|
Oynaning asosiy qismlari
|
bet | 69/102 | Sana | 22.07.2021 | Hajmi | 10,37 Mb. | | #15514 |
Oynaning asosiy qismlari:
Sarlavxa satri -oynaning eng yuqoridagi qismi. Bu satrda dastur belgisi, fayl nomi va dastur nomi, oynaning uchta asosiy tugmalari joylashgan bo’ladi. SHu satrga sichqoncha bilan bosib turib, harakatlantirsak, u xolda oynani ekranda joyini o‘zgartirish mumkin.
Menyu satri - oynaning bu satri asosan sarlavxa satritagida joylashadi va shu satr yordamida dasturning hamma buyruqlari bilan ishlashimiz mumkin, chunki bu satrda hamma buyruqlar saralanib guruhlarga bo’lingan.
Yordamchi uskunalar tugmalar satri - oynaning uchinchi satri bo‘lib bu satrda yordamchi qurollar (asboblar) tugmalari joylashgan, ular yordamida dasturning har xil asosiy va ko’p ishlatiladigan buyruqlarni tezkor bajarishimiz mumkin.
Ishchi soha - oynaning asosiy qismi bo‘lib uning ichida dastur bajariladi va ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ma’lumotlar satri - oynaning eng pastki satri. Bu satrda har xil qo’shimcha ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
|
| |