|
Innovatsion pedagogik faoliyat va uning belgilari
|
bet | 14/33 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #228369 |
Bog'liq 4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)Innovatsion pedagogik faoliyat va uning belgilari.
Mamlakatimizning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda ta'lim tizimining oʻrni beqiyosdir. Dunyoda ta'lim tizimida roʻy berayotgan ta'limning internatsionallashuvi, talabalarning xalqaro mobilligi, ta'lim dasturining tez oʻzgaruvchanligi kabi global tendensiyalar qatoriga ta'lim sifatini ta'minlash masalasi alohida ahamiyat kasb etib bormoqda. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar hamda boʻlajak mutaxassislarning ma'naviy-axloqiy, intellektual va kasbiy salohiyatiga nisbatan qoʻyilayotgan yuqori talablar ta'lim muassasalari oldiga xalqaro talablarga javob bera oladigan sifatli kadrlar tayyorlash vazifasini qoʻymoqda. Bu vazifalarni bajarish yoʻlida esa ta'limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish talab etiladi. Ammo ta'lim tizimida zamonaviy tendensiyalarni, ayniqsa, rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ta'lim tizimida foydalanayotgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni isloh qilishning zamonaviy tajribalari nisbatan sekin oʻzlashtirilmoqda. Pedagogik texnologiya - bu oʻquv jarayonini zamonaviy tashkil etish tizimi boʻlib, u ta'limning zaruriy sifatini ta'minlaydi va jadallashgan ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga javob beradigan, ta'lim shakllarini takomillashtirish vazifasini koʻzlagan oʻqitish jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etishning izchil metodidir. Ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish davr talabi boʻlib hisoblanadi.
Innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida ishlashda oʻqituvchida innovatsion faoliyat haqida tushuncha boʻlishi kerak. Mohiyatiga koʻra innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi takomillashtirilgan mahsulotni yaratishdan iborat. Zamonaviy ta’limga xos muhim jihatlardan biri – pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish sanaladi. Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy oʻrganila boshlagan. Xususan, X.Barnet, J.Basset, D.Gamilton, N.Gross, R.Karlson, M. Maylz, A.Xeyvlok, D.Chen, R.Edem, F.N. Gonobolin, S.M. Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slastenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion gʻoyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror bilish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmunini yoritilgan.
Innovatsion faoliyat yangi ijtimoiy talablarning an’anaviy me’yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan gʻoyalarning mavjud gʻoyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi. Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma'lum maqsadga yoʻnaltirish asosida bilim, koʻnikma, malakani egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan toʻldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi.
Pedagogning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi:
- yangilikni qoʻllashga tayyorgarligi;
- pedagogik yangiliklarni qabul qilishi;
- novatorlik darajasi;
- kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi;
- ijodkorligi
Pedagogik innovatsion faoliyati quyidagi belgilar asosida namoyon boʻladi:
- ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;
- pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;
- mualliflik kontseptsiyalarini yaratish qobiliyati;
|
| |