• Dalee
  • Sozdat
  • Otlojit’ reshenie
  • Windows 7 operatsion tizimini o’rnatish(rasmlar asosida)




    Download 10.37 Mb.
    bet29/102
    Sana22.07.2021
    Hajmi10.37 Mb.
    #15514
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102
    2.Windows 7 operatsion tizimini o’rnatish(rasmlar asosida)

    Dastlab, operatsion tizim diskini kompyuterga qo‘yib, shu diskdan yuklanishni biosda ko‘rsatib o‘tamiz, ya’ni kompyuter yonganda dastlab shu disk ishlasin. Agar bunday qilish qo‘lingizdan kelmasa, diskni kompyuterga qo‘yib, uni yoqing, odatda avtomat disk o‘qiladi(ko‘p hollarda). Shunda ekranga quyidagi oyna chiqadi va diskdan yuklanish uchun istalgan biror tugmani bosish talab qilinadi.



    Biror tugmani bosib, kompyuterni disk orqali yuklanishiga zamin yaratamiz. Zamin yaratgandan so‘ng, quyidagi oynaga duch kelamiz.



    Rus tilini tanlaymiz, chunki o‘zbek tili yo‘q. Dalee



    Ustanovit



    Albatta, litsenziya shartlariga rozi bo‘lamiz, Dalee



    Yangilash yoki to‘liq o‘rnatishdan biri tanlish kerak bo‘ladi, biz «Polnaya ustanovka«bo‘limini tanlaymiz. Chunki o‘rnatilish to‘liq va boshidan amalga oshirilishi kerak.



    Kompyuterga ulangan disklarni qism(razdel)larga bo‘lamiz. Bizning holda bitta disk mavjud, bu diskni kamida ikkiga bo‘lish shart, asosiy qism(tizim fayllari joylashadi), ikkinchisi zaxira qism(yuklanturguvchi(windows loader, bootmgr) dasturi joylashadi).



    «Sozdat«yozuvi orqali diskni bo‘lamiz, zaxira qism o‘zi avtomat hosil bo‘ladi. 20000Mb asosiy qismga ajratdim, Windows 7 da zaxira qism 100mb ni tashkil qiladi. Qolgan joy(10.5Gb) bo‘sh qoldirildi. Mening diskim kichik bo‘lgani uchun, asosiy qismga kam joy berdim(20gb atrofida), siz bunday qilmang, kamida 40gb joy ajrating. Chunki operatsion tizim(Windows 7 Ultimate) taxminan 11 Gb joy oladi.

    Shundan so‘ng, fayllar ko‘chirilishi va ularni ochib, o‘rnatilish boshlanadi.



    O‘rnatilish tugaganidan so‘ng, kompyuter qayta yuklanadi va sozlash ishlari boshlanadi, dastlab kompyuter foydalanuvchisi nomi va kompyuter nomi kiritilish so‘raladi.



    Shundan so‘ng, foydalanuvchi nomiga parol, parolni qaytadan kiritish, parolni yodga soladigan so‘z yoki gap kiritilish talab qilinadi. Dalee



    Mahsulotning kaliti va pastki qismida avtomat yangilanishni yoqish(avtomat yangilanish haqida) haqida xabar.



    Xavfsizlikni yoqish, odatda man bu parametrni o‘chirib qo‘yaman, xavfsizlik masalasini antivirus orqali hal qilaman va sizga ham shuni maslahat beraman.»Otlojit’ reshenie«.



    Vaqt, kun, soat o‘rnatiladi, Dalee



    Shu bosqichdan so‘ng, o‘rnatilish yakunlanadi, tizimni ishlatish mumkin.

     

     



    Download 10.37 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




    Download 10.37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Windows 7 operatsion tizimini o’rnatish(rasmlar asosida)

    Download 10.37 Mb.