|
II-BOB.TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARI VA TARMOQLARIDA XAVFSIZLIK MODELLARI………………………………………………
|
bet | 2/17 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 163,83 Kb. | | #259564 |
Bog'liq To\'xtayev Bekzod individual loyiha 1 tayyorII-BOB.TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARI VA TARMOQLARIDA XAVFSIZLIK MODELLARI………………………………………………..
|
22
|
2.1. Pаrоl хimоyasi vа ulаrning zаmоnаviy turlаri……………………………….
|
22
|
2.2.Trаfikni оchish, o’zgаrtirish vа аlmаshtirish……………………………….
|
25
|
2.3. Assimetrik shifrlash - shifrni ochish metodlari………………………………...
|
29
|
XULOSA……………………………………………………………………...
|
38
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….
|
40
|
KIRISH.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo’lgan paytdan boshlab mavjud bo’lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat o’z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o’z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag’batlantiradi. Shu sababli , avvalo, boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv obyekti (masalan, korxonalar, tashkilotlar va hokazo) va boshqaruv subyekti, boshqaruv apparati yig’indisini o’zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi , shuningdek, ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv obyekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya'ni boshqaruv tizimining o’zi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir. Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to’g’ri (T) va aks (A) aloqalar bilan bog’langan. To’g’ri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv obyektiga yo’naltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yo’nalishda yuboriluvchi qabul qilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi hisobot axboroti oqimida o’z aksini topadi. Axborot oqimlari (T va A), qayta ishlash vositalari, ma'lumotlarni uzatish va saqlash , shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash bo’yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o’zaro aloqasi obyektning axborot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlari nafaqat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabul qilish (sun'iy intellekt usullari, ekspert tizimlari va hokazolar), zamonaviy telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferensiyalar), yalpi va lokal hisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan foydalanish hisobiga boshqaruv obyekti faoliyati samaradorligini oshiradi va shu maqsadda keng qo’llaniladi. Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan. Bu sinfga ham sanoat (korxonalar), ham nosanoat obyektlari (bank, birja, sug’urta kompaniyalari, mehmonxonalar va hokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni boshqarishning axborot tizimlari kiradi.Texnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan (moslashuvchan ishlab chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va hokazolar). Axborot tizimlari (ATiz) va axborot texnologiyalari (ATex) hozirgi paytda ishlab chiqarish, boshqaruv, moliyaviy, savdo-sotiq va boshqa sohalarda keng qo’llanilmoqda.
|
| |