|
Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет
|
bet | 19/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosBoshqaruv strategiyasi. Ko‘zlangan maqsadlarga erishishda ta’lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish, pedagogic xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish, strategik reja asosida faoliaytni tashkil etish va boshqarish yo‘nalishida asosan boshqaruvning ikki xil turini nazarda tutadi. Strategik boshqaruv, konyukturaviy boshqaruv. Amaliy faoliyatda u yoki bu boshqaruv yo‘nalishining ustunligi tashkiliy tizimning yangilik darajasi ko‘rsatgichlari bilan belgilanadi.
Strategik boshqaruv – bu ta’lim muassasasining strategik maqsadi yo‘nalishida muassasa imkoniyatlarini pedagogic xodimlarning umumiy manfaatlari bilan muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatga tuzilgan dastur, reja va loyihalar asosida boshqarishdir. Strategik boshqaruv odatda, mazkur tizim boshqaruv madaniyatining yuqori darajasini belgilovchi keng innovatsion dasturlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
Konyukturaviy boshqaruv – ma’lum bir davrda muassasaning iqtisodiy holatini tavsiflovchi belgilar majmuasi bilan bog‘liq bo‘ladi. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 120 б.)
Maxsus strategiya – ta’lim muassasasida ta’limjarayoni samaradorligining pasayib ketishini, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasining DTS talablari darajasidan tushib ketmasligini, shuningdek, tajribali, bilimli, o‘z kasbining fidoyilari bo‘lgan pedagoglarning ta’lim muassasasidan ketib qolishlarining oldini olish maqsadida uzoq muddatga tuziladi.
Funksional strategiya – ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, bo‘limlari, jamoaviy boshqaruv orgonlari va ma’muriyat hamda jamoatchilik tashkilotlari oldidagi vazifalarni amalga oshirish usullarini o‘z ichiga olgan ishchi strategiya hisoblanadi.
Mujassamlashtirilgan strategiya – ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etishning barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan hamda ta’lim muassasasining yaxlit faoliyatini o‘zida jamlagan mo‘ljaldir. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 121 б.)
|
| |