Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana19.05.2024
Hajmi0,59 Mb.
#243666
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
informatsion texnologiyalar sohasidagi leksik birliklarning xususiyatlari

Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti.
Kompyuter tizimiga oid leksikada ifoda li 
vositalar katta qismini egallasa xam nutqda ularning nisbatan kamroq qismidan foydalaniladi. Shu 
o`rinda 1600dan ortiq leksik birlikni o`zida qamrab olgan on line tizimida faoliyat ko`rsatuvchi 
kompyuter slengi lug`atini misol tariqasida keltirish mumkin. Tabiiyki hatto katta ish tajribasiga 
ega bo`lgan kompyuter sohasi mutaxasisi ham bu qadar katta qamrovdagi jargonizmlar ni 
bilmasligi mumkin. 
Bu kabi dinamik rivojlanayotgan sohada yangi leksikaning paydo bo`lishi mantiqan to`g`ri, 
biroq kompyuter sohasidagi jargonlarning aksariyat qismi yangi yasalgan so`zlar emas, til tizimida 
mavjud bo`lgan birliklar tashkil etadi, ular o`zining avvalgi shaklida yoki biroz transformatsi ya ga 
uchragan shaklida qo`llaniladi. Affiksatsiya, so`z yasalishi va abbriviatsiya jarayonlarini tahlil 
qilgan holda shuni ta`kidlash lozimki kompyuter sohasiga oid jargonizmlarni yasashning keng 
tarqalgan yo`li bu so`z ma`nosining metaforik nuqtai nazardan o`zgarishi va so`z o`yinidir.
Bu kabi moyillik xam ingliz xam o`zbek tillarida uchraydiga holat. Zamonaviy o`zbek 
tiliga 
kompyuter 
sohasidagi 
jargonlar 
inglizzabon 
terminologiyaning 
transkripsiya 
va 
trasliteratsiya uslublari orqali kirib keladi. Kompyuter jargonidan tashqari semantik jihatdan 
yangilangan so`zlar ham tilga kirib kelmoqda. 
Bu jarayonni biz ikkilamchi nominatsiya deb ataymiz va u o`z navbatida funksiyala r ini 
keltirib chiqaradi. Misol tariqasida quyidagi iboralarni keltirish mumkin: baton – klaviatura, venik 
– vinchester, burga – pragrammadagi xatoliklar, ko`z – monitor, bochkacha – portativ kompyuter 
(notebook). Aksariyat hollarda yangi so`zlar so`z tovush shaklining o`zgartirilishi orqali yasaladi 
va og`zaki nutq ya`ni quyi darajadagi so`zlashuv leksikasi kabi qabul qilinadi.



Download 0,59 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish