• 3. Sifatni nazorat qilish
  • 4. Sifatni yaxshilash
  • Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет




    Download 4,19 Mb.
    bet5/65
    Sana23.05.2024
    Hajmi4,19 Mb.
    #251649
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
    Bog'liq
    Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibos

    2. Sifat aloqalarini o‘rnatish:
    xodimlar kuch va imkoniyatlarini birlashtirishuchun faoliyat turlarini harakatchanlashtirish;
    ta’limjarayonini ta’minlash vositalarini ishlab chiqish;
    o‘qituvchilar jamoasini shakllantirish;
    ta’lim oluvchilar jamoasini shakllantirish;
    ta’lim jarayonini standart sxemaga muvofiq tashkil etish;
    sifat ko‘rsatgichlarini ishlab chiqish.
    3. Sifatni nazorat qilish:
    sifat ko‘rsatgichlari o‘lchovini ta’minlash;
    sifat ko‘rsatgichlarini tahlil qilishni ta’minlash;
    berilgan standartlarga muvofiq ravishda jarayonga tuzatish kiritish;
    standart jarayonining taktik yoki strategic takomillashuvi uchun undovchi sbab.
    4. Sifatni yaxshilash:
    jarayonning uzliksiz takomillashuvi uchun infratuzilmaning yaratilishi;
    ta’lim jarayonidagi nuqsonlarning asosiy sabablarini aniqlash;
    ta’lim jarayonini yaxshilash bo‘yicha har bir tashabbusni amalga oshirish uchun brigadalar tuzish;
    ishchi guruhlar motivatsiyasini ta’minlash;
    maqsadlarga erishish ustidan nazorat o‘rnatish;
    ishchi guruhlarning uzluksiz ta’limini ta’minlash. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 326-327 б.)
    Jarayon ustidan statistik nazorat boshqaruv tizimining ichki konturi bo‘lishi kerak. Sifat ko‘rsatgichlarining standartga mosh kelishiga ishonch hosil qilish uchun o‘lchab turish va jarayonni boshqarish zarur.
    Ta’lim texnologiyasini operativ takomillashtirish kichik tizimi boshqaruvning tashqi konturi hisoblanadi. Agar jarayonni standart tuzatishlar “yaroqsiz mahsulot” chiqarishga barham bermasa, TQM tizimida yetti bosqichdan iborat reaktiv takomllashtirish tartibi qo‘llaniladi:

    1. takomillashtirish bo‘yicha ish mavzusini tanlash;

    2. axborotni yig‘ish va tahlil qilish;

    3. uchraydigan nuqsonning asosiy sababini aniqlash;

    4. qarorlarni rejalashtirish va ta’lim jarayoniga joriy etish, ya’ni aniqlangan nuqson qaytadan yuzaga chiqishining oldini olish;

    5. kiritilgan yangilikning samaradorligini baholash, ya’ni qarorning istalgan foydani berganligiga kuzatish orqali ishonch hosil qilish;

    6. kiritilgan yangilikka standart kichik jarayon maqomini berish, ya’ni avval mavjud bo‘lgan jarayonning bir qismini yangisiga almashtirish;

    7. navbatdagi muammoni yechishda avval aniqlangan nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bajarilgan ishni tahlil qilish. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 327 б.)

    Ta’lim muassasasini ichki boshqarishning u yoki bu tamoyillarini amaliyotda qo‘llashda uning ishtirokchilaridan har bir tamoyillarning o‘rni va rolini chuqur bilish va tushunish talab etiladi. Tamoyillar – bu TM direktori va uning o‘rinbosarlari amal qiladigan asosiy talablar, qoidlar.
    Qonuniyatlar jamiyatda va tabiatda obyektiv tarzda mavjud, aslida odamlar tomonidan shakllantiriladi. Tamoyillar boshqaruv faoliyatida tartibga solish vazifasini bajarishga qaratilgan.
    Ta’lim muassasasini ichki boshqarishda quyidagi tamoyillarga rioya qilinmasa, u to‘laqonli bo‘lmaydi:
    1) ilmiylik;
    2) demokratlashtirish;
    3) rejalilik;
    4) ehtiyojlarni qondirish, shaxsga hurmatni ta’minlash;
    5) faollik;
    6) oqilonalik;
    7) amaliylik;
    8) bilimdonlik va ishchanlik;
    9) tizimli yondashuv;
    10) mohiyati faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlash;
    11 teskari aloqa. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 330-331 б.)
    Maqsad – subyekt u yoki bu bajarish asnosida subyekt erishishga intilayotgan natija obrazi. Biroq shunday obrazlarning hammasi ham maqsad bo‘lavermaydi. Yuqorida aytilganidek maqsad istalgan narsaning obrazigina emas (bu o‘rinda, ajoyib orzular, amalga oshmaydigan loyihalar va b. o‘xshab ketadi), balki u, birinchidan, etishish vaqti qayd etilgan; ikkinchidan, tashkilotning ehtiyojlari va imkoniyatlariga mos bo‘lgan; uchinchidan, subyektni shu maqsadga erishishga harakat qilishga undaydigan; to‘rtinchidan, operatsional aniqlangan (nazorat qilinadigan) natija obrazidir. (Muallif: Maqsadlarni puxta rejalashtirish haqida ham fikr yuritilgan) (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 333 б.)

    Download 4,19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




    Download 4,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiyotlardan iqtibos Қурбонов Ш., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. 590 бет

    Download 4,19 Mb.