O‘zbekiston Respubliasida ta’lim tizimini modernizatsiyalash va uning ustuvor yoʻnalishlari




Download 0,81 Mb.
bet2/33
Sana13.05.2024
Hajmi0,81 Mb.
#228369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)

O‘zbekiston Respubliasida ta’lim tizimini modernizatsiyalash va uning ustuvor yoʻnalishlari.
Ta’lim tizimining modernizatsiyasi – jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy ehtiyojlarini, uning malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’lim olish boʻlgan talabini qondirish, ta’lim tizimini barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida mavjud mexanizmning qayta ishlab chiqilishi yoki takomillashtirilishi.
Mazkur modernizatsiya shaxsni oʻqitish va tarbiyalashga oid eng yaxshi an’analarni saqlab qolgan va boyitgan holda majmuaviy xarakter kasb etib, ta’lim tizimining barcha sohalarini toʻla qamrab oladi va jamiyatda qaror topgan malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi ehtiyojni qondirishga xizmat qiladi.
Ta’lim tizimining modernizatsiyalashda quyidagi ustuvor vazifalar hal qilinadi:
- har bir shaxsning toʻlaqonli ta’lim olishida boshqalar bilan teng huquqliligi va ta’lim olishning ochiqligini ta’minlash;
- uzluksiz ta’lim tizimida yangi sifat koʻrsatkichlariga erishish;
- yangi ta’lim resurslarini jalb qilish va ulardan samarali foydalanish asosida uzluksiz ta’lim tizimida samarali me’yoriy-huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni shakllantirish;
- davlat va jamiyatning qoʻllab-quvvatlashi negizida ta’lim tizimi xodimlarining ijtimoiy maqomi va kasbiy kompetentligini rivojlantirish;
- ta’lim tizimining davlat va jamoatchilik boshqaruviga asoslanganlik tamoyiliga muvofiq ta’lim jarayoni ishtirokchilari – talabalar, pedagoglar, ota-onalar va ta’lim muassasalarining rolini oshirish.
Barcha davlatlarda boʻlgani kabi O‘zbekiston sharoitida ham ta’lim tizimini modernizatsiyalashda davlat, jamiyat, mahalliy va ijtimoiy tashkilotlar, yuqori hamda quyi boshqaruv organlarining oʻrni va roli, ular oʻrtasidagi oʻzaro birlik, hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Zamonaviy sharoitda ta’lim tizimini modernizatsiyalashning ustuvor yoʻnalishlari quyidagilar sanaladi:
- elektron axborot-ta’lim resurslarini yaratish;
- oʻqitishning mavjud va yangi texnologik shakllarini oʻzaro muvofiqlashtirish;
- oʻquv hamda mutaxassislik fanlari asoslarining talabalar tomonidan mustaqillik oʻzlashtirilishi uchun qulay pedagogik va texnologik shart-sharoitlarni vujudga keltirish.
Yangi O‘zbekistonda ta’lim bilan bog‘liq muammolarga eng yuqori darajada e’tibor qaratilayotgani ham ularning nechog‘li muhimligidan dalolat beradi. Prezidentimiz har bir yig‘ilishda, viloyatlarga safarlari va ziyolilar bilan uchrashuvlarda hamisha bolalar bog‘chalari, maktablar, texnikumlar va oliy ta’lim muassasalarining ahvoli masalasini ko‘tarishi bejiz emas. Negaki, sohadagi holat yaxshi emasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Endi esa uni tubdan, to‘liq va prinsipial jihatdan isloh qilishga kirishildi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inida asosiy kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, amaliy sa’y-harakatlar belgilab olindi. Ularning hammasi intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy va innovatsion taraqqiyotga erishish uchun mustahkam poydevor yaratishni maqsad qilgan. Ushbu hujjatlarni bosqichma-bosqich ijro etish davlat va jamiyatni o‘zgartirishga xizmat qilyapti, xalqimizning ishonchini mustahkamlab, xalqaro hamjamiyatning e’tirofiga ham sazovor bo‘lyapti.



Download 0,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respubliasida ta’lim tizimini modernizatsiyalash va uning ustuvor yoʻnalishlari

Download 0,81 Mb.