|
Boshlangʻich ta’limda oʻqitishning zamonaviy metodikasi
|
bet | 6/33 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #228369 |
Bog'liq 4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)Boshlangʻich ta’limda oʻqitishning zamonaviy metodikasi.
Zamonaviy taʼlim bugungi kun oʻquvchilariga quyidagilarni oʻrgatishi kerak:
Kompleks vazifalarni hal qilish.
Bilimlar, mantiq, tahlil, mushohadaga tayangan holda tanqidiy fikrlash, fikr-mulohazalarni shakllantirib, qaror qabul qilish.
Ijodiy fikrlash.
Insonlar bilan hamkorlik qilish.
Jamoada ishlash.
Oʻzining va boshqalarning emotsiyalarini (his-tuygʻularini) toʻgʻri baholash, ularni boshqarish, emotsional intellektga ega boʻlish.
Diqqatni bir vazifadan boshqasiga tez qarata olish, moslashuvchan boʻlish.
Pedagog kadrlar hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash natijalari bo‘yicha aniqlangan bo‘shliqlardan, shuningdek, ota-onalar, ekspertlar va boshqa shaxslarning takliflaridan kelib chiqib, Milliy o‘quv dasturini doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda.
Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda o‘quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarini joriy qilish, shu jumladan davlat ta’lim standartlari doirasida o‘quv dasturlariga o‘zgartirish kiritish hamda darsliklarni tanlashga (ona tili, adabiyot, tarix, tarbiya va huquq fanlaridan tashqari) ruxsat etilgan.
Shuningdek, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari negizida Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari hamda A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti negizida A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tashkil qilindi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlarni kompetensiyalarga asoslangan va kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalar bo‘yicha o‘qitish amaliyoti joriy qilindi. Ta’lim jarayonini Milliy o‘quv dasturi asosida tashkil etishga qaratilgan metodikalarni ishlab chiqish va ushbu metodikalarning umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlari, pedagogika yo‘nalishidagi professional va oliy ta’lim muassasalari hamda Pedagogika markazlarida joriy qilinishiga katta e’tibor berilmoqda. Aytish joizki, oʻtgan o‘quv yilidan boshlab pedagogika yoʻnalishi kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan darslarning 4 kuni oliy ta’lim muassasasida, 2 kuni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilmoqda.
2022- 2026-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha Milliy dastur olti boʻlimdan iborat:
I. Ilg‘or xorijiy tajriba asosida ta’lim sifatini oshirish
II. Jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, ular uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag‘batlantirish
III. Iqtidorli yoshlar bilan ishlash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish
IV. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tizimini takomillashtirish va inklyuziv ta’lim jarayonlarini kengaytirish
V. Ta’lim tizimini raqamlashtirish
VI. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning infratuzilmasini yaxshilash.
|
| |