• Katalogni o‘chirish(rd (remove directory) buyrug‘i)
  • :\>format A: Mabodo, diskga qandaydir ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa, u format
  • Track 0 bad — disk unusable
  • Operatsion tizimlar




    Download 10.37 Mb.
    bet50/102
    Sana22.07.2021
    Hajmi10.37 Mb.
    #15514
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
    C:\>del *.doc  C diskdagi barcha .doc kengaytmali fayllarni o‘chirish uchun;

    c:\>del nti.bas  buyrug‘i nti.bas faylini o‘chirish uchun xizmat qiladi.

    Katalog tashkil qilish(md(make directory) buyrug‘i). Yangi katalog tashkil qilish uchun md buyrug‘idan foydalaniladi.

    Masalan: C:\>work>md tiko—buyrug‘i bajarilishi natija­sida, work katalogi ichida tiko katalogi tashkil qilinadi.

    Katalogga kirish(cd(change directory) buyrug‘i). Katalogga kirish uchun cd buyrug‘i qo‘llaniladi. Masalan, quyidagi buyruq mos holda, c:\>cd tiko  tiko katalogiga kirish uchun xizmat qiladi.



    Katalogni o‘chirish(rd(remove directory) buyrug‘i). Katalogni o‘chirish uchun dastlab uning ichidagi fayllar o‘chiriladi. So‘ngra bo‘sh katalogni o‘chirish uchun rd buyrug‘i qo‘llaniladi. Masalan, C:\>work>rd tiko  buyrug‘i tiko nomli (faqat bo‘sh) katalogni o‘chiradi.

    Bir nechta fayllarni birlashtirish. copy buyrug‘idan bir nechta fayllarni birlashtirish va natijada, yangi bitta fayl tashkil qilish uchun ham foydalanish mumkin, u holda birlashtiruvchi fayllar orasiga “+” belgisi qo‘yiladi.



    Masalan, C:\>copy a1+a2+a3 a4  buyrug‘i a1, a2 va a3 fayllarni birlashtirib, yangi a4 faylini tashkil etadi.

    Diskni formatlash(format buyrug‘i). Disklarni birinchi martaba ishlatishdan oldin u bilan DOS tizimi uchun muloqotga imkoniyat yaratilishi lozim. Buning uchun diskni formatlash kerak bo‘ladi.

    Buyruq formati: format disk nomi: [ parametrlar]



    A diskni formatlash uchun quyidagi buyruq beriladi: C:\>format A:

    Mabodo, diskga qandaydir ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa, u format buyrug‘i berilishi bilan o‘chiriladi. Buyruq berilgandan keyin ekranda quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi.

    Insert new diskette to drive x: and strike enter when ready(disketni qo‘ying va [Enter] tugmachasini bosing).

    Agar disk yaroqsiz bo‘lsa, u holda Track 0 bad — disk unusable (0-yo‘l yaroqsiz, diskdan foydalanish mumkin emas) xabar paydo bo‘ladi.

    Disk formatlangandan keyin yana quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi: format another (Y/N)? {yana formatlash kerakmi (Y-ha, N-yo‘q)?}

    Foydalanuvchi esa, o‘z navbatida kerakli ma’lumotni berishi lozim.



    (Y/N)? {yana formatlash kerakmi (Y-ha, N-yo‘q)?} Foydalanuvchi esa, o‘z navbatida kerakli ma’lumotni berishi lozim.

    O‘chirilgan faylni tiklash(qu buyrug‘i). Bexosdan o‘chirilgan fayl yoki fayllarning eski nusxasini tiklashda qu buyrug‘i qo‘llaniladi. Masalan, c:\>qu nti.txt buyrug‘i nti.txt nomli faylni mazkur katalogda qayta tiklash uchun qo‘llaniladi.



    Download 10.37 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




    Download 10.37 Mb.