|
Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет
|
bet | 17/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos
(Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 40 б.)
Qaror – bu boshqaruv faoliyatining shunday shakliki, unda rahbar mehnati gavdalanadi, mehnat jamoasiga maqsadga yo‘nalgan ta’sir o‘z ifodasini topadi. Qaror qabul qilish – rahbarning yetakchi faoliyat jarayoni bo‘lib, keying boshqaruv muvaffaqiyatini belgilaydi. (Мукаев И., Саифназаров И., Менежмент асослари. Т., “Ўқитувчи”, 2001. – 34 б.)
Qaror – bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. Boshqacha qilib aytganda, qaror – bu u yoki bu yo‘lni tanlab olishda bir to‘xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir. (Шарифхўжаев М., Абдуллаев Ё. Менежмент. Т., “Ўқитувчи”, 2001. – 349 б.)
Qaror – bu boshqarish faoliyatining oxirgi natijasidir. Agar boshqaruvda mehnat predmeti axborot bo‘lsa, uning mehnat (natijasi) mahsuloti – boshqaruv qaroridir. (Ғуломов С.С. Менежмент асослари. Т., “Шарқ”, 2002. – 184 б.)
Strategik qaror. Bunday turdagi qarorlar ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etib, unda muassasaning uzoqqa mo‘ljallangan rivojlanish vazifalari va maqsadlari belgilanadi. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 45 б.)
Taktik qarorlar. Mazkur qarorlar ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishda qo‘llaniladigan vosita va usullar yo‘nalishidagi qarorlar bo‘lib, joriy va tezkor qarorlarni ifodalaydi.
Umumiy qaroqlar – Ta’lim muassasasi reglamentini belgilashga yo‘naltirilgan qarorlar.
Maxsus qarorlar – TMning ma’lum bir bo‘limi yoki guruhiga doir qarorlar.
Stereotip qarorlar. Me’yoriy hujjatlar, yo‘riqnomalar va h. asosida qabul qilinadi.
|
| |