|
Diversifikatsiyalashgan strategiya
|
bet | 20/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosDiversifikatsiyalashgan strategiya – ta’lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni o‘qitishda tabaqalashtirilgan yondashuvlarni joriy etish asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichlarini ko‘tarish, maktab bitiruvchilari o‘rtasida raqobatbardosh, xorijiy tillarni biladigan, bilimli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan bitiruvchilar sonini ko‘paytirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish yo‘llarini ifodalaydi.
Strategik reja
|
Ta’lim muassasasining siyosati
|
Innovatsion yondashuv
|
Manfaatlar
uyg‘unligi
|
Ta’lim muassasasining rivojlanishi
|
Maqsad va mas’uliyat
|
Boshqaruv strategiyasi
|
Pog‘onaviylik
|
Muassasa imkoniyatlari
|
(Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 122 б.)
Personalni boshqarish – bu ko‘zlangan maqsadlarga erishishda ta’lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, pedagog-mutaxassislar va barcha xodimlarning faoliyatlarini muvofiqlashtirishda boshqaruvni amalga oshirishning muhim mexanizmi sifatida ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining o‘z vazifasiga mas’uliyat, ya’ni faoliyatlari natijalariga javobgarlik hissini shakllantirish hamda maqsadga erishishda umumiy manfaatlarning uyg‘unlashuvini hisobga olgan holda boshqarishni samarali amalga oshirishni nazarda tutadi.
Personalni boshqarish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir necha faoliyat jarayonlari, ya’ni murakkab boshqaruv jarayoni sifatida namoyon bo‘lib, bunda ta’lim muassasasining muvaffaqiyati nafaqat birgina rahbarlar faoliyatiga, balki o‘quvchilarning o‘quv faoliyati, xodimlarning faolliklari, o‘z mehnatlari natijalaridan qoniqish hosil qilishlari hamda butun bir ta’lim muassasasi faoliyatining muvofiqlashtirilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, uning tashkilotchilari va boshqa xodimlarning salohiyatini rivojlantirish, ularning ijodiy faoliyatini samarali tashkil etishga yetarli shart-sharoitlar yaratib berish yo‘nalishida barcha zaruriy choralarni belgilash va amalga oshirish zarur bo‘ladi.
Personalni boshqarish funksional va tashkiliy boshqaruvlarni o‘z ichiga oladi.
Funksional boshqav deyilganda kadrlar salohiyatidagi ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha vazifalar va qarorlar, masalan, kadrlar tanlash, ulardan foydalanish, malakasini oshirish, ularning mehnatiga haq to‘lash, rag‘batlantirish va mukofotlash, lavozimlarga tayinlash, ishdan bo‘shatish va h. tushuniladi.
Tashkiliy boshqaruv. Bu tushunchaga tashkiliy jihatdan kadrlar bilan ishlashga javobgar bo‘lgan barcha shaxslar va institutlar, masalan, rahbarlar, kadrlar bilan ishlash bo‘limi, maktab kengashi, pedagogik kengash, ilmiy-metodik kengash, kasba uyushma qo‘mitalari va boshqa jamoatchilik tashkilotlarini ham kiritish mumkin.
Personalni boshqarishning mazmun-mohiyati bu rahbarlar tomonidan pedagogik xodimlar va o‘quvchilar faoliyatini, umuman olganda jamoa a’zolarining faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim muassasasini boshqarishda xodimlar bilan ishlash va ularning faoliyatini boshqarishni doimiy rivojlantirib boorish demakdir.
(Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 130-133 б.)
Motivlashtirish – bu ma’lum ehtiyojlardan kelib chiqib, kishilar faoliyatini psixologik ta’sir etish yo‘llari bilan maqsadga muvofiq yo‘naltirishdir. …motivlashtirish ehtiyojlarning qondirilishi asosida amalga oshiriladi. (Джураев Р.Х. Турғунов С.Т. Таълим менежменти. Тошкент. “VORIS-NASHRIYOT”, 2006. – 138 б.)
|
| |