O’qitish jarayonining tuzilishi, uni loyihalash va loyihalash bosqichlari




Download 20,04 Kb.
Sana25.01.2024
Hajmi20,04 Kb.
#146084
Bog'liq
1.3 Reja O’quv mashg’ulotini loyihalashtirish


O’qitish jarayonining tuzilishi, uni loyihalash va loyihalash bosqichlari.
O’quv mashg’ulotini loyihalashtirishda o’qituvchi, avvalo, o’qitish jarayoninitahlil qilishi, o’quvchilarni mustaqil fikrlash, mustaqil o’qish bilimlarni ijodiy tahlil qilishga o’rgatishi, o’zlashtirilgan bilimlarni ko’nikmalarga aylantirish uchun o’quv mavzulari bo’yicha metodik tizimni yaratadi, o’quvchilar egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malakalar mazmunini ishlab chiqadi. Yaratilgan metodik tizim va ma’lumotlar mazmuni yordamida o’quvchi tasavvur qilishi lozimlilarning o’quv-biluv faoliyatini tashkil etadi va o’quv mashg’ulotlari uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllari (nazariy dars, amaliy mashg’ulot)ni maqsadga mos tanlaydi va uni echishga yo’llaydi.
Buning uchun o’qituvchi, avvalo, o’qitish jarayonini, uning tuzilishi aniq tasavvur qilishi lozim. Ma’lumki, har qanday jarayon, ma’lum natijalarga erishish uchun oldinga qarab intilishni, harakatlar yig’indisidan iborat. O’qitish jarayoni ta’lim o’rgatuvchi o’qituvchi va ta’lim oluvchi o’quvchi faoliyat hamkorligining yig’indisini tashkil etadi.
Jarayon sifatida ta’lim uch element birikmasidan iborat: o’qitish, o’qish va ta’limning mazmuni.
O’qitish yoxud o’rgatuvchi faoliyati, bilim oluvchilar faoliyatlarini boshqarish, ya’ni o’quvchilarning o’quv ishlarini uyushtirish, ularning bilish jarayonlariga rahbarlik qilish, nazorat uyushtirish, ma’naviy axloqiy sifatlarini tarkib toptirishni nazarda tutadi.
O’qitish jarayonining bu ikki elementi bir maqsad: ta’limning xilma-xil vositalari va metodlaridan foydalanib, o’quv tarbiya ishlarini takomillashtirish, ijtimoiy buyurtmani hal etishga qaratilgan. Shunga ko’ra bu jarayonda shaxsning qobiliyatlari, fazilatlari, ma’naviy axloqiy sifatlari, bilish qobiliyatlari rivojlanadi, bo’lajak kasb egalarida tashabbuskorlik, ijodkorlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik rivojlanadi va o’quv mehnati madaniyati tarbiyalanadi.
Mazkur jarayonning samarali bo’lishi, ijtimoiy buyurtmaning aniq hal bo’lishi va ko’zlangan maqsadga erishish uchun, o’qitish jarayonini loyihalash, ya’ni ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish talab qilinadi. Zero, “Pedagogik texnologiya metodining o’ziga xos xususiyati shundaki, unda ta’limning rejalashtirilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan o’quv bilish jarayoni loyihalashtiriladi.
Xo’sh loyiha nima? O’quv loyihasi, o’qitish jarayonini loyihalashtirish deganda nima nazarda tutiladi ?
Loyiha (lotincha projectus – oldinga tashlangan) – tasvir, asoslanma, aniq hisob kitob, chizmalar shaklida aks ettirilgan g’oya, ma’lumotning mohiyatini ochib beruvchi, ularni amalga oshirishning aniq yo’llarini belgilab beruvchi g’oyalar, fikrlar, obrazlardir.
O’quv loyihasi – ahamiyatga molik nazariy yoki amaliy muammolarni ta’lim oluvchilar tomonidan amalga tadbiq qilishning tadqiqotchilik, izlanuvchanlik, ijodkorlik ish turidir. O’qitishni loyihalash esa ta’limning umumiy maqsadi, mazmuni o’quv maqsadlari o’qish, o’qitish, o’zlashtirishni baholash, tuzatishlar kiritishdir.
Demak, o’qitish jarayonini loyihalash uchun ijtimoiy buyurtma sifatida ta’limning umumiy maqsadlari asosida, o’quv maqsadlarini, buning uchun o’qish va o’qitishni, o’zlashtirishni rejalashtirgan holda, o’qish natijalarini kafolatlash tizimini ishlab chiqish lozim. Shunday qilib,pedagogik texnologiyada o’quv mazmuni asosida o’zlashtirish natijalarini kafolatlash uchun, o’quv maqsadlari oydinlashtiriladi va o’quv mashg’ulotlari loyihalashtiriladi. Buni qayta takrorlanadigan, tiklanadigan tuzilma deb qaraydigan bo’lsak, unda o’quv jarayoni ma’lum modullar, birliklardan iborat bo’ladi, ular umumiy holda ushbu modullar, birliklarning qo’shilishi asosida yagona va yaxlit mazmunga keltiriladi. Bunga eng muhimi, takrorlanadigan, qaytariladigan va tuzatishlar kiritilgan, ilmiy asoslangan teskari aloqaning mavjudligidir.
Ma’lumki, o’quv jarayoni 3 ta bir-biri bilan bog’liq o’qitishning tarkibiy qismlaridan tashkil topgan.

  1. (M)

  2. O’quvchining o’qish faoliyati. (O’F)

  3. O’qituvchining boshqaruvchilik faoliyati. (B)

Shunday qilib, o’quv jarayonini quyidagi formula tarzida ifodalash mumkin.
O’J=M+O’F+B
Mana shu formula asosida maqsad oydinlashtiriladi, texnologiyalar belgilanadi, faoliyat yo’lga qo’yiladi va amalga oshiriladi. Buni oldindan rejalashtirish yoki o’quv jarayonini loyihalashtirish deb ataydilar. Pedagogik texnologiyaning bu qismi amalga qo’llanilganda ta’limning tabiatga uyg’unlik qoidasiga asoslansa, ya’ni o’qituvchining tabiiy xususiyatlari-qiziqishi, istak, xohishi, ehtiyoji, qobiliyati, aqliy kuchlari hisobga olinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quv mashg’ulotlarini loyihalashtirishda mazkur holat hisobga olinishi darkor.
Pedagog olim Malla Ochilovning ta’kidlashicha pedagogik texnologiya metodining muvaffaqiyati, ta’limni rejalashtirilgan maqsadga erishishni kafolatlaydigan o’quv-biluv jarayonini loyihalashtirishdir. Muallifning fikricha o’quv mashg’ulotlarini loyihalashda o’qituvchi ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, dastur, darslik, ijodiy faoliyatga yo’naltiruvchi topshiriqlar mazmunini o’qituvchi-o’quvchining oldingi ish faoliyati mazmuni, kelajakdagi amalga oshiriladigan faoliyati inobatga olinadi. O’quv jarayonini loyihalashda o’quvchilarning belgilangan maqsad sari harakatlanishi uzluksiz nazorat qilishni e’tibordan chiqarmaslik kerak. Shunday qilib, ta’lim jarayonining qurilmasi, uni loyihalashning: a) ta’lim maqsadlari va natijalarni belgilashni;

  1. b) natijalar asosida (diagnostikalash orqali) nazorat topshiriqlari va baholash mezonlarini ishlab chiqishni; hamda o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi (dars konspekti) ni ishlab chiqish bosqichlarini amalda qo’llashni nazarda tutadi.

Download 20,04 Kb.




Download 20,04 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’qitish jarayonining tuzilishi, uni loyihalash va loyihalash bosqichlari

Download 20,04 Kb.