|
Faoliyatni rejalashtirish davomida qabul qilinadigan qarorlarning tasnifi
|
bet | 24/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosFaoliyatni rejalashtirish davomida qabul qilinadigan qarorlarning tasnifi.
Say-harakatlarning davomiyligiga ko‘ra:
uzoq muddatga mo‘ljallangan;
qisqa muddatli; bir marotaba bajariladigan harakatlar.
Ijro majburiyatiga ko‘ra:
qat’iy imperativ asosdagi qarorlar;
tavsiya tarzdagi qarorlar.
Mazmuniga ko‘ra:
ta’limiy;
tarbiyaviy;
tashkiliy.
Ilmiy ahamiyatga molik qarorlar;
tuzilmaviy jihatdan tashkillashtirilishiga ko‘ra;
dasturlashtirilgan;
dasturlashtirilmagan.
Qarorni qabul qiluvchi shaxs nuqtai nazaridan: individual, jamoaviy tarzda qabul qilingan qarorlar. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 51 б.)
Qabul qilingan qarorning ta’sir doirasiga ko‘ra:
muassasaning o‘zida amal qiluvchi;
muassasadan tashqarida ham amal qiluvchi qarorlar.
Muassasaning qaysi darajada qaror qabul qilishiga ko‘ra:
butun muassasa miqyosida;
metodbirlashmalar miqyosida;
funksional xizmat bo‘limlari miqyosida;
alohida xodimlarga tegishli qarorlar.
Ta’sir darajasining ko‘lamiga ko‘ra:
birinchi darajali;
ko‘p darajali qarorlar;
ko‘zlangan maqsadlarning miqdoriga ko‘ra bir maqsadli;
ko‘p maqsadli qarorlar. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 52 б.)
Boshqaruv nazoratining uch jihati:
standartlarni belgilab berish – muayyan vaqt davomida erishilish lozim bo‘lgan maqsadlarni aniq ifodalash. Bu maqsadlar tashkilot faoliyatini rejalashtirish davomida belgilanadi;
muayyan vaqt davomida erishilgan natijalarni o‘rganib chiqib olingan va kutilayotgan natijalarni o‘zaro taqqoslash;
vaziyatga qarab tegishli chora-tadbirlar ko‘rish. Menejer vaziyatga qarab quyidagi amallarni bajarishi lozim: hech nima qilmaslik vaziyatga tegishli tuzatishlarkiritish yoki standartlarni o‘zgartirish.
Nazorat turlari:
ish jarayoni bosjlanishiga qadar amalga oshiriladigan nazorat bajarish vositalari – muayyan xatti-harakatlar qoidalar tadbirlari va yo‘nalishlarini ishlab chiqish. Tadbiq etilish sohasi ta’limiy, tarbiyaviy va tashkiliy resurslarni o‘rganish davomida qo‘llaniladi;
joriy nazorat bevosita ish jarayoni davomida amalga oshiriladi. Mazkur xildagi nazoratni o‘rnatish uchun boshqaruv apparati muqobil aloqalar tizimini o‘rnatishi lozim;
yakuniy nazorat – menejerning alohida vazifasi tashkilot rahbariga faoliyatni rejalashtirish uchun muhim bo‘lgan axborotlarni yetkazib berishdan iborat. Shu bilan birga, motivlashtirishni kuchaytirish ham yordam beradi. (Muallif: Ushbu nazoratlarni qanday amalga oshiradi, uning mexanizmi bormi? Birnchisi KP) (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 53 б.)
Nazorat o‘rnatish texnologiyalari:
nazorat o‘rnatish konsepsiyasini tanlab olish (tizim jarayonining ichki va tashqi nazorati);
nazorat o‘rnatish maqsadlarini belgilash (ushbu funksiyalarning maqsadga muvofiqligi, to‘g‘riligi, muntazamliligi va samaraliligi);
nazorat o‘rnatish me’yorlarini belgilash (DTS, o‘quv dasturlarining bajarilishi, axloq-odob me’yorlariga amal qilish);
nazorat o‘rnatish uslublarini tanlash (diagnostic, tahliliy monitoring, ilk bosqichdagi, joriy, yakuniy);
nazorat o‘rnatiladigan sohani va uning ko‘lamlarini belgilash; yalpi, epizodli (ko‘zga tashlanarli), ta’limiy, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma v amalaka sifatini o‘rganishga oid). (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 53-54 б.)
Bosh maqsad(lar)ni kichik maqsadlarga ajratish qoidasi:
bosh (umumiy) maqsad faoliyatining pirovard natijasini ifodalashi lozim;
umumiy tashkiliy maqsadning ierarxik tuzilmasini tuzish davomida ushbu muhit tamoyilga e’tibor berish lozim; faoliyatning kelgusi bosqichidagi maqsadlarga yetishish uchun ilgarigi bosqichning maqsadlarini ro‘yobga oshirish lozim;
tashkiliy faoliyatning turli bosqichlarida maqsadlarga erishish yo‘llariga emas, balki ularning mazmuni (natija)ga e’tibor berish shart;
tashkiliy faoliyatning har bir bosqichida qo‘yiladigan maqsadlar tamomila mustaqil bo‘lishi, bir-biridan kelib chiqarmasligi kerak;
maqsadlar shajarasining asosini belgilangan vaqt mobaynida ma’lum tartibda bajarilishi mumkin bo‘lgan vazifalar majmui tashkil etishi lozim.
Umumiy tashkiliy maqsadning kichikroq maqsadlarga ajratilishi bosh maqsadning murakkabligi, ko‘lami va tashkiliy tuzilmasini e’tiborga olish muhimdir;
Tashkiliy maqsadlarni belgilash jarayonida nafaqat maqsadlar shajarasiga, balki maqsadlarning rivojlanish dinamikasiga ham alohida e’tibor berish lozim. Tashkilot faoliyatining istiqbol rejasini tayyorlash chog‘ida jarayonning dinamik modelidan foydalaniladi. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 55-56 б.)
|
| |