|
Informatsion texnologiyalar sohasidagi leksik birliklarning xususiyatlariBog'liq informatsion texnologiyalar sohasidagi leksik birliklarning xususiyatlari
“RAQAMLI TAʼLIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TAʼLIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO‘LLARI”
MAVZUS IDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
389
INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR SOHASIDAGI LEKSIK BIRLIKLARNING
XUSUSIYATLARI
Turdiyeva Nilufar Yokubovna
Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti, f.f.n.
nilufarturdiyeva0082@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.10036804
Annotatsiya.
Mazkur maqola zamonaviy dunyoda barcha tillarga jadal kirib kelayotgan
informatsion texnologiyalar sohasiga oid atamalar tadqiqiga bagʻishlangan boʻlib, bu sohaga oid
leksikaning tilda tutgan oʻrni, neologizmlarnng xosil boʻlish jarayoniga ta’siri batafsil
oʻrganilgan. Sohaga tegishli boʻlgan terminlarning tilga kirib kelish, oʻzlashish usullari taxlili
olib borilgan boʻlib, bu usullarga filologlarning, tilshunos va tarjimashunoslarning munosabati
keltirib oʻtilgan. Shu bilan bir qatorda atamalarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda ularning tilda oʻzlashish yoki tarjimasi jarayonidagi muammolarga yechim izlangan.
Maqola doirasida nafaqat informatsion texnologiyalar sohasiga oid atamalar balki sleng,
jargonizmlar hamda ekvivalentsiz leksika xususiyatlari va tarjimada berilishi masalasiga ham
toʻxtalib oʻtildi. Informatsion texnologiyalari sohasiga oid chop qilingan ilmiy maqolalar hamda
nashrlar taxlili olib borilib, olimlarning keltirgan fikrlariga tayangan holda sohaga oid boʻlgan
leksika xususiyatlari borasidagi muallif fikrlari asoslab berilgan. Maqolaning xulosa qismida
keltirilgan xulosalar asosida yosh tarjimonlarga tarjima jarayonida informatsion texnologiyalar
sohasidagi leksika tarjimasida vujudga keladigan muammolarni xal qilish yoʻllari tushuntirib
berilgan.
|
| |