|
Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va mezonlari
|
bet | 3/33 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,81 Mb. | | #228369 |
Bog'liq 4-k Ona tili va o`qish sav.Majmua 2023 (2)Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va mezonlari.
Ta’lim sohasida olib borilayotgan ulkan islohotlar natijasida joriy o‘quv yilida foydalanish uchun yaratilgan darsliklar mazmuniga yangiliklar kiritildi. YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi texnik ko‘magida xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, mahalliy amaliyotchi o‘qituvchilar va xorijiy ekspertlar ishtirokida Milliy o‘quv dasturi yaratildi. Unda fanlararo integratsiya kuchaytirilib, fan va mavzularni o‘qitishda mantiqiy fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga asoslangan spiralsimon o‘qitish metodikasi – mavzularni soddadan murakkabga qarab o‘qitish, o‘quvchilarda borliqni yaxlit tasavvur va tadqiq qilish orqali o‘rganishni ta’minlovchi integratsion yondashuv joriy qilinmoqda. Amalda esa chiziqli o‘qitish, yod olish metodikasi qo‘llaniladi. Olingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 1-, 2-sinflar uchun 140 nomdagi darslik bilan birga, fanning metodik ta’minoti uchun 20 nomdagi o‘qituvchi kitobi, 140 nomdagi o‘quvchi mashq daftari, 140 nomdagi multimedia ilovasi va raqamli kontent joriy qilindi. O‘quv dasturlarida nazariy soatlar qisqartirilib, amaliy soatlar hajmi 20 foizdan 50 foizga oshirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning individual istaklari va qobiliyatlarini inobatga olish imkoniyatini beruvchi variativ o‘quv rejalar asosida o‘qitish tizimini joriy qilish imkoniyati ham kengaytirilmoqda.
Har bir fan bo‘yicha o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar sinflar kesimida belgilandi va o‘quvchi erishishi talab etiladigan har bir ko‘nikma kodlashtirildi. Amalda esa olingan bilimlarni baholash umumiy belgilangan, har bir sinf yakunidagi talablar mavjud emas. Shu bilan birga, bolaning yosh va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, fanlar va mavzular maqbullashtirilib, maktabgacha va oliy ta’lim tizimlari bilan uzviylik ta’minlandi.
O‘quvchi yoshi va xalqaro tajribalar, psixologik va sanitariya normalaridan kelib chiqib haftalik normativlar sinflar kesimida qayta ko‘rib chiqilib, bosqichma-bosqich o‘quv yuklama soatlari qisqartirildi. Yangi Milliy o‘quv dasturida barcha sinflar kesimidagi haftalik yuklama 314 soat etib belgilandi. Vaholanki, 2019- yilda u 339 soat bo‘lgan.
“Bog‘cha-maktab-oliy ta’lim” uzviyligini ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’limning “Ilk qadam” dasturi bilan 75 ta mavzu moslashtirildi. O‘z navbatida 94 ta mavzu oliy ta’lim dasturlariga o‘tkazildi.
Xalqaro ta’lim sifati tadqiqotlarida yuqori natija ko‘rsatgan mamlakatlarning tajribalaridan kelib chiqib, xalqaro ekspertlar tavsiyasiga asosan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yozish, o‘qish, fikr bildirish ko‘nikmalarni sifatli shakllantirish maqsadida “Ona tili va o‘qish savodxonligi” fani kiritildi.
Matematika fanini sodda va qiziqarli tilda tushuntirish maqsadida fanning dasturi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi. Tabiatdagi jarayonlarni sodda va qiziqarli tushuntirish va o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida yangi “Tabiiy fan” (Sience) dasturi yetakchi xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqildi.
O‘quvchilarni vatanparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillari asosida mediasavodxon va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan, maqsadga intiluvchan qilib tarbiyalash maqsadida “Tarbiya” fani joriy qilindi.
Shuningdek, o‘quvchilarda moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish maqsadida Milliy o‘quv dasturi doirasida “Tadbirkorlik va moliyaviy savodxonlik” fani ham joriy etiladi.
Milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish orqali maktab ta’limini yangi bosqichga ko‘tarish o‘qituvchilar malakasini oshirish orqali amalga oshiriladi, chunki ta’lim sifati o‘qituvchining bilimi, darajasidan baland bo‘la olmaydi.
Mazkur jarayon bosqichma-bosqich 2021-2025-yillarda va metodik ta’minot, ya’ni darslik, o‘qituvchi kitobi bilan ta’minlash, pedagoglarning malakasini oshirish orqali amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng koʻlamni qamrab olmoqda.
|
| |