|
ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCEBog'liq ARIMS1128ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
International scientific-online conference
123
bo'lgan vazifalarni yoki jarayonlarni uzoq kutish vaqtlariga olib kelishi mumkin.
U topshiriqlarning kelish vaqti va bajarilish vaqtida kam o'zgaruvchanlik mavjud
bo'lgan tizimlar uchun eng mos algoritm hisoblanadi.
Shortest-Job-First - SJF rejalashtirish algoritmi. SJF algoritmlari kutilgan
bajarilish vaqtiga qarab jarayonlarga ustuvorlik beradi, ya’ni Eng qisqa kutilgan
bajarish vaqtiga ega bo'lgan jarayon navbatning boshiga joylashadi, keyin esa
keyingi eng qisqa jarayon va hokazo. SJF algoritmlarining ikki turi mavjud:
preemptive bo'lmagan va preemptive. Preemptiv bo'lmagan SJF algoritmida,
jarayon boshlangandan so'ng, uning bajarilishini tugatmaguncha uni to'xtatib
bo'lmaydi. Preemptiv SJF algoritmida esa, agar kutilgan bajarish muddati
qisqaroq bo'lgan yangi jarayon kelsa, jarayonlar to'xtatilishi va yangi kelgan
jarayon bajarilishi mumkin. SJF algoritmlari o'rtacha kutish vaqtini qisqartiradi
va tizim ish faoliyatini yaxshilaydi. Biroq, ular jarayonning kutilgan bajarilish
vaqtlarini to'g'ri baholanishini talab qiladi va agar ular to'g'ri bajarilmasa, uzoq
davom etadigan jarayonlar uchun bajarilmay qolib ketish holatiga olib kelishi
mumkin.
Priority Scheduling - Ustuvor rejalashtirish algoritmlari. Ushbu algoritmlar
jarayonlarga nisbiy ahamiyatiga qarab ustuvorliklarni belgilash va ularni
ustuvorlik tartibida bajarish uchun mo'ljallangan. Prioritet qanchalik yuqori
bo'lsa, jarayon tezroq amalga oshiriladi. Ustuvor rejalashtirish algoritmlarining
Non-preemptive Priority Scheduling va Preemptive Priority Scheduling kabi
turlarga bo’linadi.
Non-preemptive Priority Scheduling: Ushbu algoritmda jarayonga protsessor
tayinlangandan so'ng, u o'z bajarilishini tugatmaguncha yoki biron sababga
ko'ra bloklanmaguncha undan foydalanishda davom etadi. Rejalashtiruvchi eng
yuqori ustuvor jarayonni tanlaydi va uni protsessor- ga tayinlaydi. Jarayon
yakunlagach navbatdagi yuqori ustivorlikka ega jarayon amalga oshiriladi.
Preemptive Priority Scheduling: Bu algoritmda, agar pastroq ustuvorlikka ega
jarayon ishlayotgan vaqtda yuqoriroq ustuvorlikdagi jarayon navbatga qo’shilsa,
u holda pastroq ustuvor jarayon to'xtatiladi va yuqori ustuvorlikdagi jarayon
amalga oshiriladi. Ustuvor rejalashtirish algoritmlari yuqori ustuvor vazifalar tez
va
samarali
bajarilishini
ta'minlash
orqali
tizim
ish
faoliyatini
optimallashtirishga yordam beradi.
Round Robin Scheduling - bu protsessorni rejalashtirish algoritmi bo'lib,
unda har bir jarayonga bajarish uchun vaqt belgilanadi. Vaqt bo'lagi odatda
kichik bo'lib, bir necha millisekunddan bir necha yuz millisekundgacha o'zgarib
turadi. Har bir jarayon belgilangan vaqt oralig'ida bajarish imkoniyatiga ega
|
| |