• 3. Shaxsiy munosabatlar o‘rnatish.
  • Strategik boshqaruv
  • Strategik qaror
  • Strategik rejalashtirish
  • Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет




    Download 4,19 Mb.
    bet27/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

    1. Ta’lim strategiyasini belgilash. Bunda rahbar va uning o‘rinbosarlari innovatsion va samara beradigan g‘oyalarga ega, ta’lim sifatini ko‘tarishga xizmat qiladigan resurslarni belgilash, bu g‘oyalar asosida maktab faoliyatini rejalashtirish rejasini ishlab chiqish.
    2. Texnologik jarayon. Ishlab chiqilgan nazariy yo‘nalishdagi pedagogik g‘oyalarni amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini jamoa bilan belgilab chiqishdan iborat.
    3. Shaxsiy munosabatlar o‘rnatish. Bu ilg‘or pedagogik g‘oyalarni amalga oshirishga kirishish, ularni amalga oshirishda pedagogik jamoa, ota-onalar, o‘quvchilar hamda davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishni o‘z ichiga oladi. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 81 б.)
    Strategik boshqaruv - bu ta’lim muassasasining strategik maqsadi yo‘nalishida muassasa imkoniyatlarini pedagog xodimlarning umumiy manfaatlari bilan muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi uzoq muddatga tuzilgan dastur, reja va loyihalar asosida boshqarishdir. Strategik boshqaruv, odatda, mazkur tizimni boshqaruv madaniyatining yuqori darajasini belgilovchi keng innovatsion dasturlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.
    Strategik qaror – bunday turdagi qarorlar ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etib, unda muassasaning uzoqqa mo‘ljallangan rivojlanish vazifalari va maqsadlari belgilanadi. Strategik qarorlarni qabul qilishda ta’lim muassasasining istiqbolli harakat dasturi asos qilib olinadi, uzoq muddatlarga ko‘zlangan maqsadlarga erishishda bajariladigan vazifalarning muddati belgilanadi, mavjud muammolarni hal etish yo‘llari va uslublari ko‘rsatiladi. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 105 б.)
    Strategik rejalashtirish – ta’lim muassasasining maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirish zarur bo‘lgan vazifalarni belgilash, mazkurvazifalarni amalga oshirish uchun boshqaruv funksiyalari, metodlari hamda maqsadlarini aniqlash va amalga oshirish yuzasidan strategic rejalar ishlab chiqish jarayoni bo‘lib, bunda maqsad va vazifalarning ilmiy asoslanganligi, belgilangan muddatlarning aniqligi va obyektivligi, ijrochilarning bilimi va kasb mahorati, tashqi muhit ta’siri, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, muassasa imkoniyatlari, shuningdek, boshqaruv strategiyasi, ya’ni strategiyani amalga oshirishni boshqarish yo‘nalishlari o‘rganilib, tahlil qilinadi. (Шукуров П. Талим менежменти ёхуд таълим муассасасини илмий-методик бошқариш стратегияси. “Yosh kuch”. Тошкент – 2019. – 105-106 б.)

    Download 4,19 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет

    Download 4,19 Mb.