|
Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет
|
bet | 11/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosmezonlar – obyekt sifatini baholashda hisobga olinishi shart bo‘lgan holatlar. Mezonlarni tanlashda o‘lchanadigan har bir obyekt uchun: me’yor, o‘lchovlar (chegara, o‘rtacha kattalik, namoyon bo‘lish chegarsi) belgilanishini bilish kerak;
talab – bajarilishi majburiy bo‘lgan qoidalar, shartlar;
standart – baholanayotgan obyekt mos kelishi va qoniqtirishi shart bo‘lgan namuna.
(Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 448 б.)
Pedagogik texnologiyalar – ustuvor umumta’lim va tarbiyaviy rivojlanish maqsadlari bilan birlashgan murakkab, ochiq usul va metodikalar sistemasi; o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishning o‘zaro bog‘langan konseptual vazifasi va mazmuni, shakl va metodlaridir, bunda har bir pozitsiya boshqalariga ta’sir qilib, natijada o‘quvchilarning rivojlanishi uchun sharoitlarning muayyan mushtarakligini hosil qiladi. (Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 498 б.)
Pedagogik texnologiya – boshqariluvchi, takrorlanadigan natija beruvchi psixologik-pedagogikqonuniyatlarga asoslanuvchi ta’lim jarayonini tashkil etish tizimi. Ya’ni, pedagogic texnologiyalar – oldinga qo‘yilgan didaktik maqsadlarga erishish quroli. Texnologiya o‘quv maqsadiga yaxshiroq yo‘l bilan qanday erishish mumkin, degan savolga javob beradi, bunda maqsadga erishish boshqaruv bilan asoslanishi lozim. Bu– ta’lim jarayonini boshqarish maqsadiga erishish vositalari va usullari tizimi. (Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 499-500 б.)
Monitoringga ta’lim jarayonini boshqarishning mustaqil funksiyasi sifatida qarash shartli xarakterga ega hamda konseptual va operatsion munosabatlarda foydali bo‘ladi. Real ta’lim jarayonida monitoring boshqarishning barcha funksiya va bosqichlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi, shuning uchun uning asl mohiyati TMdagi ta’limni boshqarish jarayonining boshqa bo‘g‘inlari bilan o‘zaro bog‘langan holdagina to‘liq ko‘rib chiqilishi mumkin.
Monitoringning boshqaruvning boshqa funksiyalari bilan uzviy aloqasi shunda namoyon bo‘ladiki, boshqaruvning har bir funksiyasimonitoringning asosiy jihati sifatida voqea bo‘ladi, ya’ni monitoring kommunikatsiya, korreksiya va pedagogik faoliyatning maqsadlari, axborot prognozlari, hal qilinish, tashkil etilishi va ijrosiga daxldordir.
… monitoring maqsad va rejalarning amalga oshirilishini baholash bilan bog‘liqdir. (Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 513 б.)
U natijaga bo‘lgan munosabat o‘zgarishiga hamda joriy, oraliq va yakuniy maqsadga erishish yo‘llari qayta ko‘rib chiqilishiga asos bo‘ladi. (Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 516 б.)
TMga tatbiqan monitoringning:
ta’lim maqsadlarining (strategic, taktik, operativ) ko‘lami;
o‘qitish bosqichlari (kirish yoki saralash, o‘quv yoki oraliq, chiqish yoki yakuniy);
vaqtga bog‘liqligi (retrospektiv, ogohlantiruvchi yoki ildamlovchi, joriy);
tartibotning chastotasi (bir martali, davriy, muntazam);
kuzatish obyektini qamrab olishi (lokal, tanlangan, yaxlit);
tashkiliy shakllari (individual, guruhiy, frontal);
obyekt-subyekt munosabatlari shakllari (tashqi yokiijtimoiy, o‘zaro nazorat, o‘zini o‘zi tahlil qilish);
foydalaniladigan asboblar (standartlashtirilgan, nostandart, matritsali) bo‘yicha farqlanadigan turlarini ko‘rsatish mumkin. (Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 516-517 б.)
Oxirgi o‘n besh yil mobaynida pedagogik maqsadlar taksonomiyasini ishlab chiqish davom etdi, bir nechta: kognitiv, effektiv, psixomotor, operatsion-faoliyatli taksonomiya variantlari yaratildi. Ammo bugungi kunda kognitiv sohada B.Blum tizimi kengroq yoyilgan. Bizning tadqiqotimizda ham kognitiv sohadagi B.Blum tizimi ko‘proq qiziqish uyg‘otdi. Shuning uchun uni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
|
| |