• Boshqaruv algoritmi
  • Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет




    Download 4,19 Mb.
    bet16/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

    Boshqaruv funksiyalari

    Axborot-tahlil

    Maqsadli-motivlashtirish

    Oldindan ko‘rish - rejalashtirish

    Tashkiliy -ijrochilik

    Nazorat - tashxis

    Tartibga solish- mivofiqlashtirish

    (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 33 б.)
    Obyektiv boshqaruv faoliyati faqatgina maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarning to‘liq to‘plami yoki harakatlar zanjiri shaklida mavjud bo‘ladi. Mvjud bo‘lgan mazkur zanjir boshqaruv algoritmini ifodalaydi. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 37 б.)
    “Algoritm” so‘zi jahon ilm ma’rifatining buyuk namoyandasi, bobomiz Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning matematika fanini rivojlantirgan asarlaridan biri bo‘lgan “Aljabr val muqobala” asari tufayli “Al-Xorazmiy” nomi lotincha transkripsiyada “Algoritm” shaklini olgan. (Ҳошимов К. ва б. Педагогика тарихи. Т., “Ўқитувчи”, 1996. – 72 б.)
    “Algoritm” – O‘rta Osiya matematigi al-Xorazmiy [Algorithmi] nomining lotincha shakli bo‘lib, qo‘yilgan masalalarning yechimini topish uchun ma’lum bir izchillikda, belgilangan qoidalarni qo‘llash yordamida bajariladigan matemetik amallar ketma-ketligi tizimini bildiradi. Algoritmlar nazariyasi – matematika fanining algoritmlarning umumiy xususiyatlarini o‘rganuvchi bo‘limi. (Хорижий сўзлар луғати. М., “Русский язык, 1988. – 26 б.”)
    Boshqaruv algoritmi – bu maktab rahbari boshqaruv faoliyatining ketma-ketligi (izchilligi) bo‘lib, yettita bosqichdan iborat:

    Boshqaruv algoritmi

    Pedagogik jarayonning holati to‘g‘risida ishonchli axborotlar to‘plash, qayta ishlash va obyektiv baholash

    Boshqaruv faoliyati maqsadini belgilash

    Boshqaruv faoliyatini oldindan ko‘rish (anglash) va rejalashtirish

    Kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish

    Jamoa faoliyatini nazorat qilish va tashxis

    Jamoa a’zolarining faoliyatini muvofiqlashtirish

    Maktab faoliyatining rivojlanish moyilligi va dinamikasini aniqlash

    (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 38 б.)
    Ta’lim menejmentida boshqaruv metodlari muhim ahamiyat kasb etib, ular boshqaruv jarayonida xodimlar faoliyatini tashkil etish va ularni muvofiqlashtirishda qo‘llaniladigan ta’sir etish yo‘llari va usullarining yig‘indisi hisoblanadi. Boshqaruv metodlarining asosini mazkur ta’sir ko‘rsatish usullari majmui, ya’ni ta’sir ko‘rsatish mexanizmi tashkil etadi. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 39 б.)
    Boshqaruv metodi boshqarish faoliyatini amalga oshirish usullari va yo‘llari majmuidan, boshqarish tizimiga samarali, maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatishdan, ya’ni boshqarish funksiyalarini amalga oshirish mexanizmidan iboratdir. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 40 б.)
    Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, metod – bu tomomila obyektiv, rahbarga bog‘liq bo‘lmagan va mustaqil tushunchadir. Uslub, garchi u ham ta’sir o‘tkazish usullari majmuidan iborat bo‘lsa-da, metoddan farq qiladi, u yoki bu rahbarning subyektiv, individual xususiyatlari bilan belgilanadi. (Шарифхўжаев М., Абдуллаев Ё. Менежмент. Т., “Ўқитувчи”, 2001. – 204 б.)


    Download 4,19 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет

    Download 4,19 Mb.