• Fodalangan web sayitlar
  • O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
  • Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati




    Download 41,44 Kb.
    bet7/15
    Sana13.01.2024
    Hajmi41,44 Kb.
    #136984
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    14 dilshpod

    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
    1. Landsberg G.S. Optika. –T.: «O’qituvchi» nashriyoti, 1981.
    2. Raxmatullaеv. M. Umumiy fizika kursi. -T.: 1995.
    3. Гуревича С.Б. Оптическая обработка информации. –М.: 2007.
    4. Ионов А.Д., Попов Б.В. Волновые линии связи. –М.: «Радио и связь», 2006.

    Fodalangan web sayitlar
    1. http://uz.infocom.uz/2005/09/26/optik-aloqa-tizimlari/
    2. http://uz.infocom.uz/2011/08/10/ozbekiston-telekommunikatsiya-tarmoqlarining-rivojlanish-holati-va-istiqbollari/
    3. https://kvakusha.ru/uz/v-kvartiru-zahodit-optovolokno-chto-dalshe-podklyuchat-podklyuchenie.html
    4. http://srcyrl.fibresplitter.com/info/wdm-technology-38353272.html
    http://fayllar.org

    Optik aloqa tarmoqlari. To’liq optik aloqa tarmoqlarni qurilish xuxusiyatlari Abonent optik tarmoqlar



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Mustaqil ish 2
    Mavzu: Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari sinxronizatsiyasi, turlari va xususiyatlari taxlili
    040-19-guruh talabasi
    Talipov Raxmatjon
    Mavzu: Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari sinxronizatsiyasi, turlari va xususiyatlari taxlili
    Reja:
    1. Kirish

    1. Optik aloqa tizimlari

    2. Optik aloqa tizimlari sinxronizatsiyasi


    3. Optik aloqa tarmoqlari. To’liq optik aloqa tarmoqlarni qurilish xuxusiyatlari


    4. Abonent optik tarmoqlar. Passiv optik aloqa tarmoq texnologiyalari va ularning xususiyatlari



    1. Xulosa.

    2. Foylanilgan adabiyotlar.


    Kirish

    XXI asr axborot texnologiyalari asri hisoblanib ko‘plab sohalarda misliko‘rilmagan yutuqlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot texnologiyalarini rivojida optik aloqa liniyalari dolzarb o‘ringa ega. Optik aloqa liniyalaridan foydalanayotgan foydalanuvchilar juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birgalikda optik aloqa liniyalarida aloqaning ishonchliligi, tarmoqning kengligi, shovqinbardoshligi va eng asosiysi yuqori tezlikda ma’lumotlarni xavfsiz almashish imkoniyatini ta’minlash zarur hisoblanadi. Ma’lumki, optik tolalar shisha yoki plastmassadan tayyorlanadi. Yorug‘lik tolaning o‘rtasi bo‘ylab bir uchidan ikkinchisiga uzatiladi va signal beriladi. Bitta optik tola bo‘ylab sekundiga bir necha terabit axborotlar oqimini uzatish imkoniyati mavjud. Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi, ma’lumot o‘tkazish oralig‘ining kengligi, tolali optik aloqaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun turuvchi eng muhim afzalliklaridan biridir [1]. Ma’lumki, nurtola tarkibida bir-biridan farq qiluvchi ikki sohadan iborat bo‘lib, o‘zak qismi (~8 mm) va atrofdagi qobig‘iga (~125 mkm) ega. O‘zak qobiq bilan taqqoslaganda yuqori sindirish ko‘rsatkichiga ega. Bu to‘la ichki qaytish tufayli nurning o‘zak orqali sochilishini ta’minlaydi. Telekommunikatsiya tarmoqlarida nurtolaning kichik tashqi diametri uni 1 sm radiusgacha egishgaimkon beradi, bu esa deyarli har qanday marshrut bo‘ylab tolali kabellarni yotqizishga imkon yaratadi [2]. Hozirgi kunda ko‘plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optiktolalar 1 kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‘lqin uzunligida 0,2-0,3 dB/kmso‘nishga ega. Shovqin sathini kichikligi ya’ni shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi optik tolaning o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Optik toladielektrik materiallar – kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimerlardan tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash xususiyatiga ega atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar) tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas. Optik tolaning yengilligi, hajmi va o‘lchamlarining kichikligi mis kabellarga qaraganda ustunligini bildiradi va ancha kichik. Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1 sm diametrli bittaoptik tola bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va bron po‘lat lenta bilan qoplangan bo‘lsa, bunday tola diametri 1,5 sm ga teng bo‘ladi, bu esa ko‘rilayotgan mis kabel diametridan bir necha marta kichik. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki oksidi SiO2 tashkil etadi. Tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun qimmat baho rangli metal sarflanmaydi [3]. Mis zahirasi dunyoda cheklangani optik tolaning va shunga o‘xshash kabellar yaratilishiga turtki bo‘lmoqda. Natijada mis kabellaridan ancha arzon bo‘lgan optik tolali kabellar yaratilmoqda. Bu esa optik aloqa liniyalarining rivojlanishiga olib keldi.





    Download 41,44 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 41,44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

    Download 41,44 Kb.