Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar




Download 0,81 Mb.
bet27/33
Sana13.05.2024
Hajmi0,81 Mb.
#228369
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)

Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar.
O‘quv jarayonining interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslanishi bir qarashda nihoyatda oddiy, sodda, hatto “bolalar oʻyini” kabi taassurot uygʻotadi. Biroq bunda oʻqituvchining ma’lum darajada quyidagi omillarga ega boʻlishi talab qilinadi:
Asosiy omillar
Ish tajribasi --- Metodik malaka
Tayanch pedagogik-psixologik bilimlar --- Tashkilotchilik qobiliyati
Didaktik vositalar (axborot, tarqatma materiallar, dars jihozlari)ga ega boʻlish --- Talaba va talabalar guruhi oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning ishonch va hurmatga asoslanishi
Talaba va talabalar guruhining oʻzaro hamkorlikka erisha olishi --- Ta’lim jarayonida demokratik gʻoyalarning ustuvor oʻrin tutishi
Axborotlarni taqdim etishda xilma-xil metod, vositalarning samarali, oʻrinli, maqsadga muvofiq va oʻzaro moslikda qoʻllashga erishish.
Shu bilan birga interfaol ta’lim texnologiyalarini qoʻllash samaradorligi quyidagi ikkilamchi omillarga ham bogʻliq bo‘ladi.
Ikkilamchi omillar:
O‘quvchilarning darsga psixologik tayyorliklari--o‘quvchilarning oʻzlashtirish darajasi
O‘quvchilarning muayyan darajada hayotiy tajribalarga egaliklari--- O‘quvchilarning tengdoshlari va oʻqituvchi bilan hamkorlik qilishga moyilliklari
O‘quvchilarning oʻqituvchi tomonidan qoʻyiladigan talablarga boʻysunish xohishiga egaliklari --- O‘quvchilarning darsga nisbatan mas’uliyatli yondashishlari, burchni anglay olishlari.
Odatda interfaol ta’limga asoslangan ta’limiy harakatlar quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
- individual;
- juftlik;
- guruh;
- jamoa bilan ishlash
Interfaol ta’limni qoʻllash jarayonida talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega boʻladi:
- guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
- tengdoshlari orasida o‘z g’oyalarini erkin bayon qilish,
- bilimlarini hech qanday ruhiy to‘siqlarsiz namoyish etish;
- muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;
- guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish;
- o‘z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to‘liq namoyon qila olish;
- fikrlash, fikrlarni umumlashtirish, eng muhimlarini saralash;
- o‘z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash;
- o‘z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish;
- turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish

Download 0,81 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar

Download 0,81 Mb.