• KOMPYUTER=APPARATURA+DASTURLAR formulasi o’rinli bo’ladi.
  • Shaxsiy kompyuter tuzilish strukturasini yaratish




    Download 213.81 Kb.
    bet10/24
    Sana05.06.2022
    Hajmi213.81 Kb.
    #22971
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
    Shaxsiy kompyuter tuzilish strukturasini yaratish
    Kompyuter (ingl. computer – hisoblagich) – elektron shaklga ega turli ma’lumotlarni qabul qilish, yig’ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, hisoblash kabi imkoniyatlarga ega bo’lgan qurilma.
    Kompyuterlarning turlari:

      • Mini kompyuterlar (MiniComputer)

      • Portativ kompyuterlar (Notebook)

      • Shaxsiy kompyuterlar (Personal Computer)

      • Server kompyuterlar (Servers)

      • Super kompyuterlar (Super Computer)

    Shaxsiy kompyuterlar odatda ikkita qismga ajratib ko’rsatiladi. Birinchisi - apparat qismi u Hardware deb, va ikkinchisi - dasturiy ta’minot qismi, u Software deb nomlanadi, ya’ni

    KOMPYUTER=APPARATURA+DASTURLAR formulasi o’rinli bo’ladi.



    Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalariga quyidagilar kiradi:
    sistemali blok;
    • monitor;
    • klaviatura;
    • sichqoncha;
    • va dinamikalardan iborat.
    Sistemali blok quydagi asosiy qismlardan tashkil topgan:
    - Korpus,
    - Ona plata (Motherboard);
    - Markaziy protsessor (mikroprotsessor);
    - Operativ (tezkor) xotira;
    - Qattiq disk (vinchester);
    - CD-ROM qurilmasi
    - diskovod;
    - Elektr ta’minoti bloki;
    - Sovutgichlar (kullerlar);
    - Video va ovoz kartalari.
    Ona plata, sistemali plata (ruschada materinskaya plata, inglizchada Motherboard yoki mainboard) - kompyuterning yoki EHMsi sistemaining asosiy, ko‘p qatlamli murrakab platasi bo‘lib, kompyuter qismlarini uning ustiga qurish uchun xizmat qiladigan qurilma. Har bir murrakab elektron qurimlmalarning (televizor, telefon va boshqa) asosiy platalari ham shunday ataladi.
    Ma’lumotlarni qayta ishlash bilan bog‘liq biror masalani yangi axborot texnologiyasi doirasida samarali bajarish uchun qo‘llaniladigan kompyuterning imkoniyatlarini bilish lozim. Ushbu imkoniyat xaqidagi bilimlar kompyuterning konfiguratsiyasi tushunchasini tashkil etadi.
    Ona plata ustiga protsessor, mikrosxemalar, chipsetlar uchun slotlar (raz’yomlar), opretiv xotira uchun (OX) mahsus ajratilgan slotlar, kontrollerlar uchun shinalar, interfeyslar va boshqa tashqi qurilmalar uchun kirish-chiqish portlaridan va sovutish sistemai qurilmalari o‘rnatiladi.

    Ona platalarni ishlab chiquvchi etakchi firmalar:


    • GIGABYTE Technology Co., Ltd. - 1986 yildan beri sistemali platalar, videokartalar, noutbuk, mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi Tayvanning kompaniyasi. Bo‘limlari Xitoy halq respublikasida jovylashgan.
    • Asus - sistemali platalar, kompyuter, noutbuk, mobil telefonlar, internetplanshetlar, optik qurilmalar va monitorlar ishlab chiqaruvchi Tayvanning kompaniyasi. Bo‘limlari Xitoy halq respublikasida joylashgan.
    • va boshqa kompaniyalar mavjud.
    Protsessor (markaziy protsessor, mikroprotsessor deb ham aytiladi). Kompyuterning eng muxim qismini protsessor, (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma — bu protsessor yoki mikroprotsessor deb ataladi.
    Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojat qilish, dasturdagi ko‘rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar 12 protsessor zimmasida bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradigan qurilma.


    Download 213.81 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




    Download 213.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxsiy kompyuter tuzilish strukturasini yaratish

    Download 213.81 Kb.