• Motivatsiya asoslari: Tashqi monivlar
  • Ichki motivlar: 1. Ichki intizom. 2. O‘zini-o‘zi boshqarish. 3. O‘zini-o‘zi idora etish. Jamoadagi ko‘tarinki kayfiyat
  • Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет




    Download 4,19 Mb.
    bet33/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

    Nazorat o‘zining vazifasini bajarishi, ya’ni ta’lim muassasasi maqsadlariga erishishini ta’minlash uchun u bir necha muhim jihatlarga ega bo‘lishi kerak.
    1. Strategiyaga yo‘nalganlik.
    2. Natijaga mo‘ljallanganlik. Turli ahamiyati past bo‘lgan jaraoyonlarni nazorat qilish o‘rniga, muhim jarayonlarga diqqatni qaratish.
    3. Nazoratning mohiyatga muvofiqligi. Ishlarning bajarilishi, sonini emas, sifatini nazorat qilish zarur.
    4. Nazoratning o‘z vaqtida o‘tkazilishi. Samarali nazorat tizimi – bu salbiy holat vujudga kelib, rivojlanguncha odamlarga zarur axborot beruvchi tizimdir.
    5. Nazoratning moslashuvchanligi. Vaziyatga moslashish zarur.
    6. Nazoratning oddiyligi. Odiiy mexanizmni tashlash zarur. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 295-296 б.)
    Motivatsiya asoslari:
    Tashqi monivlar:
    1. Moddiy rag‘batlantirish, toifani ko‘tarish, mukofatlar va boshqalar.
    2. Mansab pog‘onasi bo‘yicha ko‘tarilish.
    3. Ma’naviy rag‘batlantirish, tashakkurnoma e’lon qilish, mukofotlash va boshqalar.
    Choralar:
    a) doimiy nazorat;
    b) mehnat qonuchiligiga asosan jazolash.
    Ichki motivlar:
    1. Ichki intizom.
    2. O‘zini-o‘zi boshqarish.
    3. O‘zini-o‘zi idora etish.
    Jamoadagi ko‘tarinki kayfiyat:
    1. Oshkoralik, xabardorlik.
    2. Aniq, asoslangan ish taqsimoti.
    3. Jamoa a’zolari tomonidan maqsadning aniq tushunilishi.
    4. rejalashtirishda hammaning ishtirok etishi.
    5. Yaxshi mehnat doimo rag‘batlantirilishini tushunish. Rahbarlar tomonidan boshqarishni aniq tashkil etish va boshqalar. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 298-299 б.)
    Monitoring o‘tkazishning o‘ziga xos talab va mezonlari:
    axborotning aniqligi, ravshanligi – jarayon aniq axborotga suyanmog‘i kerak;
    axborot, raqamlar qisqa, lo‘nda, ya’ni qayta ishlash, uzatishga qulay bo‘lishi kerak;
    ma’lumotlar o‘zaro qiyoslangan bo‘lishi, olingan ma’lumotlar ahvolni emas, undagi bo‘layotgan o‘zgarishlarni ko‘rsata bilishi kerak. Natijaga ko‘ra uni qiyoslash, taqqoslash mumkin bo‘lsin;
    ichki, tashqi o‘zgarishlar asosida tizimdagi o‘zgarishlarni aniq, ravon ko‘rsata bilishi kerak;
    olingan ma’lumot tizim kelajagini oldindan bashorat qila olish hamda maqsadni amalga oshirish yo‘llarini oldindan tasavvur qilishga yordam berishi yangicha yondashuv va qarashlar samaradorligi ta’minlanadi;
    ta’lim jarayonining ichki boshqaruvida samarali uslublarni qo‘llash mumkin bo‘lsin;
    o‘zini oqlamagan va samarasiz uslublardan, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini o‘rganishda ilmiy, uslubiy, diagnostic, nazariy asosga ega bo‘lmagan ishlarni qo‘llashdan hamda tasodifiy sinovlardan voz kechish;
    o‘qituvchi, maktab psixologi va rahbar o‘rinbosarlari faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishni ta’minlash;
    o‘quvchi faoliyatini nazorat etuvchi, ota-onalar, jamoatchilik fikrini o‘rganuvchi me’yoriy hujjatlar bazasini yaratish va tartibga solish;
    har bir maktabning ichki nazoratini amalga oshirish dasturi va Nizomini ishlab chiqish;
    yaratilgan dasturlarni tajriba-sinovdan o‘tkazish, uning shakli, mazmuni, hajmi va muddatlarini takomillashtirish imkoniyatlarini yaratish mumkin bo‘lsin. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 331-332 б.)

    Download 4,19 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет

    Download 4,19 Mb.