2019 yilda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/s.ni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/s tezlikda Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi.
2020 yilning 1 yanvaridan operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarif o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34 foizga arzonlashtirilib, 1 Mbit/s uchun 56,0 ming so‘mni tashkil etdi.
Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 mln.dan ortdi, shundan mobil Internet foydalanuvchilari soni 19 mln.ni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha 237 ta ob’ektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/s.ga yetkazildi.
Shuningdek, “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 10,0 ming km. optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming km. ga yetkazildi.
Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2 017 ta mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi va respublika aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 96 foizga va mobil Internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi.
Internet tarmog‘iga keng polosali simli ulanishni kengaytirishni amalga oshirish doirasida operatorlar va provayderlar tomonidan 786 mingta port montaj qilindi va umumiy keng polosali tarmoqqa ulanish portlari soni 1,9 mln.ga yaqin yetkazildi.
Servis, turizm, savdo va umumiy ovqatlanish ob’ektlarining jozibadorligini oshirish maqsadida barcha diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlar, temir yo‘l vokzallari, aeroport, turistik ob’ektlar hamda Toshkent metropolitenining barcha ob’ektlarida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, telekommunikatsiya operator va provayderlari tomonidan 685 dan ortiq Wi-Fi tarmog‘i orqali Internetga ulanish nuqtalari ishga tushirildi.
Optik attenyatorlar
Ayrim hollarda, o'zgarmas sathli yoki raqamli yoxud analog signal ko‘rinishda mujassamlashgan nurlanish quwatini birmuncha susaytirish zarurati tug‘iladi. Chunonchi, katta sathh raqamli optik signal qabul qiluvchi optoelektron modulning asosiy eiementi boMgan fotoqabulqilgichning to‘yinish rejimiga o‘tishiga olib kelishi mumkin. Analog ko‘rinishli optik signallarni uzatish chog'ida quwat sathining haddan tashqari ortib ketishi fotoqabulqilgich chiqishidagi elektr signali shaklining nochiziqli buzilishlari va tasvirning yomonlashuviga sabab bo‘ladi [1]. Ana shunday hollarda optik nurlanish yoki optik signal quwatini susaytiruvchi passiv elementlar — attenyuatorlardan foydalaniladi. Attenyuatorlar ko‘pincha lazer uzatkichdan keyin joylashtiriladi. Attenyuatorlar lazer diodining chiqish quwatini, undan keyingi EDFA kuchaytirgichlari kabi qurilmalar taiab etadigan sath bilan moslashtiradi. YorugMik intensivligi fotodiodning dinamik diapazoni doirasidan chiqadigan darajada katta boMgan qisqa optik tolali seksiyalarda attenyuator o'rnatish mumkin. Ular intensivlikni fotoqabulqilgichning dinamik diapazoniga mos keladigan sathgacha kamaytiradi. Ishlash prinsipiga ko‘ra attenyuatorlar so'nish qiymati bo‘yicha o'zgaruvchan va so‘nish qiymati qayd etilgan (o'zgarmas boMgan) turlarga boMinadi. 0 ‘zgaruvchan attenyuatorlar so‘nish qiymatini 0 — 20 dB oraliqgacha o‘zgartirish imkonini beradi. 0 ‘zgarmas attenyuatorlarda so‘nish qiymati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanadi. Bu qiymat 0, 5, 10, 15 yoki 20 dB ni tashkil etishi mumkin [1]. Attenyuatorlar tomonidan kiritiladigan so‘nish qiymati ±15 foizdan, optik aks etish sathi esa —40 dB dan ortmasligi kerak. Attenyuatorlarning ishchi toMqin uzunliklari diapazoni eng ko‘pi bilan 1360 nm dan 1580 nm gachani va eng kami bilan 1200 nm dan 1480 nm gachani tashkil etishi kerak. Ularning odatiy ishchi to‘lqin uzunligi 1310 — 1580 nm oraliqda yotadi. Attenyuatorlarda QMDga bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlar 0,3 dB dan yuqori bo‘lmasligi kerak.
Optik filtrlar
Optik filtr uzatilayotgan umumiy nurlanish spektridan muayyan to'lqin uzunlikli nurlanishni ajratish uchun ishlatiladigan optik element bo‘lib, spektr bo‘yicha zichlashtirilgan tolali optik aloqa tizimlarida undan optik tola bo'ylab tarqalayotgan turli to'lqin uzunlikli optik signallar majmuini to'lqin uzunligi bo‘yicha alohida kanallarga ajratish maqsadida foydalaniladi. Yarimo‘tkazgichli fotoqabulqilgichlarning v>A Wm.es/h chastotali nurlanish ta’sirida spektral tanlash xususiyatiga ega emasligini e'tiborga olsak, qo‘shni optik kanallarni bartaraf etib, faqat muayyan to‘lqin uzunlikli kanalni uzatish imkonini beruvchi optik filtrlarning muhim ahamiyatga ega ekanligi ma'lum bo‘ladi. 0 ‘zlarining shu xususiyatlariga ko‘ra optik filtrlar nafaqat alohida element sifatida, shuningdek, spektr bo'yicha zichlashtirilgan aloqa tizimlarida turli to‘lqin uzunlikli alohida signallarni guruhiy optik signalga birlashtiruvchi multpleksorlar va bu guruhiy signalni alohida signallarga ajratuvchi demultipleksorlarning asosiy tarkibiy elementi sifatida ham ishlatiladi. Hozirgi vaqtda optik filtlarning bir necha turidan foydalaniladi. Quyida ularning, ba'zilari haqida qisqacha to ‘xtalib o'tamiz
Optik izolatorlar
Optik signal tola bo‘ylab tarqalish chog‘ida uning nobirjinsliklaridan, ayniqsa, tolaning ulangan joylaridan aks etishi mumkin. Bunday aks etishlar natijasida nurlanish quwatining muayyan qismi teskari yo‘nalishda qaytadi. Yorug‘lik manbayi sifatida lazer diodidan foydalanilgan holda aks etgan nurlanish uning rezonatoriga tushib, majburiy nurlanishlar — foydali signalga qo‘shimcha tarzda zararli signallar, ya'ni shovqin ham hosil qiladi. Ko‘p sonli ajraluvchi va ajralmas ulagichlar va boshqa xil optik qurilmalar — tarmoqlagich, spektr bo'yicha zichlashtirish qurilmalari, optik kuchaytirgichlardan tarkib topgan keng polosali tarmoqlarda bunday teskari aloqaxatarli tus olib, nurlanish manbayi shovqin sathining ortishiga olib keladi.
Optik sirkulatorlar
Faradey hodisasidan yana bir turdagi tolali optik qurilmalar — optik sirkulatorlarni tayyorlashda ham foydalaniladi. Optik sirkulatorlar bitta kirish va bitta chiqishga ega bo'lgan ikki portli optik izolatorlardan farqli ravishda 3 yoki 4 portli qurilma bo‘lib, ular bitta kirish va ikkita chiqish yoki ikkita kirish va ikkita chiqishga ega bo‘lishi mumkin. Optik tola bo'ylab tarqalayotgan nurlanishning bu portlar orasidagi taqsimoti uning tarqalish yo'nalishi bilan aniqlanadi.
Ajraladigan va ajralmaydigan optik ulagichlar
Optik tolalarni funksional qurilmalar bilan o‘zaro ishonchii ulash tolali optik aloqa liniyalarini tashkil etishning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Optik ulagich optik aloqa liniya traktining turli komponentalarini ulash uchun mo'ljallangan qurilma bo‘lib, undan uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarni optik kabel tolalari bilan, shuningdek, kabelning qurilish uzunliklarini bir-biri ulash uchun foydalaniladi. Optik ulagichlarning ikki — ajralmaydigan va ajraladigan turlari mavjud. Ajralmaydigan optik ulagichlar kabel tizimlarini doimiy montaj qilish joylarida qo'llaniladi va bu turdagi ulash optik tolalarni o‘Zaro payvandlash usuli bilan amalga oshiriladi. Ajraladigan optik ulagichlar (ularni ko'pincha konnektor deb ham ataladi) optik aloqa liniyalari komponentalarini ko‘p martalab ulash/ajratish uchun ishlatiladi. Amaliyotda ajraladigan optik ulagichlar optik kabelning ikki uchini uzatuvchi va qabul qiluvchi optoelektron modullarning asosiy elem entlari — yorug‘lik manbayi va fotoqabulqilgichlar bilan ulashda, ajralmaydigan optik ulagichlar esa optik tolaning oraliq bo'laklarini ulashda qo'llaniladi. Buning sababi shundaki, ajralmaydigan optik ulagichlarda ular tomonidan kiritiluvchi yo‘qotishlar sathi nisbatan past bo‘lib, uning son qiymati 0,04 dB ni tashkil etadi. Bundan tashqari, ajralmaydigan optik ulagichlar ulanishlarda aniq doimiylikni ta'minlaydi. Ajraladigan optik ulagichlarda esa kiritiluvchi yo'qotishlar sathi nisbatan katta bo‘ladi. Bu turdagi optik ulagichlardan, yuqorida qayd etilganidek, bir necha va ko'plab marta ulash-ajratish taqozo etiladigan hollarda, masalan, kommutatsiya panellarida yoki optik kanallarni krosslash maqsadlarida foydalaniiadi. Agar biz ulovchi qurilmani almashtirishni istasak, unda buni ajralmaydigan optik ulagichlarga qaraganda ajraladigan optik ulagichlar orqali amalga oshirish qulay.
Bu ulagich foydalanish chog'ida bir-biri bilan ulanadigan ikki — uya va shtir qismlaridan tarkib topadi. Bu qismlar ulanishdan so‘ng o'zaro gayka bilan mustahkamlanadi (rasmda optik ulagich uyali qism ining yuzasidagi rezba va gayka ko'rsatilmagan). Ulagichlarga quyidagi talablar qo'yiladi: tuzilish jihatidan soddalik, kirituvchi yo'qotishlarining imkon qadar kam bo'lishi kerakligi, tashqi mexanik, atrof-muhit omillarining ta’siriga va boshqa ta’sirlarga bardoshlilik, yuqori darajadagi ishonchlilik, ko‘p martalab takroriy ulanishlarga nisbatan barqarorlik ana shu talablar sirasiga kiradi. Bu ulagich foydalanish chog'ida bir-biri bilan ulanadigan ikki — uya va shtir qismlaridan tarkib topadi. Bu qismlar ulanishdan so‘ng o'zaro gayka bilan mustahkamlanadi (rasmda optik ulagich uyali qism ining yuzasidagi rezba va gayka ko'rsatilmagan). Ulagichlarga quyidagi talablar qo'yiladi: tuzilish jihatidan soddalik, kirituvchi yo'qotishlarining imkon qadar kam bo'lishi kerakligi, tashqi mexanik, atrof-muhit omillarining ta’siriga va boshqa ta’sirlarga bardoshlilik, yuqori darajadagi ishonchlilik, ko‘p martalab takroriy ulanishlarga nisbatan barqarorlik ana shu talablar sirasiga kiradi. Ajralmaydigan optik ulashning keng tarqalgan usullaridan biri shishadan tayyorlangan nay yordamida ulash hisoblanadi (7.4- rasm). Chizmadan ko‘rinadiki, ulashning bu usulida ulanadigan optik tolalalar shisha nay ichiga ko'ndalang kesimlari hir-biriga zichlashtirilgan holda joylashtirilib, nay va tolalar o'rtasidagi oraliq kompaund qatlam bilan to‘ldiriladi. Bu turdagi ulagichlarda kiritiluvchi yo‘qotishlarning qiymati 0,29 dB ni tashkil etadi. Optik tolalarni silindrsimon ariqchali plastina yordamida ulash usulidan ham foydalaniladi (7.5-rasm). Bu usulda tayyorlangan ulagichlarda optik tolalar uchlarining ko'ndalang kesimlari aniq markazlashtirilib, so‘ng yopishtiriladi yoki payvandlanadi. Bu turdagi ulagichlarda kiritiluvchi yo'qotishlar sathi 0,5 dB ni tashkil etadi.
Optik tolalarni ajralmaydigan usulda ulash uchun payvandlashdan keng foydalaniladi. Hozirda payvandlash qurilmalari amaliyoti takomillashib bormoqda. Natijada payvandlashli ulash usuli qo'llanilganda kiritiluvchi so'nish qiymatlari bir modali va ko‘p modali tolalar uchun 0,04 - 0,1 dB oraliqda yotadi. Ko‘p modali tolalarda payvandlashli ulash sifatiga ta’sir qiluvchi tolaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan omillari mavjud. Bu omillarga tola diametrlari, sonli aperturalari va sindirish ko‘rsatkichlarining mos kelmasligi, o'zakning qobiq markazida joylashmasligi kiradi. Bir modali optik tolalarda (dispersiyasi siljimagan holda) ■ payvandlash sifatiga ta’sir qiluvchi asosiy omil — bu tolalar moda I maydoni diametrlarining mos kelmasligi hisoblanadi. ■ Shuningdek, bo‘ylama va burchakli siljishlar, o'zakning iflos- I lanishi va deformatsiyasi ham payvandlash sifatiga ta’sir qiluvchi I omillardir. Bu omillarning ta’siri malakali texniklar, tolani avtomatik I tenglashtiruvchi qurilmalar va zamonaviy payvandlash qurilma- I larini ishlatish hisobiga minimumga yetkazilishi mumkin. Optik tarmoqlagich (coupler)lar tolali optik tizimlarning eng 1 muhim passiv elementlaridan biri hisoblanadi. Ulardan yorugflik oqimlarini bir necha yo'nalishlarga ajratish yoki bir necha oqimlarni bitta yo'nalishga birlashtirish maqsadida foydalaniladi. Odatda, bitta 1 optik kirish va bir necha optik chiqishdan iborat tarmoqlagich ] qurilmani splitter deb, ikki yoki undan ortiq optik kirishga va bitta optik chiqishga ega bo'lgan tarmoqlagich qurilma esa kombayner (combiner) deb yuritiladi. Splitterlarda yorugflik oqimini ikki yoki undan ortiq qurilmalar va foydalanuvchilarga taqsimlash, kombaynerlardan esa, aksincha, bir necha qurilmalar va foydalanuvchilardan kelayotgan nurlanish oqimini bitta yo'nalish bo‘yicha yig'ish maqsadlarida foydalaniladi. Tarmoqlagichlar kabelli televideniyening taqsimlangan tolalikoaksiai tarmoqlarini qurishda, shuningdek, davlatlararo to'liq optik .tarmoqlarni loyihalashtirishda keng qofllaniladi. Ikkala holda ham tarmoqlagichlar qo'llanilmaganda tarmoq juda qimmatga tushardi. Tarmoqlagichlar tuzihsh xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: — daraxtsimon tuzilishli tarmoqlagichlar; — shahoblagichlar; — yulduzsimon tuzilishli tarmoqlagichlar. Daraxtsimon tuzilishli tarmoqlagich (tree coupler) yoki Yturdagi tarmoqlagich bitta optik kirish va ikki yoki undan ortiq optik chiqishga ega boflgan qurilma bo‘lib, u yorugflik oqimini bir necha tarmoqqa taqsimlash uchun qofllaniladi (7.6-a rasm). Odatda, daraxtsimon tarmoqlagichlarda quw at barcha chiqishlar orasida teng taqsim lanadi. Daraxtsim on tarm oqlagichlarning hozirgi namunalarida optik chiqishlar soni 2 tadan 32 tagacha bo'lishi m um kin. K o‘pgina daraxtsim on tarm oqlagichlardan optik signallar oqimlarini bitta oqimga birlashtirish uchun ham foydalaniladi. Shahoblagich (tap) daraxtsimon tarmoqlagichning bir turi bo‘lib, undan kirishdagi optik quwatni bir necha chiqishlarga notekis taqsimlash uchun foydalaniladi (7.6-b rasm). Shahoblagichlarning 1x2, 1x3, 1x4, 1x5, 1x6, 1x8, 1x16, 1x32 tuzilishli turlari mavjud. Bu turdagi tarmoqlagichlarda chiqish optik quwatining katta ulushi magistral kanalda qoldirilgan holda, uning ma’lum bir ulushi (50 foizdan kami) quyi tartibli kanal yoki kanallarga uzatiladi. Qurilmaning optik chiqishlari nurlanish quwatining kamayishi tartibida raqamlanadi. Optik tarmoqlagichlar selektiv-yomg‘lik to'lqin uzunligiga sezgir va aksincha, noselektiv-yorug'lik to‘lqin uzunligiga nosezgir bo'lishi mumkin. Yuqorida ko'rib chiqilgan optik tarmoqlagichlar noselektiv qurilmalar sirasiga kiradi. Yulduzsimon tuzilishli yoki X tusdagi tarmoqlagich (star coupler). Bu turdagi tarmoqlagichlarning o ‘ziga xos xususiyati shundaki, uning optik kirishlari va chiqishlari soni bir xil bo‘ladi (7.6-d rasm). Optik signal n ta kirishlardan biriga kirib, n ta chiqishlar o‘rtasida teng taqsimlanadi. Bugungi kunda 2x2 va 4x4 tuzilishli yulduzsimon tarmoqlagichlar keng tarqalgan. Chalkashtirib yubormaslik uchun optik kirishlar lotin harflari bilan, optik chiqishlar esa raqamlar bilan belgilanadi. Yulduzsimon tarmoqlagichlar optik quwatni barcha chiqishlar o‘rtasida teng taqsimlaydi. 7.7-rasmda daraxtsimon yoki Y-tusdagi tarmoqlagichlarning tuzilish sxemasi keltirilgan. Bu turdadi tarmoqlagichlar aksari ko'pchilik hollarda nurlanish quwatini ikkiga bo'lish uchun ishlatiladi (bunda ajratilgan nurlanish quwatlari o'zaro teng bo‘lmasliklari mumkin). Shu sababdan ularni ajratuvchi elementlar yoki ajratkichlar deb ham ataladi. Ajratkichlardan ko‘p kanalli optik tizimlarni tuzish va turli xil interferometrlar tayyorlash chog‘ida negiz element sifatida foydalaniladi.
3.Xulosa.
Men bu mustaqil ishni bajarish davomida Optik aloqa tizimining komponentlari haqida ko’p malumotlar oldim va olayapman. Va bu olgan bilimlarnimni amaliyotda sinab korishga harakat qilaman.
4.Foydalanilgan adabiyotlar.
1.www.google.com | Qidiruv tizimi
www.yandex.ru | Qidiruv tizimi
3.www.ziyonet.uz
4.wikipedia.com
|