• Rahbar madaniyati
  • Maktab boshqaruvi madaniyati
  • Rahbar madaniyati turlari
  • Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет




    Download 4,19 Mb.
    bet31/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

    Boshqaruv madaniyati – umumiy ijtimoiy madaniyatning tashkil etuvchi komponenti sifatida ijtimoiy madaniyat matnidagi boshqaruv tushunchalari, munosabatlarning o‘zaro ta’sir etishi natijasida shakllanadi va unda qator: an’anaviylik, dolzarblik darajasi, motivlashtirish tizimi; rahbarlik uslublari, tashkiliy muhitning sifati; kommunikatsiyalar; shaxsni boshqarish; boshqaruv strategiyasi va rahbarning kasbiy madaniyati kabi komponentlar rasman paydo bo‘ladi. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 114 б.)
    Rahbar madaniyati – rahbar odobi va iqtidori o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish. Bu bog‘lanish odobi, iymon, insof, adolat va iqtidor kabi fazilatlar majmuidan iborat bo‘ladi. Rahbarning kasbiy madaniyati deganda rahbarning bilimdonligi, uning kasbiy boshqaruv faoliyatini bajarishga tayyorgarlik darajasi tushuniladi. Bunda maqsadga muvofiq u yoki bu kasbiy sifatlari alohida vaziyatlarda har bir rahbarning “ideal modelini” shakllantirishga asoslanadi.
    Maktab boshqaruvi madaniyati pedagogik, muloqat, psixologik, huquqiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik, mehnat va ijro madaniyatlaridan tashkil topib, boshqaruvda rahbar ularga amal qilishi ta’lim muassasasining boshqaruvini samarali qilishga imkon beradi. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 115 б.)

    Rahbar madaniyati turlari

    Ma’muriy

    Muloqat

    Pedagogik

    Psixologik

    Ilmiy-metodik

    Iqtisodiy

    Ijro

    Siyosiy

    Mehnat

    Ekologik

    Ijtimoiy

    (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 116 б.)
    Jamoa – deb, muayyan ijtimoiy maqsad birligiga qaratilgan uch yoki undan ortiq kishilarning birlashmalari yoki tuzilmalariga aytiladi. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 135 б.)
    Demak, pedagogik jamoa bu – ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan, o‘quvchi-yoshlarga ta’lim-tarbiya berishni maqsad qilib olgan barcha pedagog-o‘qituvchilar birligi.
    Ilg‘or o‘qituvchilar tajribasining ko‘rsatishicha, o‘quvchilar ahil jamoa bo‘lib uyushgandagina tarbiya ishlarini amalga oshirish ancha yengil bo‘ladi va muvaffaqiyati ta’minlanadi. Yaxshi uyushgan, sog‘lom jamoada o‘quvchilarning fikri juda katta tarbiyaviy kuchga ega bo‘ladi va tarbiya jarayonida o‘qituvchilarning tayanchiga aylanadi. (Muallif: jamoani boshqarish uchun uni uyushtirish lozim.) (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 136 б.)

    Download 4,19 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет

    Download 4,19 Mb.