RUS TILI FANIDAN 2-MUSTAQIL TA'LIM TOPSHIRIG'I (Yozma ish)
Ushbu topshiriq talabaga Rus tili fanidan olingan nazariy bilimlarni amaliy grammatikaga oid mashqlar, so‘z boyligini tekshirish uchun mashqlar, xat yozish, dialog tuzish kabi kichik vazifalar orqali egallangan bilimlarni kengaytirish hamda ularni amalda qo’llay olish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida tayyorlangan boʻlib, talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi.
Ushbu topshiriqni baholashda talabalarning Zoom darslarga kirganligi, darslarda faol ishtirok etganligi inobatga olinishi ko‘zda tutilgan.
Belgilangan muddatdan kech yuklangan topshiriq (universitet ECTS kredit modul tizimi hamda “Talabalarning bilimini baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq) baholanmaydi. Shuningdek, talaba tomonidan yuklangan ma’lumotga shaxsan o‘zi mas’ul hisoblanadi va noto‘g‘ri yuklangan ma’lumot noll ball bilan baholashga asos bo‘ladi.
Topshiriqda aks etishi lozim boʻlgan jihatlar:
diksiyanihg ravonligi;
bilimning mukammalligi;
grammatik qoidalardan habardorligi;
Workshopni rasmiylashtirish va yuklash bo‘yicha texnik talablar: O‘tilgan mavzular yuzasidan iborat topshiriq Microsoft Word fayli shaklida yuklanadi. Talabalar vazifani bajarib, faylni qayta yuklaydilar va ushbu faylda bajarilgan topshiriqlar o’qituvchi tomonidan baholanadi.
Talaba berilgan mavzu bo‘yicha keng qamrovli bilimlarga ega bo‘lishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog‘lay olishi lozim. Bu maqsadga erishishda talabadan o‘z ustida muntazam ishlashi, nazariy va amaliy bilimlarini doimiy ravishda egallab borishi hamda mazkur fanning o‘quv rejadagi berilgan soatiga muvofiq 80 foiz mustaqil ta’lim komponentiga e’tiborni qaratishi lozim.
TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TARTIBI
Guruh ro‘yxatiga ko‘ra variantlarda keltirilgan uchta grammatik topshiriqni bajaring:
savollarga javob bering; gaplarni to'ldiring; so'zlarni tugating. Belgilangan muddatdan kechiktirmay HEMIS platformasiga yuklang.
|