Pedagoglarda innovatsion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari




Download 0,81 Mb.
bet15/33
Sana13.05.2024
Hajmi0,81 Mb.
#228369
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
Bog'liq
4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)

Pedagoglarda innovatsion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari.
Pedagogik innovatsiyalar tegishli sohada ijobiy oʻzgarishlarni sodir etish, sifat jihatdan yuqori natijalarga erishish maqsadida qoʻllaniladi. Pedagoglarda innovatsion yondashuvni qaror toptirish murakkab jarayon boʻlib, quyidagi bosqichlarda qaror topadi:
1-bosqichda tayyor metodik tavsifnoma (mavjud innovatsiya, masalan xorij tajribasida qoʻllanilgan ammo biz uchun yangi)lardan foydalanish amalga oshiriladi.
2-bosqichda mavjud tizimga pedagog oʻzining yangi gʻoyalarni, metodini kiritadi. Pedagoglarning innovatsion yondashuvini qaror toptirishning 3- bosqichida oʻsha ikkinchi bosqichda yaratgan gʻoya, innovatsion metodini oʻzi faoliyat yuritayotgan muassasada amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlarini tizimlashtiradi.
4-bosqichda esa pedagog oʻqitish va tarbiyalashga oid oʻz konsepsiyasi( gʻoyalari yigʻindisi) yoki metodikasini yaratadi.
Mana shu bosqichlarda pedagog innovatsion yondashuvlarini amalga oshirsa va pedagogik texnologiyalarda yangilik kiritib, ulardan foydalanib dars oʻtsa ta'lim sifati albatta oshadi.
Odatda pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiq etilishi ikki xil kechadi. Ular quyidagilardir:
1. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni innovatsion jarayonda pedagogik yangiliklarga boʻlgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, ularni amaliyotga tatbiq etishda mavjud shart-sharoitlar, usul va yoʻllariga ongli munosabat bildirilmaydi.
2. Pedagogik innovatsiyalarning amaliyotga tatbiqi stixiyali kechadi, ya’ni pedagogik yangiliklar innovatsion jarayonda ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsuli sifatida amaliyotga joriy etiladi
Ta’lim tizimidagi islohotlar hamda qadriyatlarning o‘zgarishi pedagogik jarayonlarga innovatsion yondashuv va texnologiyalarni faol joriy etishni taqozo etmoqda. Respublikamizda oliy ta’lim tizimi rivojlanishining hozirgi bosqichi ta’lim mazmuni va metodikasiga, uning samaradorligini oshirishga sifat jihatdan yangi talablar qo‘ymoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” muhim ustuvor vazifa sifatida belgilangan edi va “Yangi taraqqiyot strategiyasi” da ham davom etyapti.
Pedagogik kadrlarni innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlashda ularning ilmiy-metodik tayyorgarligini shakllantirish jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish mazkur jarayonning samaradorligini oshishiga xizmat qiladi. O‘qitish tizimini takomillashtirishning asosiy sharti ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning bilim darajasi, ilmiy dunyo qarashining shakllanganligi hamda kasbiga xos ko‘nikma va malakalarni tarkib topganligi bilan ham belgilanadi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bosqichida ta’lim insonning umumiy madaniyati va kasbiy tayyorgarligi darajasiga emas, balki uning shaxsiy kamolotga erishishiga ham bog‘liq bo‘lgan muhim sohadir. O‘quvchi shaxsini o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishda ma’lum qoliplarni, stereotiplarni rad etish bilan bog‘liq bo‘lgan innovatsion pedagogik faoliyat mavjud standartlar doirasidan tashqariga chiqadi, o‘qituvchi faoliyatining shaxsiy-ijodiy, individual yo‘nalishini, ushbu faoliyatni amalga oshiruvchi yangi pedagogik texnologiyalar uchun yangi me’yorlarni yuzaga keltiradi. Unda o‘qituvchi o‘zini ijtimoiy innovatsiyalar tashuvchisi sifatida chuqurroq namoyon etadi. Innovatsion faoliyatni ta’minlash bir qator muammolarni o‘rganishni, shu jumladan innovatsion faoliyatni kengaytirish zaruriyatini belgilab beruvchi ijtimoiy-madaniy va ma’naviy omillarni va uni amalga oshirishga qodir o‘qituvchi shaxsining yangi ijtimoiy turini tadqiq etishni o‘z ichiga oladi.



Download 0,81 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagoglarda innovatsion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari

Download 0,81 Mb.