Ta’lim innovatsiyasining asosiy turlari




Download 0,81 Mb.
bet11/33
Sana13.05.2024
Hajmi0,81 Mb.
#228369
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)

Ta’lim innovatsiyasining asosiy turlari.
Innovatsiyaning koʻrinishlari.
Innovatsion ta’lim (ingl. “innovation” – yangilik kiritish, ixtiro) – ta’lim oluvchida yangi gʻoya, me’yor, qoidalarni yaratish, oʻzga shaxslar tomonidan yaratilgan ilgʻor gʻoyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim. Innovatsion ta’lim jarayonida qoʻllaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.
Ta’lim innovatsiyalari – ta’lim sohasi yoki oʻquv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qoʻllanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Ta’lim innovatsiyalari “innovatsion ta’lim” deb ham nomlanadi. “Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979-yilda “Rim klubi”da qoʻllanilgan.
Ta’lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ularning asosiy turlari:
I.Faoliyat yoʻnalishiga koʻra:
1. Pedagogik jarayonda qoʻllaniladigan innovatsiyalar.
2. Ta’lim tizimini boshqarishda qoʻllaniladigan innovatsiyalar
II. Kiritilgan oʻzgarishlarning tavsifiga koʻra:
1.Radikal innovatsiyalar
2.Modifikatsiyalangan innovatsiyalar
3. Kombinatsiyalangan innovatsiyalar
III. O‘zgarishlarning koʻlamiga koʻra:
1.Tarmoq (lokal) innovatsiyalari
2. Modul innovatsiyalari
3. Tizim innovatsiyalari
IV. Kelib chiqish manbayiga koʻra:
1. Jamoa tomonidan bevosita yaratilgan innovatsiyalar
2. O‘zlashtirilgan innovatsiyalar.
Innovatsiyalar turli koʻrinishga ega. Quyidagilar innovatsiyalarning asosiy koʻrinishlari sanaladi:
- yangi gʻoyalar;
- tizim yoki faoliyat yoʻnalishini oʻzgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar;
- noan’anaviy yondashuvlar;
- odatiy boʻlmagan tashabbuslar;
- ilgʻor ish uslublari.
Ta’lim tizimida yoki oʻquv faoliyatida innovatsiyalarni qoʻllashda sarflangan mablagʻ va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi koʻzlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan oʻzgaruvchan mexanizmga ega boʻlishi zarur. Barcha sohalarda boʻlgani kabi ta’limda ham “novatsiya”, “innovatsiya” hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat toʻgʻrisidasoʻz yuritiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega boʻlib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni oʻzgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma’lum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan oʻzgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. Ilmiy adabiyotlarda “novatsiya” (yangilanish, yangilik) hamda “innovatsiya” (yangilik kiritish) tushunchalarining bir-biridan farqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Ammo bunda jarayon elementlari yaxlit yoki alohida olingan elementlaran iborat boʻlib, oʻzgarib turuvchi sharoit va vaziyatda ta’lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etish gʻoyalarini oʻzida aks ettiradi.

Download 0,81 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim innovatsiyasining asosiy turlari

Download 0,81 Mb.