|
Kompyuterda chizma bajarish
|
bet | 123/216 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 1,7 Mb. | | #137371 |
Bog'liq Оптималлаштирилган ў ув дастуриKompyuterda chizma bajarish (3 soat)
Tekis va hajmli shakl tasvirini yasash. Oddiy geometrik shakllardan tuzilgan sodda detallarning proyeksiyalarini yasash. Berilgan jismning fazoviy holatini hamda uning shaklini o`zgartirish.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-9- sinflarida Chizmachilik
o`quv dasturidan foydalanish yuzasidan
t a v s i ya l a r
Umumiy o`rta ta`lim maktablarining 8-9 sinflarida chizmachilik darslarini olib boruvchi o`qituvchilar mazkur o`quv dasturi tarkibidan o`rin olgan mavzular mazmuni va ular yuzasidan berilgan tavsiyalar bilan tanishib chiqishlari zarur. Dastur mazmunida aks ettirilgan mavzularni ketma-ketlik tartibi va ular uchun belgilangan soatlar hajmi imkon qadar o`zgartirilmasdan ilova qilingan taqvimiy-mavzuiy reja asosida darslar olib borilishi tavsiya etiladi.
Sakkizinchi sinf dasturining kirish qismida chizmalar tarixiga alohida e`tibor berib, O`rta Osiyoda chizmalarning shakllanishiga asos solgan buyuk mutafakkir olimlardan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolar kabi buyuk ajdodlarimiz haqida ma`ruza qilinadi.
Chizma asboblari va o`quv qurollarning ro`yhati mashq daftariga yozib qo`yiladi. Chizma chiziqlarning asosiy beshta turi haqida keng ma`lumot berib, ularning bir-biridan farqi va vazifalari to`la bayon etiladi. O`lcham qo`yish qoidalari va chizma shriftlarning yozilishi ko`rsatib beriladi. Bu harflar va raqamlarning o`lchamlari (5,7,10) haqida to`la ma`lumot berilib, ularning yozilishi, konsruktiv tuzilishi bo`yicha guruhlarga ajratilib tushuntiriladi.
Dasturda geometrik yasashlar uchun ajratilgan soatlardan unumli foydalanilgan holda har bir mavzu yuzasidan o`quvchilarning mashq bajarishlariga imkoniyat yaratiladi. Mazkur mavzular bo`yicha amaliy ishlar ko`proq mashq daftarida bajariladi.
Proyeksiyalash usullari mavzusini bayon etishda ko`rgazmali qurollar, maketlar, geometrik jismlar, modellar, detallar va o`quv plakatlardan keng foydalanish zarur. Oktant va epyur haqida ma`lumot berilgandan so`ng, nuqta, to`g`ri chiziq va tekis shakllarning birinchi oktantdagi va epyurdagi proyeksiyalari ko`rsatib beriladi. Geometrik jismlarning proyeksiyalari haqida ma`lumot berilganda ularning modellaridan ko`proq foydalaniladi. Geometrik jismlarga detallarning tarkibiy elementi sifatida qaraladi.
Ko`rinishlar mavzusini bayon etishda proyeksiyalash usullari takrorlanib, mustahkamlanadi. O`quvchilar har bir ko`rinish nomlarini xotirada chuqur saqlab qolish uchun qisqa muddatli mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Oddiy detallarning asliga qarab uning ko`rinishlari bajarilishi zarur. Detalning bosh ko`rinishi bo`yicha va zaruriy ko`rinishlar sonini aniqlash yuzasidan ko`nikmalar hosil qilinadi.
Chizmalarni o`qish mavzusida dastlab oddiy modellarning, ya`ni ishlov berilmagan detallar chizmalari tahlil qilinadi va geometrik jismlarga ajratiladi. Bunda o`quv detallarda foydalaniladi. O`quvchilar chizmalarni o`qish tartibi va qoidalarini yod olishlari lozim.
Aksonometrik proyeksiyalar haqida umumiy ma`lumotlar berilib, ularning o`qlarini hosil qilish va ellipslarini qurish ko`rsatib beriladi. Izometrik va dimetrik proyeksiyalar yasash tushuntirilgandan so`ng, texnik rasm bajarish tartib-qoidalari bayon etiladi. O`qituvchi tomonidan sinf doskasida bajarilgan chizmalar mashq daftariga ko`chirilishi bilan barobar o`quvchilar mavzu mazmunidan kelib chiqib qisqa muddatli mashqlar bajarishi va o`tilgan materiallarni mustahkamlab borishlari lozim.
Sakkizinchi sinf o`quvchilarining dastur o`quv materiallari yuzasidan egallangan bilimlari baholanadi va nazariy bilimlar test savollari orqali, amaliy bilimlar esa grafik torshiriq yordamida sinaladi.
Dastur mazmunida sakkizinchi sinflar uchun 8 ta grafik ish bajarilishi mo`ljallangan bo`lib, har chorakka 2 tadan to`g`ri keladi. Grafik ishlarning bajarilishi majburiy bo`lib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat:
1. Grafik ishda chizma chiziqlarning 5 ta asosiy turlari aks ettirilib, ularning qalinligi, o`lchamlari ko`rsatiladi. Detal chizmasi misolida ularning vazifasi ifodalanadi va yozuvlari chizma shriftda (5,7) bajariladi.
2. Grafik chizmachilik shriftlari yuzasidan bajarilib, A4 format chizma qog`oziga hoshiya, asosiy yozuv bilan birga 10 shriftda bosh va yozma harflar hamda raqamlar yoziladi.
3. Grafik ish mazmunida tutashmalar bajariladi va o`lcham qo`yish qoidalari aks ettiriladi. Bunda oddiy tekis shakllardan foydalaniladi. Mazkur format qog`ozda qiyaliklar va konusliklar ham chiziladi.
4. Grafik ishda lekalo va sirkul yordamida egri chiziqlar bajarilib, bunda oval va ellips chiziladi. Mazkur grafik ishlarning 2 tasi bajarilib, qabul qilingandan so`ng, o`quvchilarning bitta chorakdagi grafik faoliyatiga yakun yasaladi va hulosa qilinadi.
ikkinchi yarim yil davomida ham 4 ta grafik ish bajariladi va dastlab 5-grafik ish geometrik jismlarning proyeksiyalariga bag`ishlanadi. Bunda ko`pyoqli va aylanish sirtli geometrik jismlarning (bittadan) uch ko`rinishi chiziladi. Geometrik jismlar proyeksiyalarining birida o`qituvchi tomonidan belgilangan nuqtaning yetishmaydigan proyeksiyalari topiladi.
6-grafik ishda o`quvchilar chizma tarkibidan mahsus olib tashlangan chiziqlarni to`ldiradilar. Mazkur ish oddiy simmetrik detal chizmalari yordamida bajarilib, to`g`ri burchakli proyeksiyalarning yetishmaydigan chiziqlari to`ldiriladi.
7-grafik ish modelning asliga qarab eskizini bajarishga mo`ljallangan bo`lib, bunda katak daftar yoki millimetrovkalarga bo`lingan qog`ozga ( A4 format ) oddiy detalning ko`rinishlarini chizish tavsiya etiladi.
8-grafik ishda detalning uch ko`rinishiga asosan izometrik yoki dimetrik proyeksiyalari yasaladi.
O`lcham qo`yish tartib qoidalari 5-7 grafik ishlar mazmunida o`z ifodasini topishi lozim. O`quvchilar tomonidan bajarilgan barcha grafik ishlar o`qituvchi tomonidan ball qo`yib qabul qilinadi va amaliy bilimlarni o`zlashtirilishi yuzasidan hulosa yasaladi. Har chorak davomida o`tilgan materiallar yuzasidan o`quvchilarning egallagan nazariy bilimlari test savollari yordamida sinab ko`riladi.
9-sinf dasturi mazmunidan o`rin olgan o`quv materiallarini bayon etishdan oldin 8-sinfda o`tilgan o`quv materiallar takrorlab umumlashtiriladi.
Kesimlar va qirqimlar mavzusiga ajratilagan soatlar sonidan unumli foydalanilgan holda chizmalarda materiallarning grafik belgilanishi kesim yuzasining shtrixlanishi tushuntirib o`tiladi. Kesim va qirqim turlari to`la tushuntiriladi. Qiya qirqim hamda uning kesilgan yuzasini haqiqiy kattaligi yasaladi. Aksonometriyada qirqim bajariladi.
Chizmalardagi shartliliklar va soddalashtirishlar haqida ma`lumot berilib, mazkur mavzu yuzasidan daftarga mashqlar bajariladi. Buning davomida eskiz bajarish qoidalari o`rganiladi va texnik rasm bajarish mustahkamlanadi.
Loyihalash elementlari haqida tushuncha berilgandan so`ng, mashq daftariga mazkur mavzu yuzasidan detalning shaklini va fazoviy holatini o`zgartirishga oid torshiriqlar bajariladi. Kompyuter imkoniyatlaridan, foydalanib o`quvchilar format rom chizig`i shtampi va oddiy geometrik modelning chizmasini bajaradilar.
Mashinasozlik chizmalari haqida umumiy ma`lumotlar berib, buyumlarning hamda hujjatlarning turlari bo`yicha tushuncha beriladi. Yig`ish chizmalari yuzasidan ma`ruza qilinib, ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar bilan tanishtirib, ularning vazifalari bo`yicha ma`lumot beriladi. Rezba turlari bayon etiladi va ularni chizmalarda belgilanishi ko`rsatiladi. Rezbali detallar va ularning birikmalari mashq daftariga chiziladi.
Qurilish chizmachiligi va sxemalar haqida umumiy ma`lumot berilib, mavzu yuzasidan chizmalar mashq daftariga bajariladi hamda chizmalarni o`qish yuzasidan torshiriqlar beriladi. Dastur mazmunida 9- sinflar uchun 8 ta grafik ish bajarish nazarda tutilgan bo`lib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat:
1-2 grafik ishda kesimlar va qirqimlar talab qiluvchi detallar zaruriy ko`rinishlarda chizmalar bajarilishiga mo`ljallangan bo`lib, bunda tanlab olingan detal oddiy bo`lishi lozim. Har ikki grafik ish mazmunida ham o`lchamlar qo`yish bo`yicha ko`nikmalar hosil qilish nazarda tutilishi kerak.
3- grafik ishning bundan oldingi 1-2 grafik ishlardan farqi, mazkur ish mazmunida yuqoridagilarni mustahkamlash bilan birga ko`rinishning yarmi (qismi) bilan qirqimning yarmi (qismi)ni birlashtirib tasvirlaydi.
4- grafik ishda sodda detallarning eskizi va texnik rasmi qirqim qo`llangan holda bajarilib, mazkur mavzu bo`yicha 8-sinfda egallangan bilimlar yuzasidan ko`nikma va malakalar hosil qilinadi.
5-grafik ishda boltli birikma uchta ko`rinishda va shpilkali birikma bitta ko`rinishda bajariladi. Unda o`quvchilarga variantlar sonini ko`paytirish maqsadga muvofiqdir.
6-grafik ish loyihalash elementlariga oid torshiriqlarga bag`ishlanadi. Bunda berilgan vazifaga muvofiq narsaning shaklini va fazoviy holatini o`zgartirib tasvirlash bo`yicha topshiriqlar bajariladi. Topshiriqlar mazmunini murakkablashtirib yubormaslik tavsiya etiladi.
7-grafik ishda qurilish chizmachiligi bo`yicha bir qavatli uyning plani, fasadi va qirqimi bajariladi.
8- grafik ish kompyuterda loyihalash, fazoviy holatini va detalning reja bo`yicha qismini qisman o`zgartirishga oid ish bajariladi va natijasi chop etiladi.
1-2- grafik ishlar bajarilgandan so`ng, birinchi CHORAKka, 3 va4 grafik ishlarning bajarilishiga qarab o`quvchilarning yarim yillik faoliyatiga yakun yasalib hulosa chiqariladi.
5 va 6- grafik ishlar bajarilgandan so`ng uchinchi chorakka, 7 va 8-grafik ishlaning bajarilishiga qarab ikkinchi yarim yillik bo`yicha o`quvchilarning grafik faoliyatiga yakun yasaladi va hulosa qilinadi. Mazkur grafik ishlarning barchasi A4 format qog`oziga bajariladi va o`qituvchi tomonidan qabul qilinadi. O`quvchilarning o`tilgan materiallar yuzasidan nazariy bilimlari test sinovlari yordamida sinab ko`riladi.
|
| |