|
Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitishda innovatsion ta’limdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari
|
bet | 20/33 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #228369 |
Bog'liq 4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitishda innovatsion ta’limdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari.
Ona tili va o‘qish savodxonligini o‘qitishda innovatsion metod va vositalardan foydalanish.
Jahon ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitish metodikasini integrativ yondashuv asosida takomillashtirishning kognitiv mexanizmlari ta’lim tizimiga tatbiq yetilgan. Yevrora Ittifoqi Hay’atining 2000- yilda qabul qilgan “Umr bo‘yi ta’lim olish masalalari bo‘yicha Memorandum”da barcha ta’lim oluvchilar uchun teng imkoniyatlarning yaratilishi, umr bo‘yi ta’lim olish (lifelong learning) istiqbollari asosida Yevrora Ittifoqining umumiy o‘rta ta’lim beruvchi maktablar miqyosida xalqaro almashinuvni (o‘quvchilar almashinuvini) tashkil yetuvchi “Eurora” maxsus dasturlarini ta’lim jarayoniga tatbiq yetish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida, boshlang‘ich ta’lim davrida PIRLS xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha tadqiqot metodlari asosida o‘quvchilar nutqini o‘stirishning me’yoriy asoslari yaratildi, boshlang‘ich ta’limning moddiy-texnik bazasi takomillashtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son “2022-2026- yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” farmoni hayotga tatbiq yetilmoqda.
Milliy o‘quv dasturi (MO‘D) da Ona tili va o‘qish savodxonligi fanini o‘qitishdagi asosiy ye’tibor o‘quvchida tilga doir to‘rt ko‘nikma: o‘qib tushuntirish, tinglab tushuntirish, nutq so‘zlash va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga qaratiladi.
Respublika ta’lim markazi xodimlari tomonidan “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklari (1-2-3-sinflar uchun) hamda metodik qo‘llanmalar tayyorlandi.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishdagi islohotlar boshlang‘ich ta’limdan boshlab o‘quvchilarning fanlar asoslari bo‘yicha bilim o‘zlashtirishga ehtiyojini, asosiu milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarini, mehnat ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatini shakllantirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib, boshlang‘ich ta’lim samaradorligini ta’minlashda unga innovatsion yondashuvlarni takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida “o‘qitish usullarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, kichik yoshdan o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish” kabi muhim vazifalar belgilangan.
Ona tili ta’limi boshlang‘ich ta’limda asosiy fanlar sirasiga kirib, o‘quvchi tafakkuri, aqliy salohiyatini rivojlantiruvchi manbalardan biridir. O‘quvchi o‘z ona tilini puxta o‘rganib olsagina, uning zehni, aqli, ongi va umumiy madaniy darajasi ortadi. O‘z tilining keng imkoniyatlaridan og‘zaki va yozma nutqda bemalol foydalana oladigan shaxsgina xalq yaratgan madaniy-tarixiy boyliklardan xabardor bo‘ladi hamda boshqa fanlar asosini chuqur o‘zlashtirishga dadil kirisha oladi.
Og‘zaki hamda yozma nutqdan foydalanish malakasiga ega bo‘lgan o‘quvchi kelgusida ishlab chiqarishda va ijtimoiy hayotda faol ijodiy faoliyat ko‘rsata oladi. Mustaqil turmushda uning ona tilidan bilganlari, to‘g‘ri yozish va o‘qish malakalari, mazmunli va chiroyli so‘zlash san’ati, ijodiy fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og‘zaki, yozma shakllarda to‘g‘ri, ravon ifodalash ko‘nikmalari, ish qog‘ozlari bilan muomala qila olish malakasi qo‘l keladi. Shuning uchun ham uzluksiz ta’limda ona tili fanini o‘qitishda nazariyani amaliyotga bog‘lash masalasi bugungi zamonaviy ta’lim jarauonining zaruriy muammolaridan sanaladi.
|
| |