Ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuv




Download 0,81 Mb.
bet5/33
Sana13.05.2024
Hajmi0,81 Mb.
#228369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)

Ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuv.
Bugungi kundagi taʼlim faqatgina kurs va ma’ruzalar toʻplamidangina iborat emas. Endilikda u mustaqil taʼlim, elektron texnologiyalar va dars oʻtishning ilgʻor metodikalari konsepsiyasini oʻz ichiga oladi. Hozirgi kunda oʻquvchilar axborot olish va uni samarali oʻzlashtirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishni oʻrganib olishdi.
Zamonaviy taʼlim dunyodagi tinimsiz oʻzgarishlarga koʻnikkan, turli muammo va toʻsiqlarga tayyor turadigan professionallarning yangi avlodini shakllantirmoqda. Bunday taʼlim oʻquvchilarni nafaqat amaliy koʻnikmalar bilan, balki oʻquvchilarga bugungi kunda zarur boʻlgan zamonaviy kompetensiyalarni rivojlantirishga yordam beradigan oʻquv texnikalari bilan taʼminlaydi. Bugun dunyoda “ijtimoiy koʻnikmalar”ga (soft skills) ega boʻlgan mutaxassislarga ehtiyoj ortib, ayni paytda “kasbiy koʻnikmalar” (hard skills) oʻzining birinchi darajali ahamiyatini yoʻqotib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M.Mirziyoyev mustaqillik bayramidagi chiqishida ilm-fan, innovatsiya, IT va aqliy mehnatga asoslangan boshqa sohalarni jadal rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini qayd etib o‘tdi. “Agar 3 ming yillik tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ota-bobolarimiz asrlar mobaynida dunyo tamadduniga nafaqat jismoniy, balki intellektual mehnati bilan ulkan hissa qo‘shganiga guvoh bo‘lamiz.
Biz jahonga faqat xomashyo emas, avvalo ilm-ma’rifat, ma’naviy boylik yetkazib bergan ne-ne ulug‘ zotlarning avlodimiz. Hech shubhasiz, ularga xos bo‘lgan buyuk fazilatlar, ular yaratgan shonli an’analar bugun ham bizning qalbimizda, ongimizda, hayotimizda yashamoqda.
Men ishonaman, biz bu tarixiy yo‘lni munosib davom ettirishga har tomonlama qodirmiz. Bugungi kunda dunyo xaritasida tutgan o‘rnimiz, o‘z oldimizga qo‘yayotgan juda ulkan maqsad va marralarimiz ham aynan shuni taqozo etmoqda”- deb ta’kidladi u.
Rivojlantirish dasturining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
- maktab ta’limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturini to‘laqonli joriy etish hamda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan zamonaviy darsliklarni amaliyotga kiritish;
- jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib rag‘batlantirish;
- o‘qituvchilarning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini, doimiy kasbiy rivojlanishdagi talabchanligini oshirish;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ilg‘or maktab direktori va namunali o‘qituvchi mezonlarini ishlab chiqish hamda ular asosida rahbar va pedagog kadrlar faoliyatini baholab borish;
- umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, mazkur yo‘nalishda uzluksiz monitoring, baholash va prognozlash mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, bola ta’lim-tarbiyasida oila, ayniqsa, ota-onaning o‘rnini oshirish;
- o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasblarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv ta’lim jarayonlarini jadallashtirish;
-umumiy o‘rta ta’limda barcha ma’lumot almashinuvi jarayonlarini maktabgacha va maktab ta’limi tizimini boshqarishning yagona dasturiy majmuasi orqali amalga oshirilishini hamda ushbu sohada elektron davlat xizmatlari ko‘lamini kengaytirish;
-umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining navbatlilik koeffitsiyentini optimal darajaga yetkazish, zamonaviy modellar bo‘yicha maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash hamda zarur jihozlar bilan ta’minlash.



Download 0,81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Download 0,81 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim tizimiga zamonaviy yondashuv

Download 0,81 Mb.