|
“RAQAMLI TAʼLIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TAʼLIM-TARBIYABog'liq informatsion texnologiyalar sohasidagi leksik birliklarning xususiyatlari
“RAQAMLI TAʼLIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TAʼLIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO‘LLARI”
MAVZUS IDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
391
Filologlar, tilshunoslar va tarjimonlar ilmiy texnika sohasiga katta hajmdagi terminlar, turli
qisqartmalarning keng tarqalganligi, bir sintaktik qurilmalar o`rniga boshqalarining ishlatilishi, bir
turdagi grammatik konstruksiyalarning ikkinchi bir turdagi konstruksiyalar orqali tarjimada
berilishi va b. holatlari xosdir deb ta`kidlashadi.
L.I.Borisova o`zining “Перевод неологизмов с английского языка на русский в
научно-технических текстах” nomli qo`llanmasida alohida e`tiborni slengga qaratib, aksar qismi
lug`at tizimiga kiritilmagani bois, sohaga oid adabiyotlar tarjimasida sleng katta qiyinchilik lar
tug`dirishini ta`kidlaydi [2, 50b.].
Filologiya fanlari doktori V.D.Tabanakova o`zining “Пролегомены к денотативной
модели перевода компьютерных терминов” nomli maqolasida shunday fikrni bildirad i:
«informatsion texnologiyalar sohasiga oid matnlar tarjimasining qiyinligi aksar kompyuter
atamalari
ekvivalentsiz
leksikaga
oid bo`lib o`zbek tilida
doimiy
muqobili
mavjud
emasligidandir». [4, 75].
“Норма-ТМ” tarjimalar byurosi ishchisi, tarjimon L.L.Kutina o`zining “Языковые
процессы, возникающие при становлении терминологической системы” nomli maqolasida
tarjimaning asosiy muammosi unung to`g`ri qabul qilinishi va tushunilishidadir deb ta`kidlayd i.
«Bayon qilinishning qisqaligi va iboralar shakllarining aniqligi, matnning maxsus atamalar va
qisqartmalar bilan boyitilganligi tarjimonning tarjima olib borilayotgan sohada chuqur bilimga ega
ekanligini bildiradi» [3, 89].
Shunday qilib, ko`p ma`noli so`zlar ekvivalentsiz leksika, sinonimlar qatoridan mos leksik
birlikning tanlanishi, sleng, fon bilimlarning mavjud emasligi, matnning maxsus atamalar va
qisqartmalar bilan boyitilganligi, sohaga oid matnlar bilan ishlashda vujudga keladigan ayrim
muammolardir, xolos.
Atamalar – fan va texnikaning ma`lum bir sohasida aniq bir ma`noda ishlatiluvchi so`z va
so`z iboralaridir. Ular ishlab chiqarishning ma`lum bir sohasiga oid aniq tushuncha, jarayon,
predmet nomini ifodalashi shart.
Ikkinchi tomondan O.S.Axmanova o`zining “Лингвистические проблемы перевода”
nomli maqolasida shuni ta`kidlaydiki kompyuter terminologiyasining o`ziga xos jihati bu uning
etaforaga boyligiga, obrazligidadir. Kompyuter texnologiyasi sohasi uning yaratuvchilari va undan
foydalanuvchilari nazdida xotiraga o`zining tiliga ega va ba`zi hollarda virus bilan kasallanis hi
mumkin bo`lgan aqlli mavjudotdir [1, 97]..
Yana shunday bir holni ko`zdan qochirmaslik kerakki kompyuter texnologiyasi sohasi
tilining aksar qismi jargonizmlardan iborat bo`lib ular o`zlashtirish (kalka va yarim kalka) orqali
nafaqat mutaxassislar til doirasiga, balki xo`jalik sohalariga ham kirib keladi, chunki kompyuter
nafaqat mutaxassislar tomonidan, qolaversa barcha kasb va yoshdagi insonlar tomonida n
ishlatiladi, va bu xususiyatni biz e`tibordan qochirmasligimiz kerak».
|
| |