|
Novatsiya va innovatsiyalar oʻrtasidagi asosiy farqlar
|
bet | 12/33 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #228369 |
Bog'liq 4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)Novatsiya va innovatsiyalar oʻrtasidagi asosiy farqlar:
Asosiy farqlar
|
Novatsiya
|
Innovatsiya
|
1) amaldagi nazariya doirasida qoʻllaniladi;
2) koʻlam va vaqt boʻyicha chegaralanadi;
3) metodlar yangilanadi;
4) natija avvalgi tizimni takomillashtiradi.
|
1) tizimli, yaxlit va davomli boʻladi;
2) ma’lum amaliyotda yangi faoliyat tizimini
loyihalaydi;
3) subyektlarning faoliyati toʻla yangilanadi;
4) yangi texnologiyalar yaratiladi;
5) faoliyatda yangi sifat natijalariga erishiladi;
6) amaliyotning oʻzi ham yangilanadi.
|
I.P.Podlasiyning fikriga koʻra, ta’lim innovatsionlari quyidagi oʻzgarishlarga olib keladi:
- pedagogik tizimning tamomila oʻzgarishi;
- oʻquv jarayonining oʻzgarishi;
- pedagogik nazariyaning oʻzgarishi;
- oʻqituvchi faoliyatining oʻzgarishi;
- talaba (talaba) faoliyatining yangilanishi;
- pedagogik texnologiyaning oʻzgarishi;
- ta’lim mazmunining yangilanishi;
- oʻqitish shakl, metod va vositalarining oʻzgarishi;
- ta’lim tizimi boshqaruvning oʻzgarishi;
- ta’lim maqsadi va natijalarning oʻzgarishi
Mohiyatiga koʻra innovatsiyalar munosabat yoki jarayonga yangilik kiritishning dinamik tizimi sanaladi. O‘z-oʻzidan tizim sifatida yangilik kiritirish munosabat yoki jarayonning, birinchidan, ichki mantigʻini, ikkinchidan, kiritilayotgan yangilikning muayyan vaqt oraligʻida izchil rivojlanishi va atrof-muhitga koʻrsatadigan oʻzaro ta’sirini ifodalaydi.
Har qanday innovatsiyada “yangi”, “yangilik” tushunchalari muhim ahamiyatga ega. Turli munosabat va jarayonlarga kiritilayotgan yangilik mazmunan xususiy, subyektiv, mahalliy va shartli gʻoyalar tarzida namoyon boʻladi. Xususiy yangilik munosabat, obyekt yoki jarayonga tegishli elementlardan birini oʻzgartirish, yangilashni nazarida tutadi. Sub’ektiv yangilik ma’lum obyektning oʻzini yangilash zaruriyatni ifodalaydi.
Mahalliy yangilik alohida olingan obyekt uchun kiritilayotgan yangilikning amaliy ahamiyatini tavsiflash uchun xizmat qiladi. Shartli yangilik esa munosabat, obyekt yoki jarayonda murakkab, progressiv yangilanishning sodir etilishini ta’minlovchi ma’lum elementlarning yigʻindisini yoritishga xizmat qiladi. R.N.Yusufbekova innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan koʻrib chiqishga e’tiborni qaratadi. Xususan, pedagogik innovatsiyalar muallif tomonidan ta’lim va tarbiya jarayonida avval ma’lum boʻlmagan, qayd qilinmagan holat yoki natijaga olib boruvchi pedagogik hodisaning oʻzgarib turishi mumkin boʻlgan mazmuni ekanligi ta’kidlanadi.
Ta’lim muassasalarida innovatsion jarayonlarni tashkil etishda oʻziga xos yondashuvlar kuzatiladi. Mohiyatiga koʻra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi takomillashtirilgan mahsulotni yaratishdan iborat. Axborot - yuksak rivojlangan texnologiyalar asri deb yuritilayotgan XXI asrga kelib, taʼlim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga eʼtibor yanada kuchaytirildi. Oʼzbekistonda ham soʼnggi yillarda innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan boʼlib taʼlim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani taʼlim jarayonida qanday oʼz aksini topganligini quyidagilarda koʼrishimiz mumkin.
|
| |