Matn va mazmunga oid birliklarni baholash va tanqidiy tahlil qilish




Download 0,81 Mb.
bet33/33
Sana13.05.2024
Hajmi0,81 Mb.
#228369
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)

Matn va mazmunga oid birliklarni baholash va tanqidiy tahlil qilish.
Matn mazmuni o‘quvchining shax siy fikridan kelib chiqib, xolislik bilan baholanishi va tan qid qilinishi mumkin. Bu jarayon o‘quvchidan xolis baho be rish, rad etish, ma’qullash, matn maz muniga nisbatan betaraflikni bildirish kabilarni talab qiladi. Masalan, o‘quvchi matn da keltirilgan fikrlarni tasdiqlashi, e’tiroz bildirishi yoki boshqa manbalardan olingan ma’lumotlar bilan matnda beril gan g‘oyalarni taqqoslashi mumkin.
PIRLS tadqiqotida ishla tiladigan matnlarning xususiyatlari. Matnlar PIRLS dasturida murakkabligiga qa rab, o‘rtacha 500 dan 800 tagacha, o‘quvchilarining o‘qish sa vod xonligi darajasi past bo‘l gan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan, 1000 ta so‘zdan iborat bo‘ladi. PIRLS matnlari uchun aniqlik va izchillik muhim me zon hisoblanadi.
Matnni baholash va tanqidiy tahlil qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Matnda berilgan ma’lumotning aniq va to‘liqligini baholash;
– Tasvirlangan voqeani haqiqatan sodir etilishi ehtimolini baholash;
– Insonlarning o‘ylari va bajaradigan ishlarini o‘zgartirishda muallifning
fikrlari qanchalik aniqligini baholash;
– Matn sarlavhasi asosiy mazmunni qanchalik yoritib berishini baholash;
– Metafora yoki nutq ohangi kabi til xususiyatlari ta’sirini tasvirlash;
– Muallifning asosiy mavzuga oid qarashlarini aniqlash.
PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan.

  • murakkabligiga qarab, o‘rtacha 500 dan 800 tagacha so‘zdan iborat;

  • o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi darajasi past bo‘lgan mamlakatlar uchun 400–500 ta so‘zdan iborat;

  • ePIRLSda esa, taxminan, 1000 ta so‘zdan iborat;

  • aniqlik va izchillik muhim mezon hisoblanadi.

Mavzu: Badiiy matnlar asosiy mavzuga ega bo‘lib, u berilgan matndan tashqari o‘quv chi tomonidan umumlashtiriladi. Axborot matnlari o‘quv materiallardan olinmagan mav zuni yoritib berishi kerak.
Til: 40 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi, shuning uchun tarjima qulay bo‘lishi
muhimdir. Metafora yoki epitet kabi aniq ifodali tasvirlash so‘zlari tanlanadi. Hech qanday so‘zla shuvga oid so‘z yoki jargon ishlatilmaydi hamda ortiqcha texnik ifodalar olib tashlanadi.
Mazmuni: matnning mazmuni 9–10 yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishi, ayrim madaniyatlarga juda xos bo‘lgan mavzulardan chetlanishi, shuningdek, matn shu yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli va zavqli bo‘lishi hamda o‘quvchi uchun unchalik tanish bo‘lmasligi lozim.
Bog‘liqlik va ketma-ketlik: sujetning mantiqiy tuzilishiga rioya qilish muhimdir. Axborot matnda matnning tuzilishi va ma’lumotning mantiqiy ketma-ketligini sarlavhalar, jadvallar, grafiklar kabi vizual elementlar bilan bog‘liqligini kuzatish shartdir.
Download 0,81 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matn va mazmunga oid birliklarni baholash va tanqidiy tahlil qilish

Download 0,81 Mb.