• , tashkiliy madaniyat
  • Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет




    Download 4,19 Mb.
    bet30/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

    Maktabning ichki boshqaruvi
    -Maktabning barqaror holatini saqlashni boshqarish
    -Maktab taraqqiyoti, istiqboli va innovatsion rivojlanishi
    -Maktabning ichki rivojlanishi, uning o‘zini-o‘zi boshqaruvini takomillashtirib borish

    (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 107-108 б.)
    Olimlar tomonidan madaniyatga berilgan umumiy ta’rifga ko‘ra, madaniyat xodimlar guruhi tomonidan o‘zlarining mavjud bo‘lib turishlarini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan eksilitsit va implitsit qoidalarining dinamik tizimi bo‘lib, ushbu qoidalar guruh uchun umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan, biroq guruh ichida har bir o‘ziga xos birlashmalar tomonidan turlicha tarzda amalga oshiriladigan, avloddan avlodga uzatiladigan, nisbatan barqaror bo‘lgan, ammo vaqt bo‘yicha o‘zgarib turadigan qurilmalar, qadriyatlar, tasavvurlar, boshqaruv me’yori va modellari kabilarni o‘z ichiga oladi.
    Shuningdek, tashkiliy madaniyatning ham ko‘plab ta’riflari mavjud bo‘lib, ular quyida o‘z ifodasini topgan:
    1) asosiy ishonchlarning (bular muayyan guruh tomonidan mustaqil ravishda shakllantirilgan, o‘zlashtirilgan yoki ishlab chiqilgan bo‘lib, ular guruhning tashqi muhit va ichki integratsiyaga moslashish muammolarini qanchalik darajada hal etishga o‘rganganligiga bog‘liq) yig‘indisi bo‘lib, ular yangi guruh a’zolariga aniq muammolarning idrok etilishi, tafakkur qilinishi va bularga nisbatan munosabatda bo‘linishining to‘g‘ri shakli sifatida uzatiladigan qadriyatlar sifatida baholanishi uchun yetarli darajada samarali hisoblanadi. (E.Shayn); (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 111 б.)
    2) tashkilot a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan qoidalarning dinamik tizimi bo‘lib, uni faqatgina ongli ravishda o‘zgartirish mumkin (D.Matsumoto).
    Kuchli tashkiliy madaniyat kuchli liderlar tomonidan shakllantiriladi. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 112 б.)
    Xorijlik olimlar muassasani quyidagi uchta parameter bo‘yicha ajratishni taklif qilgan:
    a) murakkablik darajasiga ko‘ra;
    b) formallashuv darajasiga ko‘ra;
    v) markazlashuv darajasiga ko‘ra.
    Murakkablik muassasada vazifalar va faoliyat turlarining differensiallashuvini rag‘batlantirish bilan xarakterlanadi. Formallashuv muassasada uning faoliyati strukturasi va qoidalarini belgilab beruvchi tendensiyalarning ifodalanganlik darajasini namoyon etadi. Markazlashuv muassasaning o‘z harakatlari va qaror qabul qilish imkoniyatlarini cheklangan miqdordagi bo‘linmalar yoki ishchilar mavjud bo‘lgan sharoitda amalga oshirishga bo‘lgan moyilligini xarakterlaydi. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 112-113 б.)
    Muassasa faoliyatini yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan parametrlar bo‘yicha ochib berilishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar mavjud bo‘lib, bunday omillar jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: muassasaning quvvati, uning uchun qulay bo‘lgan texnologiyalar va resurslar, muassasaning tarixi, xodimlarning milliy madaniyati va dunyoqarashi.
    Ayrim tadqiqotchilar muassasani quyidagi uchta o‘zgaruvchining funksiyasi sifatida qayd etishadi:
    -avtonomik (nomarkazlashuv);
    -nazorat (markazlashuv);
    -hamkorlik (jamoaviy ish yoki komanda bilan ishlash). (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 113 б.)

    Download 4,19 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет

    Download 4,19 Mb.