|
Optik tolalarning turlari va tavsiflari
|
bet | 8/8 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 132,96 Kb. | | #256944 |
Bog'liq Мустакил иш 11Pleziaxron (xuddi sinxron kabi) deb atalgan, PDH (PRI) raqamli iyerarxiya keng qo‘llanildi va hozirgacha raqamli telefonlashtirishdagi kabi ma’lumotlarni uzatishda ham qo‘llanilib kelinmoqda.
Oxirgi yillarda, PDH asosidagi tezlikli telekommunikatsiya texnolorgiyalarining rivojlanishi, yetarli darajada yangi bo‘lgan ikkita raqamli texnologiyalar: sinxron optik tarmoqlar SONET va sinxron raqamli iyerarxiya SDHni paydo bo‘lishiga olib keldi, ayrim hollarda bu uzatish tezligining diapazonini 40 Gbit/s gacha kengaytiruvchi, xuddi yagona texnologshiya SONET/SDH kabi qaraladi. Bu texnologiyaning uzatish muhiti sifatida tolali optik kabellarni qo‘llash mo‘ljallangan.
SDH tizimlari shunaqa tez rivojlandiki, oxirgi yillarda ularning nafaqat namenklaturasi, balki tarmoqni himoyalashni tashkillashtirishda bir qator yondashishlar va ularni WDM texnologiyasi asosida optik tarmoqlar bilan o‘zaro bog‘lanishi ham o‘zgardi.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha multipleksorlovchi tizimlar - WDM tizimlari ham oxirgi yillarda yetarli darajada rivojlandi va to‘lqin uzunligi bo‘yicha kommutatsiyalash va marshrutlashtirish imkoniga ega optik tizimlarda evolyutsiyalanmoqda. Ular nafaqat SDH tizimlari bilan birgalikdagi bog‘lamlarda qo‘llanilmoqda (ma’lumotlarning sinxron oqimlari manbalari kabi), balki alohida o‘zini qo‘llash yoki boshqa texnologiyalar ishlab chiqqan (masalan, ATM, Ethernet, FDDI, IP, Token Ring). ma’lumotlar oqimini shaffof uzatish imkoniyatlarini qo‘llashi mumkin.
Vanihoyat oxirgi yillarda SDH/WDM tarmoqlarida optik funksional elementlar: optik kuchaytirgichlar, kirish-chiqishli optik multipleksorlar, optik modulyatorlar, optik kommutatorlar va marshrutizatorlar keng qo‘llanila boshladi. Bunday texnologiyalarni va optik elementlarni qo‘llash nafaqat ishlab chiqaruvchilardan, balki SDH apparaturalaridan foydalanuvchi muxandislardan ham optik texnologiyalar sohasida yetarli bilimni talab qiladi.
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turibdiki, raqamli uzatish tizimlarining jadallik bilan rivojlanishi, ularni analog uzatish tizimlariga nisbatan juda ko‘p afzalliklari bilan bog‘liq ekan, masalan: yuqori shovqinbardoshlik, signalni uzatish sifatining aloqa liniyasi uzanligiga kam bog‘liqligi, aloqa kanallarining elektrik parametrlarini mo‘‘tadilligi, diskret xabarlarni uzatishda o‘tkazuvchanlik qobiliyatidan samarali foydalanish va xokazolar.
|
| |