• Yangi fayl ochish.
  • :\> del *.*
  • *.doc  diskdagi kengaytmasi .doc bo‘lgan barcha fayllar; *.*




    Download 10.37 Mb.
    bet49/102
    Sana22.07.2021
    Hajmi10.37 Mb.
    #15514
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102
    *.doc  diskdagi kengaytmasi .doc bo‘lgan barcha fayllar;

    *.*  diskdagi barcha fayllar;

    p*.e*diskdagi nomi p harfi, kengaytmasi e harfi bilan bosh- lanadigan barcha fayllar;

    ?.doc  diskdagi nomi bitta simvoldan iborat kengaytmasi .doc bo‘lgan barcha fayllar;

    Katalog tushunchasi, uning nomi. Magnit disklarida fayl nomlari katalogda saqlanadi. Katalog fayl nomlari, uning hajmi, tashkil etilgan sanasi va boshqa xossalari haqida ma’lumotlarni saqlaydi. Kataloglar ham fayllar kabi nomlanadi, lekin uning kengaytmasi bo‘lmaydi. Diskda bir nechta katalog bo‘lishi mumkin. Katalog ichida boshqa kataloglar joylashishi mumkin. Bu holatda tashqi katalog - tub katalog, ichki katalog ost katalog deb ataladi. Foydalanuvchi ishlayotgan katalog joriy katalog sanaladi.

    Yangi fayl ochish. Yangi fayl ochish uchun copy con buyrug‘i ishlatiladi. Masalan, c diskda yangi fayl tashkil qilish uchun C:\>copy con > buyrug‘i kiritiladi va 2 marta [Enter] tugmachasi bosiladi. So‘ngra F6(yoki CtrlZ) tugmachasi bosiladi. Ekranda ^Z belgisi paydo bo‘ladi va yana [Enter] bosiladi.

    Fayl mazmunini ko‘rish(type buyrug‘i). Matnli fayl mazmunini ekranga chiqarish uchun type buyrug‘i qo‘llaniladi. Masalan:

    C:\>type nti.txt  buyrug‘i nti.txt fayl mazmunini ekranga chiqaradi. Ekranga chiqarishni to‘xtatish uchun [Ctrl[[S] tugmachalarini ketma-ket bosish lozim, shu tugmachalarni qayta bosish esa, ekranga chiqarishni tiklaydi. Ekranga chiqarishni tamomlash uchun [Ctrl][C] yoki [Ctrl][Break] tugmachalari bosiladi.

    Fayl yoki fayllar guruhini nusxalash(copy buyrug‘i). Fayl yoki fayllar guruhini bir diskdan boshqa diskka, yoki bir katalogdan boshqa katalogga nusxalash uchun copy buyrug‘i qo‘llaniladi.

    Masalan: A:\>copy *.* C:  buyrug‘i A diskdagi barcha fayllarni C diskka nusxalash uchun; C:\>copy papers A:  buyrug‘i papers katalogini C diskdan A diskka nusxalash uchun qo‘llaniladi.

    Faylni qayta nomlash(ren buyrug‘i). Faylni qayta nomlash uchun ren buyrug‘i qo‘llaniladi. Buyruq formati: ren 1-fayl nomi 2-fayl nomi. Bunday vaqtda dastlab faylning eski nomi, so‘ngra esa yangi nomi beriladi.



    Masalan, C:\>work>ren nti.txt nti5.txt buyrug‘i nti.txt fayliga nti5.txt yangi nomini beradi.Diskdagi fayllarni o‘chirish(del buyrug‘i). Fayl yoki fayllar guruhini o‘chirish uchun del buyrug‘i qo‘llaniladi.

    Buyruq formati: del fayl nomi.

    Masalan, C:\>del *.*  C diskdagi barcha fayllarni o‘chirish uchun;



    Download 10.37 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102




    Download 10.37 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    *.doc  diskdagi kengaytmasi .doc bo‘lgan barcha fayllar; *.*

    Download 10.37 Mb.