• Yong‘indan himoyalanganligi
  • Foydalanish muddatining uzoqligi.
  • Optik tolalarning turlari va tavsiflari




    Download 132,96 Kb.
    bet3/8
    Sana29.05.2024
    Hajmi132,96 Kb.
    #256944
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Мустакил иш 11

    Aloqaning maxfiyligi. Tolali optik kabellar radio tÿlqin diapazonida umuman nur uzatmasligi sababli, undan uzatilayotgan axborotni uzatib-qabul qilishni buzmasdan ruxsatsiz tashqi ulanishlarda eshitish juda qiyin. Optik aloqa liniyasining monitoring tizimi (uzluksiz nazorat) tolaning yuqori sezgirlik xususiyatini qo‘llab, darxol ruhsatsiz tashqaridan eshitilayotgan aloqa kanalini o‘chirishi va xavf (trevoga) signalini uzatishi mumkin.
    Tarqaluvchi optik signallarning interferensiya effektini qo‘llovchi tizimlar tebranishlarga, bosimni ozgina og‘ishlariga sezuvchanligi juda yuqori. Xukumat, bank va ma’lumotlar himoyasiga yuqori talablar qo‘yiladigan boshqa maxsus xizmatlarning aloqa liniyalarini tashkil etishda bunday tizimlar ayniqsa zarurdir [1].
    Yong‘indan himoyalanganligi. Optik tolada uchqun hosil bo‘lmasligi kimyoviy, neftni qayta ishlovchi korxonalarda, portlash va yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan binolarda xavfsizlikni oshiradi.
    Iqtisodiy jihatdan samaradorligi. Optik tola kvarsdan ishlab chiqariladi. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki oksidi SiO2 tashkil etadi. Demak tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun noyob rangli metal sarflanmaydi. Mis va qo‘rg‘oshinning dunyoviy zahiralari chegaralangan xozirgi vaqtda noyob bo‘lmagan maxsulotga o‘tish kabelli aloqa texnikasining kelgusi rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Natijada optik kabellarning narxi mis kabellarga nisbatan arzonlashadi.
    Tolali optik kabellar signallarni uzoq masofalarga retranslyatsiyasiz uzatish imkonini beradi. Uzoq masofali TOA liniyalarida optik kabellarning qo‘llanilishi retranslyatorlar sonini qisqarishiga olib keladi. Buning natijasida ham sarf harajatlar kamayadi.
    Foydalanish muddatining uzoqligi. Tola vaqt o‘tgan sari eskiradi, ya’ni yotkazilgan kabellarda so‘nish asta sekin oshib boradi. Biroq, optik tola ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarining mukammallashuvi bu jarayonni sekinlashtiradi va foydalanish muddatini uzaytiradi. Tolali optik kabellardan foydalanish muddati taxminan 25 yilni tashkil etadi.

    Download 132,96 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 132,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Optik tolalarning turlari va tavsiflari

    Download 132,96 Kb.