Tolali optik aloqa tizimining tuzilishi
TOA tizimining tuzilish sxemasi (3–rasm) ham OA tizimiga xos standart qurilmalardan iborat. Faqatgina optik signallarni tarqalishini ta’minlash uchun uzatish muhiti sifatida optik kabel tolasi ishlatiladi.
TOA tizimining tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
KHQU – kanal hosil qiluvchi uskuna;
MvQ – muvofiqlashtiruvchi qurilma;
OUz – optik uzatgich;
ONM - optik nurlanish manbai;
MQ – moslashtiruvchi qurilma;
UzOM – uzatuvchi optik modul;
OT – optik tola;
OR – optik retranslyator;
OQq – optik qabul qilgich;
QqOM – qabul qiluvchi optik modul;
ONQq – optik nurlanish qabul qilgich.
a) TOA tizimi uzatish traktining tuzilish sxemasi
b) TOA tizimi qabul qilish traktining tuzilish sxemasi
3–rasm. TOA tizimining tuzilish sxemasi
Xozirgi kunda OA ning oxirgi qurilmalari sifatida raqamli uzatish tizimlari (RUT) dan foydalanilmoqda. Chunki RUT analog uzatish tizimlariga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: shovqin bardoshliligi yuqori, signalni uzatish sifati liniya trakti uzunligiga kam bog‘liq, texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari yuqori va boshqalar. Kanallari chastota bo‘yicha bo‘lingan analog uzatish tizimlarining bir qancha kamchiliklari tufayli, ularning OA da qo‘llanilishi chegaralangan.
3. Analog va rakamli signaplar. Kanallarni multipleksorlash. Modulyasiya formatlari.
Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘ida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning boshlanishi IKM, ya’ni kabelli aloqa tarmoqlari asosidagi raqamli telefon tizimlari bilan bog‘liq. IKM va kanallarni vaqtli ajratishga ega bo‘lgan multipleksorlash usuli qo‘llaniladigan, ovozni uzatuvchi birinchi raqamli tizim, 1962-yilda Chikagoda o‘rnatilgan Bell System (AQSh) kompaniyasining tizimi hisoblangan. Bunday tizim mis simli kabellar orqali, Bell System kompaniyasi ofislari orasida 24 ta ovozli kanallarni uzatish imkonini bergan. Har bir ovozli kanal 64 kbit/s tezlikda uzatilgan va barcha kanallarning ikkilik ma’lumotlari 1536 kbit/s tezlikli yagona oqimga multipleksor yordamida birlashtirilgan, xizmat kanali (8 kbit/s)ni nazarda tutgan holda bu oqimning tezligi 1544 kbit/s ga yetdi. U keyingi standartlashga asoslangan holda, oldin AQSh da raqamli telefonlashtirish tizimlari uchun multipleksorlashning birinchi satxi deb qabul qilingan va nomi chiqqan
|