Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari




Download 0,81 Mb.
bet4/33
Sana13.05.2024
Hajmi0,81 Mb.
#228369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)

Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari.
Texnologiya (yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” – tushuncha, ta’limot) – muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va b.) jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi.
Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational technology”) – ta’lim (oʻqitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi.
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yoʻlida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish
Ta’lim metodi – oʻquv jarayonining majmuaviy vazifalarini echishga yoʻnaltirilgan oʻqituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati usuli boʻlsa, ta’lim metodikasi esa muayyan oʻquv predmetini oʻqitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimi.
Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng koʻlamni qamrab olmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda talabaga yetkazib berishni yoʻlga qoʻyish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.
O‘qituvchining samarali faoliyat koʻrsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli oʻlaroq, ta’lim texnologiyasi talabalar faoliyatiga nisbatan yoʻnaltirilgan boʻlib, u talabalarning shaxsiy hamda oʻqituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, oʻquv materiallarini mustaqil oʻzlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi. Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi – ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
Pedagogik texnologiya nazariyasi oʻtgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan boʻlsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini koʻzlagan oʻqitish va boshqalarni oʻzlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va aniqlashning izchil metodi (YUNESKO).
O‘z mohiyatiga koʻra pedagogik texnologiya vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jihatdan asoslangan hamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimni ifodalaydi. Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish gʻoyasi oʻtgan asrning boshlarida G’arbiy Yevropa va AQShda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora oʻrtaga tashlandi. Mazkur gʻoya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi “oʻquv mashgʻulotlarini aniq va samarali tashkil etishga koʻmaklashuvchi usul va vositalar yigʻindisi” tarzida talqin etildi hamda oʻquv jarayoniga oʻquv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini koʻrsatmali qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi omillardir deya baholandi.

Download 0,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari

Download 0,81 Mb.