|
Taʼlimni tashkil qilish shakllari
|
bet | 8/33 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #228369 |
Bog'liq 4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)Taʼlimni tashkil qilish shakllari
Oʻquvchilar soniga qarab taʼlimning jamoaviy, guruhli shakllari, kichik guruhlarda ishlash, juftliklarda ishlash va individual (yakka tartibda) ishlash kabi shakllari boʻladi.
Jamoaviy taʼlim shaklida vazifalarni bajarish va muhokama qilishda butun sinf ishtirok etadi. Bunda “Koʻtarilgan qoʻl qoidasi”ni qoʻllash va unga rioya qilish, shuningdek, “Gapirayotganni hurmat qilish” tamoyillariga rioya qilish muhimdir. Bu shakl munozara va bahslar, ochiq muhokamalarga toʻgʻri keladi.
Guruhli taʼlim shaklida sinflar 5–6 kishilik guruhlarga, jamoalarga boʻlinadi. Bu shakl sinfda va sinfdan tashqari ishlashda, loyiha, tadqiqot va ijodiy faoliyatlarga mos keladi.
Kichik guruhli shaklda oʻquvchilar 3–4 kishilik uncha katta boʻlmagan guruhlarga boʻlinadi. Bunday shakl ham sinfda va sinfdan tashqari ishlarda, loyiha, tadqiqot va ijodiy faoliyatlarda qoʻl keladi. Shuningdek, bu shaklni masala va vazifalarni muhokama qilish, jamoaviy esse va dokladlar yozishda ham qoʻllash mumkin.
Juftliklarda ishlash shaklida oʻquvchilar ikki kishi boʻlib ishlaydi. Bunda oʻquvchilarni “yelkadosh sherik” hamda “yuzma-yuz sherik” tamoyili boʻyicha boʻlib chiqish mumkin.
Individual shaklda esa oʻquvchi vazifalarni mustaqil ravishda, boshqalarning ishtirokisiz, oʻzi bajaradi.
Hozirda umumiy ta’limning asosiy boʻgʻinlaridan boʻlgan boshlangʻich ta’limda ham ta’lim-trabiya sifat va samaradorligini oshirishga juda katta e’tibor berilmoqda. “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta ta’lim toʻgʻrisida“gi Nizomda ta’kidlanganidek: “Boshlangʻich ta’lim oʻqish, yozish, sanash, oʻquv faoliyatining asosiy malaka va koʻnikmalari, ijodiy fikrlash, oʻzini-oʻzi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sogʻlom turmush tarzi asoslarining egallab olinishi ta’minlashga da’vat etilgan”. Shu asosga koʻra, boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarning umummadaniy va axloqiy koʻnikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim.
Boshlangʻich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va oʻz-oʻzini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sogʻlom boʻlishga moddiy borliq goʻzalliklarini his eta olishgab, goʻzallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni oʻzida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga oʻrgatadi.
|
| |