|
Пўлатов Ш. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. 591 бет
|
bet | 23/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosПўлатов Ш. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. 591 бет
Zamonaviy pedagogik jarayonda ta’lim muassasasi oldiga maqsad qo‘yishda maktab rahbari:
ta’lim tizimida mavjud ehtiyoj va muammolar tahlili maqsad qo‘yishning bosh omili bo‘lib xizmat qilishi, bunda dastlabki imkoniyatlar va vositalar, zaxiralar hisobga olinishi kerakligi;
maqsadlar muhim muammolarni hal qiladigan darajada dolzarb bo‘lishi lozimligi;
maqsadlar murakkab, biroq aniq bo‘lishi, maktabning yaqin kelajakdagi rivojlanishini ifodalashi shartligi;
maqsadga qanchalik puxta (istalgan natijaning aniq darajasi va unga erishish muddati ko‘rsatilgan holda) shakllantirilgan bo‘lsa, ularga erishish uchun oson kechishi;
maqsadga tashxislovchi, rag‘batlantirivchi, izlanishga tashbbuskorlikka undovchi xarakterga ega bo‘lishi lozimligi;
maqsadlar maktab oldida turgan vazifalarga mos kelishi kerakligi;
hamkorlikdagi faoliyat maqsadlari uning barcha subyektlariga ma’lum, ular uchun tushunarli holda qabul qilimganligi jamoviy faoliyat va maqsadlar birligini ta’minlashi;
kichikroq aniq maqsadlar va uzoq muddatli maqsad hamda intilishlarga bo‘ysundirilishi maqsadga muvofiqligi talablarni hisobga olishi lozimligini ko‘rsatmoqda. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 18-19 б.)
Boshqaruv davrining izchil o‘zgarib turuvchi bosqichlariga muvofiq holda strategik va taktik rejalalar, rahbarning xatti-harakati boshqarish funksiyasini o‘zida namoyon etadi. Bu funksiyalar quyidagilar:
-rejalashtirish;
-tashkil etish;
-motivlashtirish;
-nazorat. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 46 б.)
G‘arbda, so‘ngi paytlarda esa bizda ham korxona, firma, ta’lim muassasasi boshqaruvchilarini tez-tez “menejer” so‘zi bilan, ular faoliyatini esa, menejment (fransuzcha “menajement” – xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanish) so‘zi bilan atamoqdalar. “Menejer” so‘zi aslida nimani anglatadi?
“Menejer” va “menejment” so‘zlari hozirgi talqinda korxona egalari o‘z mulklarini va odamlarni o‘zlari boshqarganlaridan ko‘ra, shunday ish uchun maxsus tanlab olingan va o‘qitilgan perofessionallarni jalb qilish juda afzal ekanini tushunib yetganlaridagina paydo bo‘ldi. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 48 б.)
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Пўлатов Ш. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. 591 бет
|