Ob’ektga mo`ljallangan yondashish




Download 79 Kb.
bet5/5
Sana09.03.2023
Hajmi79 Kb.
#44729
1   2   3   4   5
Bog'liq
operatsion tizim arxitekturasi va qur
O\'rnatilgan tizimlar yakuniy, TSTNK FAN (2), 7-Amaliy mashg\'ulot, 11972, 4169, 4294833295
Ob’ektga mo`ljallangan yondashish.
Mikroyadro texnologiyasi, muntazam ravishda rivojlanadigan modulli tizimlarga asos bo`lgan bo`lsa ham, u to`liq ravishda tizimni kengaytirish imkonini tahminlay olmadi.
Hozirgi vaqtda, bu maqsadga eng to`g`ri keladigan ob’ektga mo`ljallangan yondashish, bu holda dasturni har bir kom`onentasi funktsiya jihatdan bir-biridan (boshqalaridan) ajratilgandir.
Bu yondashishning asosiy tushunchasi “ob’ekt”dir. Ob’ekt-dastur va ma’lumotlarning birligi bo`lib, u boshqa ob’ektlar bilan axborot uzatish va qabul qilish orqali bog`lanadi. Ob’ekt aniq buyum, amaliy dastur yoki xujjatni yoki bahzi abstraktsiyalar-jarayon, hodislarni aks ettirishi mumkin.
Ob’ekt dasturlari funktsiyalari shu ob’ekt ma’lumotlari ustida bajariladigan amallar ro`yxatini belgilaydi. Ob’ekt-mijoz, ob’ekt-server funktsiyasini bajarilishini so`rab boshqa ob’ektga habar yuborishi mumkin.
Ob’ektlar mohiyatni tavsiflash mumkin. Umumiy ob’ektlardan aniqroq ob’ektlarni keltirib chiqaruvchi, meros berish mexanizmi xossalari mavjuddir.
Ob’ekt ma’lumotlari ichki tuzilishi kuzatishdan yashirindir. Ob’ekt ma’lumotlarini ixtiyoriy tarzda o`zgartirib bo`lmaydi. Ob’ektdan ma’lumot olish yoki ma’lumotlarni ob’ektga joyolashtirish uchun, mos ob’ekt funktsiyalarini chaqirish kerak bo`ladi. Bu hol ob’ektni, undan foydalanadigan koddan ajratadi. Dasturchi boshqa ob’ekt funktsiyalariga murojaat qilishi, yoki boshqa ob’ekt ular tuzilishini bilmay turib xossalarini meros qilish yo`li bilan yangi ob’ekt qurishi mumkin. Bu xossa inka`sulyatsiya deyiladi.
Shunday qilib, ob’ekt tashqi dunyo uchun, yaxshi ishlab chiqilgan interfeysli “qora quti” ko`rinishida namoyon bo`ladi. Bu xususiyat, ularda mavjud ilovalarni ob’ekt ko`rinishida, ularda xech narsalarni o`zgartirmasdan, joylashtirishga imkon beradi.
Ob’ektga mo`ljallangan yondashishdan foydalanish ayniqsa tizimli dasturchilar uchun qulaydir, chunki tizimli darajadagi ob’ektlardan foydalanib, tizimni yaxlitligini buzmasdan turib, ularni o`zlariga moslashtirib OT ga chuqur kirib borishi mumkin.
Ammo bu yondashish taqsimlangan hisoblash muhitlarini amalga oshirishda kelajakda muhim natija beradi.
Ob’ektga mo`ljallangan yondashish o`ziga yarasha muammolarga ega, ammo shunga qaramasdan, bu yondashish dasturiy tahmnotni konstruktsiyalashda eng muhim ahamiyatga ega yo`nalishdir.


Download 79 Kb.
1   2   3   4   5




Download 79 Kb.