|
Operatsion tizim tushunchasi (Windows, Linux, MacOS, Android va hokazo …)
|
bet | 2/8 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 3,21 Mb. | | #244584 |
Bog'liq KT3Operatsion tizim turlari
❖ MS-DOS ОТ;
❖ Windows ОТ;
❖ Mac ОТ;
❖ Linux ОТ;
❖ UNIX ОТ;
❖ Solaris ОТ;
❖ IOS ОТ;
❖ Android ОТ;
❖ FreeBSD ОТ;
❖ Red Hat ОТ;
❖ Sun Cobalt ОТ va boshqalar.
MS-DOS operatsion tizimi
MS-DOS operatsion (amaliy) tizimi - Maykrosoft korporatsiyasi tomonidan taklif qilingan operatsion tizim. MSDOS ning birinchi rusumi 1981 yilda paydo boʼlgan. Аvvalambor, Maykrosoft kompaniyasi tomonidan IBM kompyuterlari uchun ishlab chiqarilgan MS-DOS, IBM - uygʼun kompьyuterlar uchun standart operatsion tizimdir. MS-DOS 16 razriyadli operatsion tizimi boʼlib, u koʼpfoydalanuvchili va koʼpmasalali buyruqlarni qoʼllab-quvvatlay olmaydi. Operatsion tizimning muhim xususiyatlaridan biri mutaxassis boʼlmagan foydalanuvchilarga amaliy jarayonlarni bajarishning qulay shakllarini taqdim qilsa, mutaxassislarga dasturiy taʼminotni ishlash uchun yaxshi asos taqdim qiladi. MS-DOS kataloglar shajarasini tashkil etib, taraqqiy etgan buyruqlar tiliga ega. MS-DOS amaliy jarayonlar, fayllar va tashqi qurilmalar bilan samarali ishlay oladi.
WINDOWS operatsion tizimi
Windows operatsion (amaliy) tizimi - Maykrosoft korporatsiyasi tomonidan shaxsiy kompьyuterlar uchun taklif qilingan operatsion tizimlar oilasidir. Windows tizimi koʼpmasalali va koʼpoqimli boʼlib, qulay grafik interfeys bilan tavsiflanadi, virtual xotiraning boshqaruvini taqdim qiladi va koʼpgina tashqi qurilmalarni qoʼllab-quvvatlaydi. Windows operayion tizimini ishlatib, foydalanuvchi birdaniga bir necha amaliy jarayonlar bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega boʼladi. Hozirgi kunga kelib, Dunyoda 90% ga yaqin kompьyuterlar Windows operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.
UNIX operatsion tizimi
UNIX operatsion tizimi – Ilk bor UNIX operatsion tizimi Bell Laboratoriyasi tomonidan 1969 yili taklif qilingan. U asosiy tarmoqlarni boshqarish uchun moʼljallangan. Shu sababli koʼpincha tarmoq operatsion tizimi deb yuritiladi. Hozirgi kunda UNIX, C++ tilida yozilgan koʼpfoydalanuvchili va koʼpmasalali operatsion tizimdir. Tizimning bosh tarkibiy qismi boʼlib mikrooʼzak hisoblanadi. Uning ichiga tarmoqlararo uzatishni boshqarish bayonnomasini bajaruvchi modul joylashtirilgan. UNIX operatsion tizimi bir qancha ijobiy xislatlarga ega, ularga quydagilar kiradi: - amaliy dasturlarni bir turdagi kompyuterdan boshqa turdagisiga koʼchirib oʼtkaza olish; - maʼlumotlarni tarqoq ishlovini bajarish imkonini beradigan tarmoq xizmatlarining keng yigʼmasi; - bir vaqtning oʼzida turli xildagi fayl majmua-larining mavjud boʼlishi va boshqalar.
|
| |