelib chiqib, boshqaruv funksiyalarini tanlash mumkin (muallif)
R.X. Djurayev va S.T.Turg‘unovlar boshqaruv funksiyalarining uchta shaklini ko‘rsatib o‘tadi:

Download 4,19 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Download 4,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. 263 бет

Download 4,19 Mb.