|
Ikki bosqichda ishlab chiqiladigan bitiruvchi modelini taklif qilish mumkin
|
bet | 6/65 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 4,19 Mb. | | #251649 |
Bog'liq Boshqaruvga oid adabiyotlardan iqtibosIkki bosqichda ishlab chiqiladigan bitiruvchi modelini taklif qilish mumkin:
minimal dastur, unda mazkur TM o‘quvchilari bilimliligi darajasiga qo‘yiladigan umummajburiy talablar akas etadi;
maksimal dastur, u me’yoriy xususiyatga ega ega bo‘lmaydi, biroq, muayyan yoshdagi o‘quvchilarning maksimal darajadagi ta’lim olish imkoniyatlari haqidagi bilimlarni hisobga olgan holda o‘qituvchilar va o‘quvchilarning maksimal darajada mumkin bo‘lgan natijalarga erishishga chog‘laydi. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 335-336 б.)
Ta’lim maqsadlarini qo‘yishda (va baholashda) quyidagi talablarni hisobga olish tavsiya etiladi:
1. Maqsadlar qo‘yishning bosh asoslari, bir tomondan, mavjud ehtiyoj va muammolarning tahlili bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ilk imkoniyatlar, mablag‘lar, resurslar tahlilidir.
2. Maqsadlar dolzarb, ya’ni ko‘proq ega muammolarga javob bera oladigan bo‘lishi kerak.
3. Maqsadlar tig‘iz, biroq haqqoniy bo‘lishi lozim. Ya’ni ta’lim oluvchilar rivojlanadigan hududida yaqin joylashgani ma’qul.
4. Maqsadlar shunchalik darajada aniq tavsiflanishi kerakki (xohlanayotgan natija darajasini va uning erishiladigan muddatini belgilashni ham qo‘shgan holda), ularga erishmoq mumkinligiga ishonch hosil qilishga imkon bo‘lsin.
5. Maqsad undovchi, rag‘batlantiruvchi, chorlovchi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak.
6. Maqsadlar TM taynch qadriyatlariva uning missiyasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
7. Maqsad barcha ishtirokchilarga ma’lum va tushunarli bo‘lmog‘i zarur.
8. Aniq xususiy maqsadlar yirikroq va uzoq muddatli mo‘ljallar hamda intilishlarga bo‘ysunishi kerak. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 336 б.)
TM da ma’muriy va jamoaviy nazorat turlari mavjud. Jamoaviy nazorat o‘zaro teng mavqeli xodimlar o‘rtasida yuz beradi. Maslahat, tajriba almashish jarayoni bilan aralishib ketadi. Natijasi ham yaxshi bo‘ladi. Shuningdek, rahbar va xodimlar bir-birini nazorat qilishi ham mumkin. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 343-344 б.)
Nazorat samarali bo‘lishi uchun quyidagi umumiy tamoyillarga javob berishi kerak:
1. Nazoratning strategik yo‘nalganlik tomoyili. Samarador nazorat TM umumiy maqsadlarini aks ettirishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak.
2. Ishga muvofiqlik tamoyili. Nazorat faoliyatining nazorat qilinayotgan turiga mos kelishi, nimaiki muhim sanalsa, ularni xolis o‘lchashi va baholashi zarur.
3. Normativ tamoyili. Obyektiv, aniq va qo‘llash uchun qulay me’yorlarning mavjudligi samarador nazoratning zaruriy shartidir. Shunda inson omilining ta’siri kamayadi.
4. Muammoli o‘rinlar bo‘yicha nazorat tamoyili. …diqqat faoliyatning rejalardan og‘ishi mavjudligini aniqlash mumkin bo‘lgan asosiy nuqtalariga jamlanadi.
5. Muhim og‘ishlar tamoyili. Muayyan keskinlikka ega yoki istisno qilinganlar sirasiga kiruvchi og‘ishlarga diqqat qaratilsa, nazorat samaradorligi oshishi mumkin.
6. Faoliyat tamoyili. Rejadan og‘ishlarga keyinchalik tuzatish kiritilsa, nazorat o‘zini o‘zi oqlaydi.
7. O‘z vaqtida nazorat tamoyili.
8. Nazoratning oddiyligi tamoyili. Eng oddiy metodlar kam kuch talab etadi va tejamliroq bo‘ladi.
9. Naroratning tejamlilik tamoyili. (ҚурбоновШ., Сейтхалилов Э. Таълим сифатини бошқариш. Т.: “Турон-Иқбол”: 2006. – 343-344 б.)
|
| |